Robert Skott motorli chana, hind ponilari va itlarda Shelkton yo’li orqali
janubiy qutbga boorish uchun 1911 yilning 2 noyabrida yo’lga chiqadi. 83
parallelda motorli chanalarni tashlashga, otlarni esa sirpanchiqda yurolmagani
uchun o’ldirishga majbur bo’lishadi. 85
0
parallelda Skott 4 kishini, 87
0
30
1
da
yana 3 kishini ortga qaytarib yuborishga majbur bo’ladi. Janubga 5 kishi: Skott,
vrach-Eduard Uilson, ofitser-Lourens Ots va Genri Bouers va unter ofitser-
Edgar Evans boradi. Oxirgi 250 km masofani ular juda og’ir sharoitda oxirgi
kuchlarini sarflab o’tdilar. Skott qutbga bir necha kilometr qolganda kundaligiga
ushbu
so’zlarni
yozadi:
“Oldinda
turgan
qora
narsani
ko’ramiz.
Yaqinlashganimizda u bayroq bo’lib chiqadi. Lager, kuchuk va chanalar izlarini
ko’ramiz. Norveglar bizni ortda qoldirishdi. Ular birinchi bo’lib qutbga yetib
kelishdi. Qanday dahshatli! Bizning barcha umidlarimiz yakun topdi. Ortga
qaytish juda qayg’uli bo’ladi”. 1912 yil yanvarida ular qutbga kelishadi.
Inglizlar
Norvegiya
bayrog’i
o’rnatilgan
palatkani
topishadi.
Unda
Amundsenning kapitan Skott nomiga xat bo’lib, bu xatni norveg qiroliga
yetkazish iltimos qilingan edi. Inglizlar palatkani suratga olishdi, qutbga o’z
bayroqlarini ham o’rnatishib, uni ham suratga olishdi.
Qutbga borishda inglizlar 10 ta oziq-ovqat va yoqilg’i qo’yilgan oraliq
omborlari tuzishgandi. Ortga qaytishda ularning maqsadi-keyingi omborga
tezroq yetib olish edi. Lekin qancha ular harakat qilishmasin kuchlari tobora
susayib borardi. Tezda ular orasidagi eng yosh va kuchli Evansda aqliy
yetishmovchilik xislatlari ko’rina boshladi. U ortda qolib ketar, qo’li, burni va
oyoqlarini sovuq urdi. 17 fevralda u juda ortda qoldi. “Evans tizzalab o’tirgandi,
ko’zlari bejo. Undan nima bo’ldi deb so’rasak, u javob berolmadi, hushdan
ketganini aytdi. O’rnidan turg’izib yurgizsak, har 2-3 qadamda hushidan ketdi.
Uni yaqin palatkaga olib kelganimizda u 12 soatu 30 minut hushsiz yotdi vat
inch o’lim topdi. O’rtog’ingni bunday yo’qotish juda azobli” deb yozgan edi
Skott.
Keyingi yo’l yana og’ir kechadi. Ular bir necha marta yo’ldan
adashishadi. Fevral oxirida yoqilg’i kam qolganda havo yana soviy boshlaydi
va Ots oyog’ini muzlatib qo’yadi. Skottning mart oyidagi yozuvlaridan ularning
qanday umidsizlanganini ko’rish mumkin. Ular bir-birlariga yordam berolmas,
barchalarining ahvoli og’ir edi. Shunday bo’lsada, 15 kilogramm og’irlikdagi
geologik kolleksiyani o’zlari bilan sudrab borishardi.
14 mart:”Harorat -420 gacha tushib ketdi, menimcha bizlarning oxiratimiz
yaqin. Men hech qachon yilning bu oyida shunday qattiq sovuq bo’lishini
o’ylamagan edim”. 17 mart: “Kunlarni sanashdan adashdim. Menimcha
hayotimizning oxirgi kuni. Nonushtadan so’ng Ots boshqa yurolmasligini aytdi.
Biz uni yetaklab bir necha mil yurdik. Otsning oxirgi o’ylari onasi haqida edi.
Kechasi uxlashdan oldin ertalab uyg’onmaslikni istadi, lekin ertalab turdi va
atrofni aylanib kelishini aytdi. U tashqariga chiqdi va biz uni boshqa ko’rmadik.
Ots o’z o’limiga mardlarcha bordi, biz ham shunday o’limimizni kutib olsak
qani edi. Bizning o’limimiz ham yaqin!” 29-mart: “21-sanadan beri quyunli
shamol esadi, yoqilg’imiz oxirlab qoldi, har kuni yo’lga chiqamiz deymiz, lekin
chiqolmaymiz, omborgacha 11 mill qoldi, lekin unga yetib borolmasak kerak.
Biz oxirigacha chidaymiz. Men yana yoza olishimga ko’zim yetmaydi”. Uning
oxirgi yozuvi: “Xudo haqqi bizning yaqinlarimizni yolg’iz qoldirmang!”
Bahor kelganda -1912 yilning noyabrida izlovchi otryad palatkani
topishdi. Unda 3 ta murda bor edi. Uilson va Bouers yopiq uyquga
mo’ljallangan qoplarda yotardi. Ekspeditsiya vrachi Eduard Atkinson
quyidagilarni yozadi: “Skott hammadan so’ng vafot etgan. U Uilson jasadiga
qo’l uzatib yotardi. Biz ularning barcha narsalarini izlab ko’rdik. Narsalar
orasida qimmatbaho geologic toshlar bo’lib, ular oxirgi damlarigacha bu
narsalarni tashlashmagan edi. Ertasi kuni biz ular bilan butun umrga
xayrlashdik. Ularning mardonavor jasadlari o’zlari uchun eng ma’qul yerga
ko’mildi”.
Bundan keyin ham sirli materikka qiziqish kamaymadi, lekin Antarktikani
muntazam ravishda o’rganish Ikkinchi jahon urushidan keyin boshlandi va
hozirgi davrda ham davom etyapti. 40-50 yillarda bir qator davlatlar Antarktida
materigida ilmiy-tekshirish stansiyalarini bunyod etishdi. 1957 yili 3-Xalqaro
geofizika yiliga tayyorgarlik va uni o’tkazish munosabati bilan tadqiqot
ishlarining yagona xalqaro dasturi ishlab chiqarildi. Xalqaro dasturga muvofiq
1957 yilda boshlangan tadqiqot ishlari ilmiy-tadqiqot stansiyalari va punktlari
ishlarini, continent ichki qismiga qilinadigan ekspeditsiyalarni va ilmiy-tadqiqot
kemalarining dengizdagi ekspedtsiylarini o’z ichiga oladi. 1958 yilda rus
ekspeditsiyasi materikning geometric markazi-borish qiyin bo’lgan qutbga
birinchi bo’lib yetib bordi. Ko’pgina mamlakatlarning olimlari materikning
ichki qismiga uzoq poxodlar qilishdi, bunga materik Janubiy qutb orqali kesib
o’tildi. Hozirgi vaqtda Antarktidada ko’p ilmiy-tadqiqot stansiyalari ishlab
turibdi, ularda eng yangi metodlar qo’llanilib janubiy qutbning tabiiy sharoiti
majmuali o’rganilmoqda. Keying yillarda Antarktidani tadqiq etishda aviatsiya
va kosmosdan olingan ma’lumotlar katta rol o’ynayapti.
1961 yilning iyunidan 1959 yil 19 dekabrda 12 ta mamlakat tomonidan
imzolangan kelishuv kuchga kirdi. Antarktidadan faqatgina tinchlik
maqsadlarida foydalaniladi, har qanday yadroviy portlatishlar ta’qiqlanadi, ilmiy
tadqiqotlar va xalqaro hamkorlik masalalaridagina bu hududdan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |