Miqdor tavsiflarini umumlashtirish tasvirlanayotgan hodisani miqdor
gradatsiyalarini (bir bosqich yoki holatdan ikkinchi bosqich yoki holatga
o`tishdagi izchillik) yiriklashtirishda, uzluksiz shkalalardan pog`onalilarga
o`tishda yoki bir xillardan bir xil bo`lmaganlarga o`tishda namoyon bo`ladi.
Misollar bo`lib, topografik xaritalarni generalizatsiya qilishda rel'efni kesim
balandligini kattalashtirish (orttirish) yoki aholi punktlarini yashovchilar soni
bo`yicha guruhlashni yiriklashtirish xizmat qilishi mumkin.
Xaritaga olinayotgan ob'ektlarni