Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti geografiya o



Download 8,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/199
Sana01.01.2022
Hajmi8,48 Mb.
#299601
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   199
Bog'liq
topografiya va kartografiya asoslari

Beruniy globusi. 
Abu  Rayhon  Beruniyning  deyarli  hamma  asarlarida  O`rta  Osiyo  shaharlari 
tilga  olinib,  ularning  tarixi  va  iqlimi  yoxud  aholisi  va  geografik  koordinatalari 
ko`rsatilgan.  Beruniyning  “Qonuni  Ma’sudiy”  asaridagi  geografik  jadvalida 
ko`rsatilgan 603 joyning 85 tasi O`rta Osiyo va Xurosonga tegishlidir deb yozadi 
H.Hasanov. 
1890  yil  oxirlarida  polyak  sharqshunosi  I.Lelevel  Beruniy  jadvali  asosida 
O`rta Osiyoning kartasini tuzgan. Unda 40 shahar va daryolarning nomlari hamda 
8 ta viloyat nomlari aks ettirilgan. 
Biz  ulug`  olimning  faqat  geodeziya  va  kartografiyaga  tegishli  risolalarining 
ba’zi  birlari  to`g`risida  ma’lumot  berdik,  xolos,  uning  boshqa  fanlarning 
rivojlanishiga  qo`shgan  hissalari    to`g`risidagi  ma’lumotlarni  H.Hasanovni 
“Sayyoh olimlar” kitobidan bilib olish mumkin.  
Mahmud Qoshg`ariy kartasi.
 Ma’lumki XI asrda O`rta Osiyoda shuningdek, 
Issiqko`l bo`ylarida va Qashg`arda Qoraxoniylar davlatining poytaxtida ham yirik 
ilm-ma’rifat markazlari bo`lgan. Qoshg`ariyning to`liq ismi Mahmud ibn Husayin 
ibn  Muhammad.  Uning  otasi  Husayin  Issiqko`l  bo`yidagi  Barsg`on  shahridan 
bo`lgan. 
Otasi  xizmat  yuzasidan  bo`lsa  kerak  Qoshg`arga  ko`chib  borib  o`rnashib 
qolgan.  Shuning  uchun  Mahmudning  ismi  Qoshg`ariy  bo`lib  ketgan  deb  yozadi 
H.Hasanov.  Qoshg`ariy,  Buxoroda,  Bag`dodda,  Samarqandda  bo`lgan  uning 
yozishicha,  bir  necha  yillar  mobaynida  turk  tili  lug`atini  yaratish  maqsadida 
“Rumdan  Mochingacha,  Qora  dengiz  bo`ylaridan  Xitoygacha  sayyohat  qilgan”. 
Olimni dunyoga tanitgan “Devonu lug`atit turk” shoh asari, 319 varaqdan iborat 
bo`lgan. Akademik I.Yu.Krachkovskiyning bu asar turkologiya sohasida katta bir 
voqea deb yozgan edi. Asarning lingvistik ahamiyati nihoyat darajada katta. Asar 
geografik  jihatdan  ham  muhimdir.  Asarga  ilova  qilingan  doiraviy  karta  alohida 
ahamiyatga egadir.
 


Bu  karta  bitta  doiradan  iborat  bo`lib,  hozirgi  sharqiy  yarimsharga  o`xshaydi. 
Kartaning  ham  arabcha,  ham  o`zbekcha  nusxalari  bo`lgan,  arabcha  bosma 
nusxasining diametri 24 sm, o`zbekcha nusxasi 18 sm.  
Karta  rangli  qilib  ishlangan  va  shartli  belgilardan  foydalanilgan.  Masalan, 
dengiz  va  ko`llar  to`q  yashil  rangda,  daryolar  zangori  rangda,  tog`lar  qalin  qizil 
chiziqda,  qum  va  cho`llar  sarg`ish  tasma  shaklida,  shaharlar  sariq  doirachalar, 
mamlakat chegaralari qizil rangdagi ingichka chiziqlar bilan tavirlangan. 
Shuni  qayd  qilib  o`tish  kerakki,  hozirgi  vaqtda  kartalarda  aholi  yashaydigan 
joylar: shaharlar, posyolkalar doiracha shaklida (punsonda) tasvirlanadi. Mahmud 
Qoshg`ariy kartasi bu belgini qadimdan ishlatilib kelinganligini ko`rsatadi. O`sha 
davrdagi  kartalardagi  kabi,  muallif  yashagan  makon  karta  markazi  qilib 
tanlangan.  Kartada  muallifning  o`z  yurti  Issiqko`l  bilan  Balasog`unning  oralig`i 
karta  markazi  qilib  olingan.  Istaxriy  kartasida  esa  dunyoni  markazi  Makka 
ko`rsatilgan.  VIII  asrga  mansub  turkiy  yozma  yodgorliklardan  ma’lumki,  kun 
chiqish  tomon  ilgari  old  tomon  hisoblangan.  Dunyoning  boshqa  tomonlari  shu 
asosiy  tomonga  nisbatan  aytilgan.  Qadimiy  turkiy  tilda  “yuqori”  so`zi  sharq 
tomonni, “quyi” so`zi esa g`arbni bildirgan. 
Qoshg`ariy  kartasining  asosiy  xususiyatlaridan  biri  shuki,  undagi  o`zaro 
geografik bog`lanish yaqqol ko`rinib turibdi: daryolar tog`lardan bir necha tarmoq 
shoxobcha  bo`lib  boshlanadi  va  ko`llarga  yoki  dengizlarga  quyiladi.  Shaharlar 
asosan  daryo  bo`ylarida,  tog`  yonbag`rlarida  tasvirlangan.  Kartadagi  eng  katta 
yangilik bu uning o`sha vaqtda Jobraqo deb yuritilgan Yaponiya tasvirlangan. 
 
 
 
SHARQ 
Daryolar 
kulrang 
Daryolar 
ko`k 
JA
N
U
B
 
SH
IM
O
L
 
Tog`lar 
qizil 
Qumlar 
sariq 
G`ARB 
 

Download 8,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish