Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti biologiyaning kontseptual asoslari



Download 5,47 Mb.
bet55/101
Sana07.04.2022
Hajmi5,47 Mb.
#535429
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   101
Bog'liq
malikova fani

Yog‘lar almashinuvi. Yog‘lar ham organizm uchun energiya manbai hisoblanadi. Bir gramm yog‘ oksidlanib parchalanganda 9,3 katta kaloriya energiya ajraladi. Bu oqsil va uglevodlar parchalanishida ajralgan energiyadan ikki baravar ortiqdir. Yog‘lar hujayralar tarkibiga ham kiradi. Organizmga kirgan yog‘lar hazm yo‘lida glitserin va yog‘ kislotalarga parchalanib, limfaga so‘riladi. Bu vaqtda glitserin va yog‘ kislotalar ichak sxilliq pardasi hujayralaridan o‘tayotganda bir-biriga birikib, yog‘ paydo qiladi. Bu yog‘ organizm ehtiyojlarini qondirib, ortiqchasi teri osti kletchatkasida, charvida, buyrak atrofida va boshqa ichki organlarda zaxira bo‘lib to‘planadi. Zaxira yog‘ energiya manbai bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, teri osti kletchatkasidagi yog‘ qatlami organizmdan issiqlik chiqarmaydi. Organlar atrofidagi yog‘ esa ularni shikastlanishdan saqlaydi. Yog‘ gavda og‘irligining 20% ini tashkil etadi. Moddalar almashinuvi buzilganda zaxira yog‘ miqdori gavda og‘irligining 50% ini tashkil etishi mumkin. Organizmga yog‘ kirmaganda oqsillar va uglevodlardan zaxira yog‘ hosil bo‘ladi. Katta yoshdagi odam organizmiga bir kunda 100 g yog‘ kirishi kerak. Jismoniy ish ko‘proq (115-165 e) yog‘ kirishini talab qiladi.
Yog‘lardan tashqari, organizmning faoliyati uchun yog‘simon moddalar yoki lipoidlar ham katta ahamiyatga ega. Ular nerv to‘qimasi tarkibiga kirib, markaziy nerv tizimi faoliyatida ishtirok etadi. Lipoidlar fosfatidlar va sterinlar deb atalgan ikki guruhga bo‘linadi.
Suv va tuzlar almashinuvi. Suv va mineral tuzlar organizmga energiya bermaydi. Shunga qaramay, organizmda sodir bo‘ladigan fiziologik jarayonlarda suv va tuzlarning ahamiyati katta. Organizmga suv kirmasa, u bir necha kunda nobud bo‘ladi. Odam ovqatsiz, faqat suv bilan 40-50 kun yashay oladi. Bu misol suv organizmda qancha katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Hujayra va to‘qimalarning asosiy qismi – suv va mineral tuzlar organizmning ichki muhitini tashkil etadi. Katta yoshli odamlar gavdasi og‘irligining 65% i suv. Yosh organizmda suv miqdori 80% ga yetadi. Qon plazmasida 92%, suyaklarda 22%, mushaklarda 76%, biriktiruvchi to‘qimada 80% va miyaning kulrang moddasida 86% suv mavjud. Suv va mineral tuzlar hujayralarning normal faoliyati uchun zarur osmotik bosim hosil qiladi. Osmotik bosim doim bir xilda bo‘ladi. Ba’zi mineral tuzlar qondagi gazlarni tashishda ishtirok etadi. Suv ovqat hazm qilishda oziq moddalarning parchalanishiga, qon va limfa so‘rilib, hujayra va to‘qimalarga borishga yordam beradi, shuningdek, oksidlanish va boshqa kimyoviy reaksiyalarning yuzaga kelishida katta rol o‘ynaydi; gavda haroratini normal darajada saqlab turadi. Organizmga bir kunda 2000-2500 ml suv kiradi. Uning 900-1000 ml icxiladi, 900-1000 ml esa ovqat bilan birga kiradi. To‘qimalarda oziq moddalarning parchalanishi natijasida 300-350 ml suv chiqadi. Organizmning normal faoliyati uchun organizmga kirgan suv miqdori chiqadigan suv miqdoriga teng bo‘lishi kerak. Bu holat suv balansi deyiladi. Suv organizmdan buyraklar, ter bezlari, o‘pka va ichaklar yordamida chiqariladi. 1000-1500 ml suv buyraklar orqali siydik shaklida chiqadi. Ter bezlari teri orqali 500-1000 ml suv chiqaradi: 350-400 ml suv bug‘ holatida nafas bilan, 100-200 ml suv esa axlat bilan chiqadi.
Suv almashinuvi mineral tuzlar almashinuvi bilan chambarchas bog‘liq. Organizmga ovqat bilan kirgan mineral tuzlar qonga so‘rilib, hujayra va to‘qimalar tarkibiga kiradi. Oqsillar, fermentlar, gormonlar va skelet suyaklari tarkibida ham mineral tuzlar bor. Organizmda mineral tuzlar gavda og‘irligining 4,5% ini tashkil etadi. Ular organizmda sodir bo‘ladigan fiziologik jarayonlarni boshqarib turadi. Nerv tizimining faoliyati, qonning ivishi, so‘rilish, gazlar almashinuvi, sekretsiya va chiqarish jarayonlari mineral tuzlarga bog‘liq. Kalsiy va fosfor, natriy va xlor, temir, kaliy, yod, kobalt, oltingugurt, rux va boshqa elementlar organizm uchun katta ahamiyatga ega. Organizmga tuzlar ovqat bilan kiradi. Sabzavot, mevalar, go‘sht, sut, tuxum va boshqa mahsulotlarda tuzlar yetarli miqdorda bo‘ladi. Mineral tuzlar organizmda zaxira sifatida yig‘iladi. Masalan, terida natriy bilan xlor, suyaklarda kalsiy bilan fosfor, jigarda temir, mushaklarda kaliy to‘planadi. Katta yoshdagi odam uchun kunda 4-5 g natriy, 1 g kalsiy, 3 g kaliy, 15 g fosfor va 15-30 mg temir zarur. O‘sish davrida suyaklar va nerv to‘qimasining o‘sishi uchun natriy, kaliy va fosfor katta ahamiyatga ega. Shu bois homilador ayollar va yosh bolalar organizmida bu tuzlarga ehtiyoj juda katta. Markaziy nerv tizimi faoliyati uchun fosfor zarur. Temir va mis eritrotsitlar tarkibidagi gemoglobinning hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Qalqonsimon bez gormoni – tiroksin tarkibida yod, me’da osti bezi gormoni – insulin tarkibida oltingugurt va rux bo‘ladi.
Organizmdan mineral tuzlar siydik, ter va axlat bilan chiqariladi. Ular miqdorini tiklash uchun organizmga uzluksiz tuz kirib turishi kerak. Organizmga mineral tuzlar kam kirsa, fiziologik jarayonlar buzilib, odam o‘lishi mumkin. Lekin tuzlarning ko‘payib ketishi ham zararli. Masalan, natriy tuzi ko‘paysa, bolalarda tana harorati oshib, tuz bezgagi ro‘y beradi.

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish