Navoiy davlat pedagogika instituti "tabiiy fanlar" fakulteti


-jadval.  O‘zbekiston Respublikasi aholisining hududiy tarkibidagi o‘zgarishlar



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/34
Sana20.10.2022
Hajmi1,25 Mb.
#854694
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34
Bog'liq
Aholi

2-jadval. 
O‘zbekiston Respublikasi aholisining hududiy tarkibidagi o‘zgarishlar 
Hududlar
2001 
2015 
2001-2015 
yillar 
Zichlik, 1 
kv.km. ga 
kishi 
2015 y. 
ming kishi foizda ming kishi foizda o‘sish 

o‘rtacha
ko‘payish, 

Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
1527,0 
6,1 
1763,1 
5,7 
113,7 
1,00 
10,5 
viloyatlar: 
Andijon 
2216,5 
8,9 
2857,3 
9,2 
126,6 
1,85 
664,4 
Buxoro 
1437,7 
5,8 
1785,4 
5,8 
122,2 
1,55 
44,3 
Jizzax 
991,5 
4,1 
1250,1 
4,0 
123,7 
1,65 
58,9 
Navoiy 
791,1 
3,2 
913,2 
3,0 
113,8 
1,00 
8,2 
Namangan 
1953,2 
7,9 
2554,2 
8,2 
128,2 
1,95 
345,1 
Samarqand 
2710,0 
10,9 
3514,8 
11,3 127,1 
1,90 
209,2 
Sirdaryo 
649,9 
2,6 
777,1 
2,5 
117,5 
1,25 
180,7 
Surxondaryo 
1770,4 
7,1 
2358,3 
7,5 
130,3 
2,05 
117,3 
Toshkent 
2370,2 
9,6 
2758,3 
9,0 
115,0 
1,10 
180,2 
Farg‘ona 
2697,5 
10,9 
3444,9 
11,1 125,5 
1,75 
506,6 
Xorazm 
1347,7 
5,4 
1715,6 
5,5 
124,9 
1,70 
281,2 


Qashqadaryo 
2212,5 
8,9 
2958,9 
9,4 
130,9 
2,10 
103,4 
Toshkent sh. 
2137,9 
8,6 
2371,3 
7,8 
110,0 
0,75 
7,9 
Jami O‘zbekiston 
Respublikasi 
24813,1
100,0 
31022,5 
100,0 
122,9 
1,60 
69,1 
Jadval O‘zR Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan. 

2-jadval ma’lumotlari tahlili shuni ko‘rsatdiki, 2001-2013 yillarda aholi soni 


mutloq o‘sishda davom etgan bo‘lsada, uning sur’atlari yanada pasayib borgan. Shu 
o‘rinda ta’kidlash lozimki, bunday jarayon butun jahon aholisida ham kuzatilmoqda; 
qator Yevropa mamlakatlari esa aholi sonining qisqarishi, ya’ni depopulyatsiya 
jarayonini boshdan kechirmoqda. Bunday vaziyat MDH mamlakatlarida ham, 
xususan Rossiya, Belarus va Ukrainada keskin tus olgan. Tahlillar ko‘rsatishicha, 
o‘ziga xos “geodemografik to‘lqinlar” hatto qo‘shni Qozog‘iston Respublikasining 
deyarli barcha viloyatlarida ham kuzatilmoqda va bu mamlakatda asosan uning 
O‘zbekistonga tutash hududlari, ya’ni Janubiy Qozog‘istonda aholi sonini mutloq 
ko‘payishi yoki uning turg‘unlashuvi kuzatiladi, xolos. 
Respublikamizda ham bunday geodemografik to‘lqinlar kuzatiladi. Bu yerda 
aholi soni o‘sish sur’atining pasayishi avvalo Toshkent shahri va Toshkent 
viloyatida qayd etilib, mamlakatning boshqa hududlarida bu jarayonning asta-sekin 
so‘nib borishi yoki tezligining qisqarishi qayd etiladi. Boshqacha qilib aytganda, 
O‘zbekistondagi yangi demografik o‘zgarishlar (tug‘ilish va tabiiy ko‘payishning 
pasayib borishi) markazda boshlanib, u bosqichma-bosqich boshqa viloyatlarga 
tarqaladi; Toshkent shahri va poytaxt viloyatida kuzatilgan vaziyat respublikaning 
janubiy viloyatlari – Surxondaryo va Qashqadaryoda birmuncha vaqt o‘tgandan 
so‘ng kuzatiladi yoki takrorlanadi. Qayd etish joizki, bu ikki “demografik qutb” 
o‘rtasida jarayon o‘zgarishining tezlik muddati tobora qisqarib bormoqda 
Aholi salmog‘iga ko‘ra Samarqand viloyati (3514,8 ming k.) birinchi, 
Farg‘ona (3444,9 ming k.) ikkinchi va Qashqadaryo viloyati (2958,9 ming k.) 


uchinchi o‘rinda turadi. Demografik salohiyatning eng past miqdori Navoiy 
(913,2 ming k.) va Sirdaryo viloyatlariga (777,1 ming k.) to‘g‘ri keladi (2-jadval). 
So‘ngi 10 yil mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Buxoro, 
Sirdaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahri aholisining o‘sishi mamlakat 
o‘rtacha darajasidan past bo‘lgan va ularning jami respublika aholisidan ulushi 
qisqargan. Aholining nisbatan jadal o‘sishi Qashqadaryo, Surxondaryo, 
Samarqand kabi viloyatlarda kuzatiladi. Natijada, bu hududlarning demografik 
salohiyati yanada ko‘tarilgan.
Respublika hududining tabiiy sharoiti, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish 
imkoniyatlarining turli-tumanligi aholi joylashuviga ham ta’sir qiladi. Mamlakat 
bo‘yicha aholi joylashuvining o‘rtacha zichligi 1 km
2
va 69 kishidan iborat 
bo‘lgan holda, u Navoiy viloyatidagi 8,2 kishidan Andijon viloyatida 664,4 
kishiga farq qiladi. Bu boradagi ichki tafovut yoki geografik koeffitsiyent 80,5 
martaga teng. 
Tarixan aholi mamlakatimizning sug‘oriladigan voha va vodiylarida zich 
joylashgan. Chunonchi, bu ko‘rsatkich Farg‘ona, Namangan, Xorazm viloyatlarida 
ham ancha yuqori. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Navoiy viloyati 
O‘zbekiston hududining 61,9 foizini tashkil qilsada, bu yerda mamlakat aholisining 
atigi 8,8 foizi yashaydi; shu bois, aynan ana shu ikki ma’muriy birlik respublika 
aholisi joylashuvining o‘rtacha ko‘rsatkichiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Buxoro va Jizzax viloyatlarida ham aholi zichligi uncha yuqori emas, 
Surxondaryo va Qashqadaryoda esa u o‘rtacha ko‘rsatkichdan birmuncha yuqori. 
Biroq shunga qaramasdan, hatto bu hududlarning ham ichki, qadimdan 
sug‘orildaigan rayonlarida (masalan, Vobkent, Shofirkon, G‘ijduvon, Shahrisabz, 
Kitob, Qarshi, Yakkabog‘ tumanlarida) aholi ancha zich joylashgan. Umumiy 
tarzda, respublika aholi joylashuvi ko‘p jihatdan gidrografik shahobchalar-
sug‘oriladigan daryo va irrigatsiya inshootlari bilan belgilanadi. Shu bilan birga, 
yirik shaharlar, ayniqsa Toshkent aglomeratsiyasi doirasidagi qishloq tumanlarida 
ham aholi joylashuvi juda zich (1 km
2
ga 700-750 kishini tashkil etadi). 

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish