Mahmud Qoshg`ariy tuzgan dunyo kartasi.
H.Hasanovning fikricha, Qoshg`ariy o`zidan bir oz vaqt oldin o`tgan ulug`
olim Beruniy asarlaridan foydalangan va boshqa ma’lumotlar qo`shib, O`rta
Osiyo geografiyasining rivojlanishiga katta hissa qo`shgan.
Kartografiya sohasida yuqoridagi olimlar tomonidan va muallifi noma’lum
bo`lgan “Hudud al-olam” asaridagi kartalarning mazmunini va ularda
tasvirlangan hududlar taqqoslanilsa, ulardagi bir-biriga o`xshashlik seziladi. Bu
kartalar Sharq kartografiyasining dastlabki eng nodir namunalari bo`lib, dunyo
kartografiyasini rivojlanishiga katta hissa qo`shgan.
1209 yilda xurosonlik Muhammad Najib Bakron Xorazm shohi Alovuddin
Muhammal ibn Takashga Dunyo kartasini tuzib bergan, kartada izoh sifatida
“Jahonnoma” kitobini yozib bergan. U o`z kartasini va izohnomasini yozishda
Beruniy va Istaxriylarning asarlaridan foydalanilganligini aytadi.
N.Bakronning kartasi
katta gazlamaga chizilgan. Kartadagi shartli belgilar
to`g`risida u shunday deb yozgan: “…kichik doiralar shaharlar o`rnidir”. Bu
doirachalar yoniga o`sha shaharlarning nomi yozilgan. Dengizlar yashil rangda,
nomi esa qizil rangda, daryo va soylar qizil chiziqlar bilan, nomlari esa qizil
rangda, tog`lar to`q qizil rangda, cho`llar, qumliklar va toshloq yerlar sariq
rangda, shimoldagi qorli o`lkalar oq rangda tasvirlangan.
Kartografiya fani uchun bu kartaning ahamiyati shundaki, kartada parallellar
va meridianlar berilgan, bu esa sharq kartografiyasida deyarli birinchi voqea edi.
Afsuski bu noyob karta saqlanib qolinmagan. Lekin unga izoh bergan,
“Jahonnoma” hozirgi vaqtda mavjud.
XV asrning birinchi yarmi O`rta Osiyo va Xuroson tarixida uyg`onish davri,
iqtisodiyot va madaniyat, savdo-sotiq, fan va qurilish yuksalgan davr bo`lib
hisoblanadi. Shu davr geograf-sayyohlaridan biri Xofizu Abru, uning asli ismi
Shahobiddin Abdulloh ibn Lutfilloh al-Xavofiy (1362-1431). U temuriylar saroyi
tarixchisidir. U o`zining asarlariga ba’zan ilova tariqasida ayrim hududlarni
kartasi yoki shaharlar sxemasini ham chizib ko`rsatgan (o`sha davrda karta, plan
va sxemalarni suratlar deb yuritilgan). Bu suratlar ichida eng muhimi “Dunyo
kartasidir”. Bu kartaning o`lchami 34-45 sm bo`lib, unda graduslar to`ri
chizilgan. O`rta asr sharqda tuzilgan kartalarning faqat uchtasida, ya’ni Najib
Bakron kartasida (1209 yil), Xandalloh Kazviniy kartasida (1340 yil) va Xofizu
Abru kartasida (1420 yil) graduslar to`ri bo`lgan. Xofizu Abru kartasida graduslar
to`rlari doiraning ichidan ham, chekkasidan ham, har 5
0
dan meridian va
parallellar o`tkazilgan. Kartada Yer shari yetti iqlimga bo`linib, ularning
chegaralari kengliklar bilan 0
0
dan 70
0
gacha ko`rsatilgan, shimolroq hududlar esa
har 7-8
0
orasida tasvirlangan. Bu kartaning bir nusxasi Britaniya muzeyida, bitta
nusxasi esa Toshkentda saqlanmoqda. Bu dunyo kartasini prof. H.Hasanov –
Xofizu Abruning shoh asari deb juda katta baho berib, sharq kartografiyasida
fahrlansa arzigulik asar ekanligini ta’kidlaydi. Shunday qilib, Beruniy, Najib
Bakron va Xofizu Abru kartalari sharq kartografiyasini dunyoga tanitgan
asarlardir (13-rasm).
Kartaning matematik asosi bo`lgan geografik koordinatalari, ya’ni kenglik
va uzoqliklar juda ko`p vaqt davomida o`sha davr olimlari orasida 0
0
li meridian
qayerdan o`lchanadi, degan savolga bir xil aniq javob bermagan. Shu nuqtai
nazardan Ulug`bekning “Ziji Ko`ragoniy” jadvali ham shu masalaga aniqlik
kiritmagan. Masalan buyuk astronom Gipparx (miloddan avvalgi II asrda
yashagan) Rados oroli bilan Iskandariya shahridan o`tgan uzunlikni boshlang`ich
meridian qilib olgan. Undan so`ng Marin Tirskiy va Ptolomey “Ostrava
Blajennix” (Saodat orollari) ni boshlang`ich meridian qilib belgilagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |