289
madaniyat"dir. “Ommaviy madaniyat" millat va makon tanlamaydi,
u omma orasiga xuddi
yomgirdan so‘ng chiqqan qo`ziqoringa o‘xshab yopirilib kirib keladi. Bu esa ma`naviy
tarbiyani kuchaytirish zaruratini tug`diradi.
O‘zbekiston Respbulikasining birinchi Prezidenti har doim tarbiya haqida fikr
yuritganlarida, Abdulla Avloniyning "Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot-yo
halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir", degan o‘gitlarini eslab o‘tadilar. Bu fikr asrimiz
boshida millatimiz taqdiri uchun qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda
biz uchun ham shunchalik, balki undan ham ko‘ra muhim va dolzarbdir [1].
Uning
dolzarbligi turli zararli mafkuralarning xavfini bartaraf etish zarurligi bilan belgilanadi. Zero,
ularga qarshi goya va maʼrifat yo‘li bilan kurashish lozim.
G`arb "ommaviy madaniyati" (aniqrog`i madaniyatsizligi!) internet saytlar
"mahsulot”larini tanqid qilish oson. Ularga muqobil milliy, bolalar va o‘smirlarga mos
ularning qizqish olamlariga xos ijod mahsullarini biz ham ishlab chiqarsak bo‘ladi. Bugun
farzandingiz kitob o`qimasa rasmli kitob keltirib, shu rasmdagi
voqeani kitobga yozgan,
desangiz, u albatta o`qiydi. Xuddi shu narsani kompyuter olamiga ko`chirsangiz, u shubhasiz
boshqa chalg`ituvchi saytlarga kirmaydi, deb o‘ylayman. Chunki odatda biror nimani
taqiqlashdan avval unga muqobil boshqa afzalroq narsa taklif qilinadi.
Yoshlarni milliy mafkuraviy g`oyalari bilan qurollantirishimiz, begona g`oyalar
ta`siridan asrashimiz uchun mafkuraviy immunitetni shakllantirishni o`zi taqozo etadi. Bu
esa tarbiyaga alohida e`tibor qaratish lozimligini anglatadi. Tarbiyani to`gri tanlash
tinchlikning garovidir. Abdurauf Fitrat uzining "Oila" asarida bu masalaga eʼtibor qaratadi:
"Har bir
millatning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga
bogliq. Tinchlik va totuvlik shu millat oilalaining intizomiga tayanadi. Qaerda oila
munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha
kuchli va muazzam
bo‘ladi".
Darhaqiqat, millatning, davlatning tinchligini asrash, farovon turmushga erishish
uchun tarbiya orqali yoshlar qalbida Vatanga muhabbat tuyg`ularini uyg`otish, ularni yurt
tinchligi, xalq farovonligi, diniy bag`rikenglik, millatlararo totuvlik kabi ezgu g`oyalar ruhida
tarbiyalash muhim vazifalardan biridir. Tarixiy taraqqiyotdan anglashiladiki, globallashuv
jarayonlari, dunyoviy o`zgarishlardan alohida holda yashash
davlatni milliy chegaralar
doirasida qolib ketishiga, taraqqiyotdan orqada qolishiga sabab bo‘ladi. Shu bois
globallashuv sharoitining salbiy oqibatlariga qarshi yoshlarni qurollantirish,
xuquqiy va
siyosiy madaniyatini rivojlantirish talab etiladi. Aniqrog`i, yoshlarning ijtimoiy faoligini
oshirish, ularni uyushgan holda Vatan ravnaqi yo`lida kurashishga o‘rgatish muhim va
dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Manbalardan maʼlum bo‘lishicha, Hindistonning
ayrim joylarida Vatan bayrog`ini uylari tepasiga o‘rnatib qo`yilarkan. Bu Vatanni sevishdan
dalolat beradi.
Tarbiyani shunday tashkil qilishimiz kerakki, Vatan bayrogi yo tamg`asi uylarning
tepasidagina emas farzandlarimiz qalbida samimiy o‘rnashsin. O‘z
yurtni yurakdan seva
olsin. Vatanga muhabbat e`tiqodning bir bo‘lagiga aylansin. Shundagina buyuk davlat barpo
eta olamiz.
Vatanga muhabbat har bir shaxsning qalbida chuqur o‘rnashsagina uni asrashga
intilish, astoydil harakat qilish mumkin bo‘ladi. Bu har tomonlama shaxsning ijtimoiy faolligi
bilan bog`liqligi tabiiy. Ijtimoiy faol inson o‘zini ekspertizadan o‘tkazadi, o‘zida masʼuliyat
hissini tuya oladi. Ijtimoiy faol, aqlan yetuk, bilimli, ma`naviy
yuksak yoshlarini
tarbiyalasakkina murakkab dunyoning murakkab manzarasi doirasida sodir bo`layotgan
ekstremistik guruhlar ta`siridan farzandlarimizni asrash imkoni tug`uladi. Demak, yoshlarni
ijtimoiy faol ruhda tarbiyalash eng dolzarb vazifalardan biridir.