va Bellinsgauzen kemalarni shimolga buradi. 1821 yilning 5 avgustida 751
kunlik sayohatdan so’ng Kronshtadtga qaytib keladi. Bu vaqt ichida dengizchilar
juda katta jasorat ko’rsatishdi, biror marta kelishmovchiliklar yuzaga kelmadi,
yuqori janubiy kengliklarda dunyo aylana sayohatni amalga oshirishdi, faqat 2 ta
dengizchi halok bo’ldi, birorta jiddiy kasallik bilan hech kim kasallanmadi.
Geografik yutuqlari jihatidan birinchi rus Antarktika ekspeditsiyasi XIX
asrda buyuk edi. Bellinsgauzen bu haqda 1831 yilda “Janubiy muz okeanidagi 2
marta qilingan tadqiqotlar va “Vostok”, “Mirniy” kemalarida amalgam
oshirilgan dunyo aylana suzish” deb nomlangan asar yaratdi. Bu asar 1949 va
1960 yillarda ikki marta qayta nashrdan chiqdi.
1822-1823 yillarning yozida ingli hayvon ovlovchisi Jems Ueddell 2 ta
kemada juda yaxshi ob-havoda Janubiy Georgiyadan 54
0
15
1
janubiy
kenglikkacha suzadi. Bu yerda yakkam dukkam orollarni ko’radi. Hozir Ueddell
suzgan dengiz Atlantika okeanining eng janubi va Antarktika quruqligiga eng
chuqur kirib boradi.
XIX asrning 30-40 yillarida Antarktidaning muzli qirg’oqlarini Jon Bisko
boshchiligida Antarktika suvlarida dunyo aylana sayohatni amalga oshirayotgan
londonlik savdogarlar ko’radilar. U Folklend arxipelagidan Janubiy Sandvich
yerlariga undan janubi sharqqa suzib, 1831 yilning yanvarida 0
0
meridianda
janubiy qutb chizig’ini kesib o’tadi. 70- parallellarga yaqinlashganda fevral oyi
oxirida Antarktidaning okeanga kirib kelgan qismini va keyinchalik Bisko tog’i
(1860 m) deb nomlangan cho’qqini ko’rishadi. Kuz boshlanganligi sababli
tasmaniyaga qaytadi. 1831-1832 yilning yozida sayohatini davom ettirib,
Aleksandr I- yerlaridan shimoli-sharqqa Adelayd orolini va uning nomi bilan
nomlangan bir qancha orollarni ochadi. Shunday qilib, Bisko orollardan
tashqariEnderbi va Greyam yerlarini ochadi, bular Antarktidaning yarim
orollaridir.
1838-1842 yillarda Janubiy magnit qutbini topish maqsadida Antarktika
suvlarida 3 ta mamlakat –fransuz, shimoliy Amerika va ingliz ekspeditsiya
kemalari suzadi. Fransuz ekspeditsiyasiga dunyo aylana sayohatni amalgam
oshirgan, Okeaniyani tadqiq etgan harbiy dengizchi Jyul Dyumon Dyurvil 2
ta kemada “Astrolyabiya” va “Zele” kemalarida yo’lga chiqadi. Uzoq vaqt
davom etgan suzishdan so’ng u 1840 yilning 20 yanvarida 140
0
sharqiy
uzoqlikda baland muzli qirg’oqni kashf etadi va uni xotini nomiga Adeli Yerlari
deb nomlaydi. Fransuzlar yaqin orolga tushib, u yerdan g’arbga suzishadi va 30
yanvarda 130
0
sharqiy uzoqlikda Kleri Yerlarini kashf etishadi.
Amerikalik harbiy dengizchi
Charlz Uilks 1840 yilning yanvarida 160
0
sharqiy uzoqlikda janubiy qutb doirasiga keladi va g’arbga suzadi. Muzlarni
yorib o’tib 98
0
sharqiy uzoqlikkacha 2700 kilometrdan ko’proq masifada suzadi
va ayrim qirg’oq chiziqlarini o’radi. Shuning uchun Hind okeanining janubidagi
Antarktidaning keng qirg’oq chiziqlari -150
0
va 100
0
sharqiy uzoqlikdagi
hududlari Uilks Yerlari deb nomlanadi.
Antarktikaga 1840 yilda Jems Klark Ross rahbarlik qilayotgan 2 ta
kemada “Erebus” va “Terror” kemalarida Frensis Krozye bilan chiqadi.
Tasmaniyada Ross Dyumon –Dyurvil va Uilks Antarktika qirg’oqlari yaqinida
suzishganini va nemis olimi Klark Fridrix Gauss nazariy jihatdan Janubiy
magnit qutbini aniqlaganini eshitadi. Masalaga oydinlik kiritish maqsadida Ross
yanada sharqqa suzishga ahd qiladi. 1840 yilning oxirida u Yangi Zelandiyaning
Janubiy oroli meridianidan janubga suzadi va 1841 yilning 11 yanvarida 71
0
parallel 171
0
sharqiy uzoqlikda qor va muz bilan qoplangan Sabin (3000 m)
tog’ini ko’radi. Ader burnidan o’tib, Ross bir orolga tushadi va bu ochilgan
yerlarni Viktoriya Yerlari deb nomlab, Angliya mulki deb e’lon qiladi. Shundan
so’ng yana janubga Ross dengiziga suzib, 27 yanvarda 77 parallelda 2 ta vulqon
–“Erebus” va “Terror” vulqonlarini ochadi. Qirg’oq bo’ylab suzib, magnit
tekshirishlarini Gauss aniqlagan kenglikda (72
0
30
1
) o’tkazadi va u magnit qutbi
Viktoriya Yerlarida qirg’oqdan 300 km masofada joylashganligini to’g’ri
aniqlaydi.
1841 yilning noyabrida Ross yana Antarktikaga suzadi. 161
0
30
1
sharqiy
uzoqlikda u qutb doirasini kesib o’tib, o’tgan safargidan 5,5 mil ichkariga suzadi
va yana Muzlik bar’yeri tufayli orga qaytadi. Ross janubiy materik yo’q deb
o’ylab Viktoriya Yerlari orol degan noto’g’ri xulosa chiqaradi.
Jems Ross suzishlaridan so’ng Antarktika sayohatlari XIX asrning 90-
yillarigacha to’xtatiladi. Bu yillarda Antarktikada kit ovlovchilar ko’payganligi
tufayli Antarktidani tadqiq etish kuchayadi. 1893-1894 yil yozida norvegiyalik
Do'stlaringiz bilan baham: