158
ziyorat uchun qulay mamlakat. Chunki ona zaminimizda butun dunyoga ma’lum va
mashhur bo’lgan ajdodlarimiz mangu qo’nim topgan. Dunyo
tamaddunida ulkan hissa
qo`shgan buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur barpo etgan qudratli Movarounnahr
saltanatining dovrug`i o`rta asrlarda butun dunyoga mashhur bo`lgan. Ular qoldirgan boy
ma’naviy – madaniy merosga xalqaro maydonda qiziqish juda katta.
Yurtimizda turizmning ko’plab tarmoqlarini taraqqiy ettirish uchun ichki
imkoniyatlar nihoyatda katta. Zaminimizda 7 mingdan siyod nodir tarixiy yodgorliklar
hamda betakror arxitektura namunalari mavjudligi, so’lim qo’riqxonalar, milliy bog’lar
faoliyat ko’rsatayotganligi, milliy-madaniy san’at va hunarmandchilikning ko’p asrlik
an’analari asrab-avaylab kelinayotganligi bunga yaqqol misol bo’la oladi.
O`zbekiston turizm sohasida dunyo bo`yicha ulkan salohiyatga ega bo`lgan davlat
hisoblanadi.Yurtimizda 7300 dan ortiq madaniy meros ob`ektlari
mavjud va ularning qariyib 200 tasi YUNESKO ro`yxatiga kiritilgan.
1
Shu
bilan birga
mamlakatimizning betakror tabiati, go`zal dam olish maskanlari imkoniyatlaridan
foydalanish, yangi turistik yo`nalishlar ochish mumkin. Bu sohada jahon brendlarni jalb
etgan holda, ziyorat turzmi, ekologik, ma`rifiy, etnografik, gastranomik turizm va sohaning
boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e`tibor qaratilmoqda.
Keyingi yillarda iqtisodiyotnin tobora integratsiyalashtib borayotganligi, xalqaro
aloqalarning tizimli takomillashuvi natijasida turizm sohasining barqaror rivojlanib
borayotganlgini ko`rish mumkin. Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish
sharoitida turizm
sohasining milliy iqtisodiyotdagi o`rni va nufuzi ham tobora ortib bormoqda. Chunki
turizm eng serdaromat sohalardan biri bo`lib hisoblanadi.
Navoiy viloyatining tabiati o’ziga xos rang-barang bo’lib, shimoli - g’arbiy qismida Qi-
zilqum sahrosi cho’llari, janubi-sharqiy qismida osmono’par Nurota tog’ tizmalari hamda
Zarafshon daryosining o’rta qismida boy va turfa xil dehqonchilik dalalari yastanib yotibdi.
Zarafshon daryosi bilan birgalikda Aydarko’l, Sho’rko’l, To’dako’l singari ko’plab yirik suv
manbalari viloyat tabiatini yanada rang-barang bo’lishligiga hissa qo’shmoqda. Navoiy yosh
va navqiron viloyat bo’lsa-da, uning insoniyat tamadduniga katta hissa qo’shgan qadimiy
va betakror tarixi bor. Bular Raboti Malik karvonsaroyi va Sardoba, Qosim Shayx Azizon
xonaqohi, Go`r Bahrom maqbarasi, Nurota va Xatirchining ziyoratgoh joylari, noyob me’-
moriy obidalari bebaho madaniy merosdir.
Viloyatning Uchquduq shahrida Tosh o’rmon, Sarmishsoy darasidagi ibtidoiy qoyatosh
suratlari, hozirgi Navbahor tumani Uchtut, Ijand, Sangbursoy qishloqlarida o’tkazilgan
arxeologik izlanishlarning natijasida bu yerlardan tosh asri ovchilarining mehnat qurollari va
ibtidoiy qoyatosh suratlari topilgan hamda YUNESKOning tarixiy yodgorliklar ro’yhatiga
kiritilgani bugungi kunda hech kimga sir emas.
Bugunda Nurota, «Sarmishsoy» va «Deggaron»
majmuasi, Karmana tumani tarixiy –
madaniy yodgorligi atrofi bo’ylab ekskursiyalari uchun 5 ta mikroavtobus amaliy yordam
bermoqda. Shuningdek, maktab o`quvchilarini sayohatini tashkillashtirishga qaratilgan
Nurota va Konimex tumanlarida Aydarko`l bilan tutash hududlarda bir qancha qurilgan
yurtalar ulov sifatida foydalanishga mo`ljallangan va bu milliy turizni rivojlantirishga xizmat
qilmoqda.
Yurtimizda mustaqillikka erishgan ilk kunlardan boshlab, muqaddas ziyoratgohlarni,
tarixiy-madaniy ob`ektlari ta`mirlash, rekonstruksiya qilish jadal suratda olib borildi. Istiqlol
yillarida “Nurota chashmasi”, “Sarmishsoy darasi”, Karmana muzofotidagi tarixiy –madaniy
maskanlar shular jumlasidandir. Yo`llarning ta`mirlanishi, sayohlar uchun yangi
1
Turizm xizmatlari va servisini rivojlntirishning xalqaro ilg`or tajribasi va uni Ozbekistonda qo`llash
masalalari.Xalqaro ilmiy –amaliy anjumani.2018 yil, 25-28 may.22-bet.
159
mehmonxonalar qurilishi shayohatchilar oqimining ko`payishiga olib kelmoqda.
Mamlakatimizda yoshlar, ularning xoxish va istaklari manfaatlari
doimo hukumatimiz
siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biri bo`lib qolmoqda.Bugungi kunda mamlakatimizda
yoshlar soni 10 milliondan ortiqni tashkil qiladi. Bu ko`rsatgich chet mamlakatlariga
qaraganda yuqoridir. Shu sababli ularning ko`ngilli dam olish, ziyorat qilish, sayohatlar
uyushtirishlarini to`g`ri tashkil etish amaliy ahamiyatga ega. Binobarin, ulug`
bobokalonkarimiz yaratgan tarixiy - madaniy maskanlari yoshlarni ma`naviy va ijtimoiy
kamolotini o`stirishga, dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi.
Har qanday sohada yangilik muhim kasb etadi.Turizm
sohasida ham yangi turistik
xizmatlar vujudga kelmoqda.Tarixiy-madaniy o`b`ektlar,ulug` qadamjoylar ziyorat turimi,
bevosita ulug` bobokalonlarimiz madaniyatlari, urf-odatlari va qadriyatlarini bilishga
undaydi. Bugunda tabiatni, atrof muhitni asrash, ziyoratgoh va qadamjoylarga to`g`ri
munosabatda bo`lish bevosita turizm orqali shakllantirilmoqda. Zaminimizda 7 mingdan
siyod nodir tarixiy yodgorliklar hamda betakror arxitektura namunalari mavjudligi,
so’lim qo’riqxonalar, milliy bog’lar faoliyat ko’rsatayotganligi, milliy-madaniy san’at va
hunarmandchilikning ko’p asrlik an’analari asrab - avaylab kelinayotganligi
bunga yaqqol
misol bo’la oladi.
Mamlakatimizda turizmning yangi istiqbollari ochilib, turli yo’nalishlarda keng
qamrovli loyihalar amalga oshirilmoqda. Milliy-madaniy meros obektlariga yoshlarning
sayohatini uyushtirishini jadallashtirish lozim.Yoshlar qo`mitasi dasturi asosida bu
jaroyonga ijodiy yondashish, huquqiy asoslarini yaratish va qo`llab -quvvatlashiga
erishish lozim. Sayyohatga kelgan turist albatta shu mamlakatning milliy–madaniy tarixiy
meroslariga, an’analari va udumlariga, ayniqsa xalq hunarmandchiligiga
qiziqishlari
tabiiydir.
Do'stlaringiz bilan baham: