Xofizu Abru tuzgan dunyo kartasi.
Bu orol Yevropada to XIX asrgacha kartografiyada qo`llanilib, Ferro
meridiani deb yuritilgan. U hozirgi Grinvich meridianidan 17
0
40‘ g`arbdagi
Kanar orollarining eng chekkasidagi oroldir.
Beruniy ham shu meridiandan hisobni boshlagan. Ulug`bek jadvalida
koordinatalar Xolidot orollaridan hisoblangan va hozirgi Grinvichdan 23
0
farq
qiladi. Sharq adabiyotida Xolidot va Saodat orollarini chalkashtirib yuborilishi
ham mumkin degan fikrlar yo`q emas – deb yozadi H.Hasanov. Hatto XIX asrda
ham boshlag`ich meridian aniq emas edi, ispanlar boshlang`ich meridianni Ferro
orolidan, inglizlar Grinvichdan, fransuzlar Parijdan, Rossiyada Pulkovodan
o`lchaganlar. O`rta asrlarda ham ahvol shunday bo`lgan bo`lishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |