Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi psixodiagnostika va eksperimental psixologiya



Download 30,29 Mb.
bet296/297
Sana04.04.2022
Hajmi30,29 Mb.
#528647
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   297
Bog'liq
UMK Psixodiagnostila va eksperimental psixologiya 2021-2022

5 (a`lo) baho: xulosa va qaror qabul qilish; ijodiy fikrlay olish; mustaqil mushohada yurita olish; olgan bilimlarini amalda qo’llay olish; mohiyatini tushunish; bilish, aytib berish; tasavvurga ega bo’lish.
4 (yaxshi) baho: mustaqil mushohada yurita olish; olgan bilimlarini amalda qo’llay olish; mohiyatini tushunish; bilish, aytib berish; tasavvurga ega bo’lish.
3 (qoniqarli) baho: mohiyatini tushunish; bilish, aytib berish; tasavvurga ega bo’lish.
2 (qoniqarsiz) baho: dasturni o’zlashtirmaganlik; fanning mohiyatini bilmaslik; aniq; tasavvurga ega bo’lmaslik mustaqil fikrlay olmaslik.
13. Namunaviy mezonlar asosida kafedra tomonidan muayyan fandan baholash mezonlari ishlab chiqiladi va talabalarga e`lon qilinadi.

  1. Baholash turlari bo’yicha tuzilgan savollar (topshiriqlar) mazmuni (oddiydan murakkabgacha) baholash mezonlariga muvofiq talabaning o’zlashtirishini holis (ob`ektiv) va aniq Baholash imkoniyatini berishi kerak. Buning uchun mas`uliyat fan o’qituvchisi hamda kafedra mudiriga yuklatiladi.

Savollar (topshiriqlar) tarkibiga fan dasturidan kelib chiqqan holda nazariy materiallar bilan birga mustaqil ish, laboratoriya va hisob- grafika ishlari, amaliy va seminar mashg’ulotlari materiallari ham kiritiladi.
Baholashlarni o’tkazish muddati

  1. Baholashlarni tasdikdangan o’quv jarayoni jadvaliga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan jadval asosida fan bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini olib borgan professor-o’qituvchilar o’tkazadi.

  2. Uzrli sabablarga (talabaning kasal bo’lishi, yaqin qarindoshlari oilasida favqulodda holatlar, yashash joyi bilan bog’liq muammoli vaziyatlar)ga ko’ra Baholashlarda qatnashmagan talabalarga, asoslovchi hujjatlar takdim etilgan taqdirda, fakultet dekani farmoyishi bilan Baholashlarni shahsiy grafik asosida topshirishga ruhsat beriladi.

  3. Birinchi oraliq Baholashdan qoniqarsiz baholangan talaba ikkinchi oraliq Baholashgacha, ikkinchi oraliq Baholashdan qoniqarsiz baholangan talaba yakuniy Baholashgacha qarzdorligini qayta topshirishi mumkin.

  4. Yakuniy Baholashdan 2 (qoniqarsiz) baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.

Kuzgi semestr natijalari bo’yicha qarzdor talabalarga navbatdagi semestr yakunigacha, bahorgi semestr natijalari bo’yicha qarzdor talabalarga yangi o’quv yili boshlanishiga qadar qayta topshirishga qo’shimcha muddat beriladi.
Qayta topshirishlar soni 2 martadan oshmasligi kerak. Ikkinchi qayta topshirish fakultet dekani tasdikdagan komissiya tomonidan qabul qilinadi.
Qo’shimcha muddatlarda ham akademik qarzdorlikni bartaraf etmagan talaba fakultet dekani tavsiyasiga ko’ra belgilangan tartibda rektorning bo’yrug’i bilan kursda qoldiriladi.

  1. Talaba Baholash natijalaridan norozi bo’lsa, fan bo’yicha Baholash turi natijalari e`lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekani taqdimnomasiga muvofiq rektor bo’yrug’i bilan (uch) a`zodan kam bo’lmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.

Apellyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko’rib chiqib, shu kunning o’zida xulosasini bildiradi.

  1. Kursda qoldirilgan talaba o’qishini fan(lar)ni o’zlashtirmagan semestr boshidan boshlaydi va mazkur semestrdagi barcha fanlarni qayta to’liq o’zlashtirishi shart.

  2. Talabaning fan bo’yicha yakuniy bahosi semestrda belgilangan Baholash turlari (OB, YaB) bo’yicha oliigan ijobiy ballar (3, 4, 5)ning o’rtacha arifmetik mikdori sifatida aniqlanadi va yahlitlanib butun sonlarda qaydnoma, sinov daftarchasi va talabalar o’zlashtirishini hisobga olish elektron tizimida shu kunning o’zida (Baholash yozma ish shaklida o’tkazilgan bo’lsa, uch kun muddat ichida) qayd etiladi.

Talabaning “2 (qoniqarsiz)” bahosi sinov daftarchasiga qayd etilmaydi.

  1. Talabalarning o’qish sifatini qiyosiy tahlil qilish maqsadida har bir fandan olingan baholar asosida talabalar reytingi shakllantiriladi.

  2. Oliy ta`lim muassasasi dekanati semestr ohirida o’qitish natijalari bo’yicha qo’yidagi akademik reytinglarni hisoblaydi. Alohida fanlarni o’zlashtirish natijalari bo’yicha talabalarning guruh, kurs va fakultet miqyosidagi reytingi, semestrdagi barcha fanlarni o’zlashtirish natijalari bo’yicha talabalarning guruh, kurs va fakultet miqyosidagi reytingi, bir necha semestr davomida o’tilgan fanlarni o’zlashtirish natijalari bo’yicha talabalarning guruh, kurs va fakultet miqyosidagi reytingi.

24. O’quv yili yakuni bo’yicha eng yukori reyting ko’rsatkichiga ega bo’lgan talabalar "Fakultet (kurs)ning eng yahshi talabalari ruyhatiga kiritiladi hamda fakultet dekani bo’yrug’i bilan moddiy va ma`naviy rag’batlantirishga tavsiya etiladi.
Talabalarning reyting ko’rsatkichlari oliy ta`lim muassasasi (fakulteta) saytlarida yoritiladi.
O’quv rejasiga kiritilgan (har bir semestr yakunidagi fanlar bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichi hisobga olingan holda) fanlarning 1/4 qismini kamida “4” (“yahshi”) bahoga va qolgan 3/4 qismini hamda davlat attestatsiyasi va bitiruv malakaviy ishlari (magistrlik dissertatsiyasi)ni 5 (a`lo) baholarga topshirgan talabalarga imtiyozli diplom beriladi.
25. Baholash natijalari kafedra yig’ilishlari, fakultet va oliy ta`lim muassasasi Kengashlarida muntazam ravishda muhokama etib boriladi va tegishli qarorlar kabul qilinadi.
26. Fakultet dekanati (o’quv-uslubiy boshqarma)da saqlanadigan qaydnomalar Baholash natijalari bo’yicha talabaga stipendiya belgilashda asos bo’lib hisoblanadi.
Talabaga imtiyozli diplom belgilashda hamda stipendiyalarni tayinlashda uning har bir semestr yakunidagi fanlar bo’yicha dekanatlarda saqlanayotgan qaydnomalardagi o’zlashtirish ko’rsatkichi hisobga olinadi.
27. O’zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalarida talabalar o’zlashtirishini Baholash tizimini ilg’or horijiy davlatlar oliy ta`lim tizimida qo’llaniladigan Baholash tizimiga uyg’unlashtirish mazkur nizom ilovasida keltirilgan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.
28. Ilovada ko’rsatilmagan holatlar bo’yicha Baholash tizimining muvofiqlik masalasi oliy ta`lim muassasasining o’quv-uslubiy boshqarmasi (bo’limi) tomonidan rektor bilan kelishgan holda hal etiladi.

Download 30,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish