98
jamiyatning kelajak avlod tarbiyasi sohasidagi ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.
Davlatlararo qattiq raqobat mavjud boʻlgan davrda har bir mamlakat barcha sohada
raqobatbardosh boʻlishga harakat qiladi. Mamlakatlarning iqtisodiy, texnik rivojlanishiga
qator omillar ta’sir koʻrsatishi tabiiy. Bular ichida: mamlakatning mavjud boʻlgan tarixi,
madaniyati, manaviyati milliy etika va estetikasi va boshqa koʻp omillardir. Bu omillarni
ichida madaniyat, ma`rifat va manaviyat inson resursini yuksalishida muhim rol o`ynaydi.
Demak, Yangi Oʻzbekistonning yanada taraqqiy etishi uchun shaxs madaniyatini va
ma`rifatini oʻrni beqiyosdir. Inson ma`rifatining ilk dadil qadamlari boshlang`ich
sinflardanoq qo`yishi, ayniqsa alifbe, o’qish va tarbiya kabi fanlarning negizida tarbiyalanishi
hech birimizga sir emas, shunday ekan biz o`quvchilarimizni teran bilimga ega bo’lishlarini
taminlash uchun, boshlang`ich sinf o`qish darslarida ifodali o’qish ko’nikmalarini
rivojlantirishimiz kerak, chunki ifodali o`qishning o`zi berilgan mavzudagi fikrni anglashga
yordam beradi. Ifodali o`qishga erishish uchun esa o`qituvchidan katta mahorat talab etiladi.
Olim o`qituvchi M.A.Ribnikova “Ifodali o’qish… adabiyotni konkret, ko’rgazmali
birinchi asosiy shakli…” deb hisoblagan. Ifodli o’qish bu asarning mohiyatiga kirib boorish,
qahramonlarning ichki dunyosini tushunishning imkoniyati. Yosh avlodni aynan
boshlang`ich sinfdanoq mavzulardagi milliy va ma`naviy g’oyalar bilan sug’orib o’stirsak,
yod g’oyalarga ilk emunititni hosil qilgan bo’lamiz. Ifodali o’qishga erishgan o’quvchilar
muallifning niyyatini bildiruvchi pauza va mantiqiy stresslarni kuzatish qobilyatini,
intanatsiyasini ko’zatish hamda qanday hissiy rang berilayotganini anglash ko’nikmalari
shakllangan bo’ladi. Ushenskiy aytganidek, “ Ifodali o’qish –axloqiy tuyg’u mashqlaridir.
Qadimda yoshlarning odobidagi xislatlari kattalar tomonidan yuksak baholanar edi.
Keksalarning “Barakala”, “qо‘llaring dard kо‘rmasin”, “Umringdan baraka top”, “Ota-onang
orzu havasingni kо‘rsin”, “Tuproq olsang oltin bо‘lsin” kabi olqishlari kо‘pgina о‘z odobini
manzur qilgan har jihatdan odobli yoshlarga nisbatan ishlatilar edi. Nutq odobi haqida ham
kо‘pgina xalq maqollari, hikmatli sо‘zlari bor. Ular о‘quvchi va talabalarni nutq odobini
о‘rganishga da’vat etadi. Xalq maqollari, masallari, ibratli hikoya, ertaklar va rivoyarlari,
qolaversa aqlni charxlovchi milliy topishmoqlar ana shular jo’mlasidandir. Misol uchun.
Otang rozi- xudo rozi.
Onalar oyog’i ostida jannat
Elga xizmat- oliy himmat
“Yolg’onchi cho’pon” rivoyati, “Uch og’ayni botirlar” “ Tandir”ertagi kabi mavzular
mavjud. O’qish darslarining tarbiyaviy maqsadlarida yoshlarimizni ma’naviy tahdidlarga
qarshi tayyorlab boramiz. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, biz ifodali o’qish darslari orqali
ma’naviy va marifiy ongni yuksaltiramiz.Hozirgi zamon yoshlaridan yuqori darajadagi
umumiy va maxsus bilimlar, yuksak madaniyat, ma’naviy kamolot va keng dunyoqarash
talab etiladi. Ta’lim tizimini shu talablar asosida qayta qurish – yangi O’zbekistonning
kelajak avlod tarbiyasi sohasidagi ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Bunday
islohotlarni amalga oshirishda oʻqituvchilarning oʻrni nihoyatda katta ahamiyatga
ega.Ma’naviyat shaxs, xalq, davlat va jamiyatning kuch-qudrati, taraqqiyoti, imkoniyatlari va
istiqbollarini belgilab beruvchi ichki ijobiy, ruhiy omildir.
Do'stlaringiz bilan baham: