Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti biologiyaning kontseptual asoslari


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI



Download 5,47 Mb.
bet51/101
Sana07.04.2022
Hajmi5,47 Mb.
#535429
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   101
Bog'liq
malikova fani

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

TABIIY FANLAR FAKULTETI


,,Biologiya o`qitish metodikasi“ kafedrasi



BIOLOGIYANING KONTSEPTUAL ASOSLARI”
FANIDAN
(SEMENAR mashg`ulotlari to`plami)



NAVOIY2017

SEMENAR 1.
Mavzu: Biologiya fani rivojlanishining kontseptual asoslari va uning tasnifi.
Darsning maqsadi: Biologiya fani rivojlanishining kontseptual asoslari va uning tasnifi haqidagi fikrlarni aniqlash.
Kerakli jihozlar: SEMENAR ishlanmasi, jadvali, slaydlar, plakatlar.
Asosiy ma’lumotlar:
Evolyutsiya nazariyasining asosini Darvin nazariyasi (bosh va yagona yo’naltirilgan evolyutsion omil – tabiiy tanlanishning yetakchi roli haqidagi tasavvur) tashkil qiladi.
Tiriklik biologiyaning hamma yo’nalishlarida tadqiq etilayotgani sababli, Organik olamning rivojlanishi biologik fanlar tizimidagi barcha xususiy va umumiy fanlarga tayanadi va ular bilan chambarchas bog’liq.
«Evolyutsiya» atamasi biologiyada ilk bor XVIII asrda Shvetsariya olimi Sh.Bonne tomonidan qo’llanilgan bo’lib, bu so’z dastlab «yoyilib ocxilish» ma’nosini anglatgan edi. (Masalan, atirgul g’unchasini ocxilishi va hokazo). Keyinchalik bu atama fanning turli tarmoqlarida qo’llaniladigan bo’ldi.
Biologik evolyutsiya zamirida makromolekulyar va tirik organizmlarning o’z-o’zini hosil qilishning ajoyib jarayonlari yotadi. Ular qator avlodlarda tirik organizmlarni qayta o’zgarib yangilanishi uchun cheksiz imkoniyatlarga ega.
Biologik evolyutsiya tirik tabiatning takrorlanmaydigan va ma’lum darajada yo’naltirilgan tarixiy taraqqiyotidir. U populyatsiyalarning genetik tarkibini o’zgarishi, moslanishlarni shakllanishi, turlarni hosil bo’lishi va ularning o’lishi bilan bog’liq bo’lib, biogeotsenozlarni va yoppasiga biosferani yangilanishiga sababchi bo’ladi. Rivojlanib turuvchi tirik tizimlarni hamisha yashayotgan sharoitlarga mos kelishi biologik evyutsiyaning asosiy natijasidir.
Tiriklik muammosi tadqiqotcxilarni qadimgi zamonlardan qiziqtirib kelgan. Tirik tabiatning rivojlanishi haqidagi dastlabki g’oyalar Hindiston, Xitoy, Misr, Gretsiya olimlarining ishlarida hozirgi eramiz (milod) dan 2000-1000 yil ilgari aytilgan. Tabiatning birligi haqidagi g’oyani ilgari surgan o’lkan «fikr titani» Aristotel o’zining «mavjudotlar narvoni» misolida jonsiz tabiatni minerallardan insongacha bo’lgan taraqqiyot yo’lini tasavvur etishga urinadi. Bu va boshqa xildagi qadimgi olimlarning qarashlari biologiyada tiriklik taraqqiyoti haqidagi keyingi g’oyalarni rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatdi.
Hozirgi nazariy biologiya asoslarini, jumladan evolyutsiya nazariyasining shakllanishiga O’rta Osiyo olimlarining qo’shgan dastlabki hissasi beqiyosdir. O’rta asrlar boshlanishida O’rta Osiyo dunyo sivilizatsiyasining uchoqlaridan biri bo’lgan. «Sharq Renessansi» davrida bu yerda ilm-fan taraqqiyoti natijasida turli yo’nalishlarda, jumladan biologiya sohasida yirik tadqiqotlar o’tkazilgan. O’rta Osiyoda birinchi Ma’mun akademiyasi («Donishmandlar uyi») ning faoliyati Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqa yirik olimlarning ijodlari bilan bog’liq.
Abu Nasr Forobiy (873-950 yillar) tabiatshunoslikni taraqqiy etishiga munosib hissa qo’shgan. U Ch.Darvin evolyutsion ta’limotining fundamental asosi hisoblangan tabiiy va sun’iy tanlash konsepsiyalarining mazmunini birinchi bo’lib tarifladi va ilmiy jihatdan asoslab berdi. Forobiyning qayd etishi bo’yicha, tabiat inson aralashuvisiz o’zi yaratgan va yaratadigan tanlash asosida o’simlik va hayvon turlarini vujudga keltiradi. Shu bilan birgalikda inson yordamida sun’iy turlar yaratiladiki, bu ikki xil tanlashning tan olinishini isbotidir.
Insonni kelib chiqishi haqida fikr yurg’izar ekan, Forobiy odamni tabiatdan – hayvonot dunyosidan ajraganligini uqtiradi. Odam fikrlovchi inson qiyofasiga ega bo’lganligiga qaramasdan, unda ajdodlari – hayvonlarning ayrim o’xshashliklari saqlangan. Buni odam organizmidagi hayvoniy boshqarilish (hayvonlarga xos hislat) bilan bir qatorda aqlli nutqiy xususiyatni bo’lishi isbotlaydi. Mazkur fikrlarni evolyutsion ta’limot yaratilishidan 9 yarim asr ilgari e’lon qilinganligini hisobga olsak, o’sha darvda fanni naqadar gullab yashnaganligiga va rivojlanganligiga tan berish mumkin.
Buyuk alloma va mutafakkir Abu Rayhon Beruniy (973-1048 yillar) fan tarixida, ayniksa tabiatshunoslikda, shu darajada iz qoldirdiki, uni shak-shubxasiz Darvin ta’limotining bashoratchisi deb hisoblash mumkin. Yevropada bundan ming yil ilgari ilm-fan, ma’rifat va madaniyat hali rivojlanishning ibtidoiy holatida turgan bir davrda, Beruniy hozirgi biologiyaning nazariy poydevori bo’lgan evolyutsiya nazariyasining asoslarini shakllantirishga muvaffaq bo’lgan.
O’zining mashhur «Saydana» asarida Beruniy yer yuzining o’zgarishini o’simlik qoplami va hayvonot olamining o’zgarishiga olib kelishini ko’rsatadi. Tirik organizmlarning yuzaga kelishi yerning tarixi bilan bog’liq. yer yuzasida yashagan organizmlarni o’rganishda yer qobig’i muhim tarixiy manba bo’lib xizmat qiladi. Abu Rayxon Beruniy Qoraqum va Qizilqum saxrolarida olib borgan paleontologik qazilmalarni o’rganish asosida, qumliklar qazib qurilganda chig’onoqlar chiqadi, mazkur qumliklar bir vaqtlar dengiz tubi bo’lgan degan xulosaga keladi.
«O’tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar» hamda «Hindiston» asarlarida Beruniy hayvon va o’simlik organizmlarining tarkibini ularni muhit bilan uzviy bog’liqligining mahsuli deb hisoblaydi. Uning fikricha, hozirgi hayvonlarning shakllari qadimgilardan tubdan farq qiladi, chunki ularning o’rtasida uzoq tarixiy davr yotadi. Bundan olamning oddiydan murakkabga qarab takomillashib borishi, organik dunyoning evolyutsion taraqqiyoti haqida xulosa chiqadi.
Beruniy odamning kelib chiqishi, irsiyat qonunlari masalalarida qator izlanishlar olib bordi. Odamlarning rangi, tashqi qiyofasi, tabiati va axloqining har xil bo’lishining sabablarini tuproq, suv, havo va odamlar yashaydigan joylarga bog’ladi. Tillarning turlicha bo’lishiga sabab olimning aytishiga qaraganda – bu odamlarning guruhlarga ajralishi, bir-biridan uzoqlashishi hamda ularning har birida turli xohishlarni ifodalash uchun zarur bo’lgan so’zlarga ehtiyoj tug’ilishidadir.
Forobiyning tabiiy va sun’iy tanlash to’g’risidagi g’oyasini rivojlantirib, Beruniy ta’kidlaydiki, yer yuzini bir xil daraxt yoki bir xil hayvon butunlay qoplab olganida, hayvonning ko’payishiga ham, daraxtning o’sishiga ham o’rin qolmas edi. Shuning uchun ham, dehqonlar ekinlarini o’toq qilib, keraksizlarini yulib tashlashadi, bog’bonlar esa daraxtlarning yaroqsizlarini kesishadi. Asalarilar o’z jinsidagi, ishlamay xuvadan asalni bekorga yeb yotganlarini o’ldirishadi. Tirik tabiat xuddi shunday ish tutadi. Tabiat ayrim holda yaxshini yomondan ajratishda hammasiga bir xil ta’sir etish oqibatida daraxt barglarini to’kib, meva hosil qilishdan qoldiradi va quritadi.
«O’tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar»da Beruniy birinchi bo’lib yil fasllarining almashishini o’simlik va hayvonlarning mavsumiy o’zgarishlariga ta’sirini tadqiq etadi, ularni orasida uzviy bog’liqlik mavjud ekanligini ko’rsatadi.
Ko’rinib turibdiki, olimning qayd etilgan ishlari bundan qariyib ming yil ilgari evolyutsion fikrni teran shakllanishiga har taraflama xizmat qildi. Mazkur qarashlar deyarli ortiqcha o’zgartirilmasdan Ch.Darvinning «Tabiiy tanlanish yo’li bilan turlarni kelib chiqishi» asarida o’z urnini topdi va ular asosida evolyutsion ta’limot yaratildi. Ch.Darvin Abu Rayhon Beruniyning ishlaridan xabardor bo’lganmi-yo’qmi, bu bizga qorong’i, lekin Darvinni shaxsiy ko’zatuv va tadqiqotlar asosida Beruniy bilan bir xil fikr va xulosaga kelganligi hayratda qoldiradi. Shunga qaramasdan, aytish mumkinki, Yevropada Beruniyning aynan shu fikrlarini tarqalmaganligi ehtimoldan holi emas.
Evropada birinchi evolyutsion ta’limot, aniqrog’i, evolyutsion kopsepsiya 19 asrning boshida, Fransiyada ehlon qilindi. Uning muallifi yirik tabiatshunos olim Jan Lamark bo’lib, bu tadqiqotchi mazkur konsepsiya asosi sifatida organizmlarni o’z-o’zidan takomillashishiga qaratilgan harakatlarini xisobga oladi.
Lamarkning o’ylashicha, barcha jonivorlar o’zining tashkillanishi bilan qanoatlanmasdan, ayniksa muhitga nisbatan maqsadga muvofiqligidan «norozi bo’lganligidan» hamisha o’z tuzilishi va hayotiy xususiyatlarini takomillashtirib, oliyroq, murakkabroq bo’lishiga intilishadi. Bu ularning abadiy intilishlari hech kachon sunmaydi va muhit o’zgarishi bilan yanada kuchayib boradi. Mazkur intilish jonivorlarning ichiga Xudo tomonidan solib kuyilgan bo’lib, u evolyutsiyaning o’ziga xos mexanizmi sifatida tushunilishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, muvofiqlashishga olib keluvchi intilishtiradigan kuch – evolyutsiyaning harakatlantiruvchi kuchi. Lamark uni gradatsiyani amalga oshiruvchi kuch deb hisoblaydi.
Lamarkning shu xilda evolyutsiyaning sabablarini tushuntirishga qaratilgan konsepsiyasi mexanistik harakterga ega bo’lib, ilmiy jamoatcxilik tomonidan qabul qilinmadi. CHunki bu konsepsiya, yoki o’ziga xos «ta’limot», evolyutsiyaning asl mexanizmini tushuntirishga ojizlik qildi va uning sabablarini Xudoning iloxiy qudratiga bog’lab qo’ydi. SHu sababdan u tan olinmadi va ayovsiz tanqidga uchradi.
SHunga qaramasdan (evolyutsiyaning mexanizmini idealistik tushunishga asoslanganligidan qaotiy nazar), Lamarkning konsepsiyasi ilk bor evolyutsion qarashlarni izcxil ta’limot shakliga tushirishning urinishi sifatida o’ziga xos qimmatga egadir.



Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish