Konturlarni birlashtirish - generalizatsiyani geometrik namoyon
bo`lishining bittasi ajratib olingan konturlarni gruhlash bilan bog`liq. Xaritada
konturlar birinchidan sifat va miqdor gradatsiyalarini umumlashtirish va
legendani bo`linishlarini yiriklashtirish natijasida, ikkinchidan esa, bir qancha
mayda-chuyda konturlarni bir biriga qo`shilib, bitta ancha yirik kontur hosil qilish
oqibatida sodir bo`ladi. Shunday, birorta foydali qazilma konlarini alohida, uncha
katta bo`lmagan arealini generalizatsiya davomida bitta yagona areal qilib qo`shib
yuborilishi mumkin.