maxsulotni egalariga yetkazib berish va sarf-xarajatlarni, hisob–kitob
qilishning yangi usullarini qidirib topish yo`llarini o`rganadi.
Geoinformatsion kartografiya
kartografiyada yangi tarmoq bo`lib,
kartadan informatsiya manbai sifatida foydalanish yo`llarini o`rgatadi.
Kartografiya juda ko`p fanlarni o`rganishda foydalanilib, ba’zi bir sohalar
uchun maxsus kartografiya tarmoqlar yaratilgan: Masalan, geologik
kartografiya, geomorfologik kartografiya, geobotanik kartografiya, tuproqlar
kartografiyasi, ijtimoiy-iqtisodiy kartografiya, geoekologik kartografiya,
demografik kartografiya va hokazolar.
So`nggi yillarda kosmosdan olingan suratlar asosida yangi mavzuli
mukammal va aniq kartalar yaratilib, eski kartalar yangilanmoqda, natijada
kosmik kartografiya
alohida kurs sifatida o`rganilmoqda.
Hozirgi vaqtda karta tuzishda, nashr qilish jarayonida kompyuterdan keng
foydalanilmoqda, natijada karta tuzish va nashr qilish tezlashib sifati
yaxshilanmoqda.
Oxirgi vaqtlarda kartografiyada vujudga kelgan yangi tarmoq Yer
tasvirini umumiy nazariyasini va undan ilmiy amaliyotda foydalanishni
o`rganuvchi fan geoikonika tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda.
Hozirgi kunda ommaviy axborot vositalarida, ayniqsa televideniyada,
gazeta va jurnallarda kartadan keng foydalanilmoqda, bu esa ko`rsatuvlarning
mazmuni, sifati va ko`rgazmaliligini oshishiga sabab bo`lmoqda. Natijada,
televezion kartografiya shakllanmoqda.
Kartografiya fanini rivojlanishida Eratosfen, Ptolomey qatori O`rta
Osiyolik allomalar al-Xorazmiy va al-Beruniylarning xizmatlari kattadir.
Dunyo kartografiya fanini shakllanishida G`arbiy Yevropa olimlari Merkator,
Sanson, Sinelluslar va rus olimlari F.N. Krasovskiy va A.A. Izotovlarning
xizmatlari katta. Sobiq Ittifoq davrida kartografiya bo`yicha yirik kartografik
asarlar yaratildi. Masalan, BSAM (Dunyoning katta atlasi), FGAM
(Dunyoning tabiiy geografik atlasi), Dunyo atlasi va respublikalarning
kompleks atlaslari. Shu jumladan, O`zbekistonning 2 tomli ilmiy
ma’lumotnomali atlasi, Toshkent atlasi hamda O`zbekistonning o`quv atlaslari.
Mustaqillikdan so`ng mamlakatimizda kartografiya ham boshqa sohalar
kabi rivojlanmoqda. O`tgan o`n yil ichida respublikani 1:1 mln. masshtabli
ekologik kartasi, iqtisodiy kartasi va bir qancha O`zbekiston o`quv kartalari
chop etildi. 1999 yilda respublikamiz Prezidenti farmoyishi bilan O`zbekiston
geografik atlasi yaratildi. Unda respublikamizdagi katta iqtisodiy o`zgarishlar
o`z ifodasini topgan. 2000-2001 yillarda 7, 8, 9-sinflar uchun O`zbekistonning
va xorijiy mamlakatlarning ijtimoiy- iqtisodiy o`quv geografik atlaslari
yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: