Navoiy davlat pedagogika instituti maktabgacha ta`lim kafedrasi maktabgacha ta`limni tashkil etish va rahbarning tashkilotchilik madaniyati fanidan


Ta’lim muassasasining Ustavi ta’lim muassasasi faoliyatiga rahbarlik va boshqarish tizimini aniqlovchi hujjatdir



Download 1,27 Mb.
bet29/89
Sana20.04.2022
Hajmi1,27 Mb.
#565040
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   89
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIMNI TASHKIL ETISH VA RAHBARNING TASHKILOTCHILIK MADANIYATI

Ta’lim muassasasining Ustavi ta’lim muassasasi faoliyatiga rahbarlik va boshqarish tizimini aniqlovchi hujjatdir.
Maktabgacha ta’lim muassasasining Ustavida ta’lim muassasasining joylashgan o'rni, uning turi, ta ‘lim tili, tarbiyachilarning huquq va burchlari, tarbiyalanuv- chilar hamda ulaming ota-onalarining huquq va burchlari, shuningdek, ta’lim muassasasining iqtisodiy tuzilishi va xo‘jalik faoliyati, boshqarish tartibi aniq belgilanishl ko'rsatib berilgan.
Ta’lim muassasasining Ustavi quyidagi bo`limlardan tashkil topadi:

  1. Qisqacha ta’lim muassasasi haqidagi ma’lumotlar.

  2. Ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari.

  3. Ta’lim muassasasini boshqarish.

  4. O'quv-tarbiya va ilmiy-uslubiy ishlami tashkil etish.

  5. Tarbiyachi. Huquq va burchlari.

  6. Tarbiyalanuvchi. Huquq va burchlari.

  7. Ma’muriy va yordamchi xodimlarning huquq va burchlari;.

  8. Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning huquqlari, majburiyat va mas’uliyatlari;.

Ta’lim muassasasining moddiy va moliyaviy xo‘jalik ta’minoti
Mavzuni mastahkamlash uchun savollar:

  • Maktabgacha ta’limni rejalashtirishning asosiy bosqichlarini yoritib berish.

  • Rejalashtirish turlari.

  • Xalq xo’jaligi rejalari loyihalarini tuzish taritbi qanday?

  • XTB – tomonidan rejalashtirish asoslari nimalardan iborat?

  • Smeta – nima?

  • Smeta xarajatlarni tuzish taritibi qanday?

  • Mavsumiy va Yozgi sog’lomlashtiruvchi smetalari qanday va kim tomonidan tuziladi?



Tayanch tushunchalar: nazorat qilish, maqsadi, vazifalari, tashkil etish usul – uslublari, bosqichlari
Nazorat qilish – deganda – Davlat nazorati, xalq ta’limi bo’limlari tomonidan rahbarlikning tekshirish shakliga aytiladi.
Bu – Mustaqil Davlatimizning qaror, hukumat, ko’rsatma, yo’l – yo’riqlarini, «Xalq ta’limi to’g’risidagi qonun» asoslarini bajarilishini, xalq ta’limi yoki tashkilotlar tomonidan, maktabgacha tarbiya ahvolini tekshirish, shuningdek, maktabgacha tarbiya bilan bog’lik bo’lgan ariza, imkoniyat, iltimoslarni tekshirishdir.
Bu – «Bolalar bog’chasi ustavi».
«Maktabgacha tarbiya to’g’risidagi muvaqqat Nizom», «Maktabgacha tarbiya konsepsiyasi», «Maktabgacha tarbiya dasturi»ni bajarilishi ustidan nazoratdir.
Bu - har bir maktabgacha tarbiya muassasi ishidagi kamchiliklarni yo’qotish choralarini ko’ruvchi, pedagogik, ta’lim – tarbiyaviy, pedagogik ish sifatini o’stirishda aniq - amaliy yordam ko’rsatuvchi tekshirish formasidir.
Inspektorlash – nazorat qilishning metodologik asosini – O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Maktabgacha tarbiya Konsepsiya»sida ko’rsatib berilgan ilmiy jihatdan asoslangan g’oyalarni egallaydi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat hokimiyatining tizimi - Hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va uni nazorat qiluvchi prinsiplariga asoslanadi. Davlat o’z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko’zlab, ijtimoy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshira borib, xalq ta’limi bo’limlarida nazorat ishlarini amalga oshirishda asosiy negiz bo’lib xizmat qiladi. «Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishga g’amxo’rlik qiladi» deyiladi. (O’zbekiston Respublika Konstitutsiyasi – 17 bet. 42 modda).
Nazorat qilishda - qonunlarning ustunligi shuni anglatadiki, bunda barcha joriy qonunlar va me’yoriy - huquqiy hujjatlar Konstitutsiya asosida va unga muvofiq bo’lishi talab etiladi. Ulug’ bobokalonimiz Amir Temur aytganlaridek: «Qayerda qonun xukmronlik qilsa, shu yerda erkinlik bo’ladi». Xalq ta’limi bo’limlarida – nazorat – amalga oshiradi. (O’tgan mavzuda – 5 o’tilgan).
Inspektor – bu ma’lum soxaga tegishli qonun - qoidalarning to’g’ri bajarilishini nazorat qiluvchi shaxs.
Raxbar faoliyatini baholovchi bosh mezon – uning ishini tashkil qila bilish qobiliyatidir. Rahbar ishini shunday tashkil qilsinki, odamlar: «Xa bu xalq farovonligi yo’lida g’amxo’rlik qiluvchi va uni hamma narsadan yuksak qo’yuvchi raxbar, deya olsin».
Nazorat qilishda – boshqarishni obdon puxta uylangan tizimini ishlab chiqish, o’tmishni ma’suliyat bilan tahlil etish – kelajak yo’lini talab borishini, o’tkir muammolarni tortinchoqlik bilan emas, balki royrost ochib tashlash kerakli uqtiriladi.
«Eskicha yondashish, eskicha fikr yuritish zamonini bizlar unutishimiz lozim».
«Bir haqiqatni hammamiz yaxshi anglab olishimiz zarur» - «Yakdillik, iymon va insof, so’z va ish birligi insonparvarlik – biz ko’rayotgan jamiyatimizning tamal toshlaridan biridir» - deb uqtiradi davlatimiz rahbari, hurmatli Prezidentimiz I.A. Karimov: «O’zbekiston iqtisodiy siyosatining ustivor yo’nalishlari». 1992 yil.
Bu vazifalar to’g’ri o’z vaqtida amalga oshirish maqsadida xalq bo’limlari tomonidan maktabgacha tarbiya muassasalarini nazorat qilishning ahamiyati beqiyosdir.
Inspektorlarning asosiy maqsadi – «Xalq ta’limi to’g’risidagi qonun asoslarida, maktabgacha tarbiya ishlarini takomillashtirish, ilmiy fanlar yutuqlariga suyangan holda, zamon talablari darajasidagi – maktabgacha tarbiya tizimini tashkil etishdir».
Nazorat qilishning asosiy vazifalari quyidagiga:

  • Maktabgacha tarbiya muassasalarini boshqarishda eng yaxshi shakllarini aniqlash va amaliyotga tadbiq etish;

  • Maktabgacha tarbiyani boshqarish darajasini o’stirish;

  • Maktabgacha tarbiya dasturi talabalarni amalga oshirish asosida maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishni davlat nazoratidan o’tkazish;

  • Maktabgacha tarbiya muassasalari ishini maqsadga muvofiq tekshirish;

  • Ularning ishidagi kamchiliklarni yo’qotish choralarini topish va ularga amaliy yordam berish;

  • Ishdagi ijobiy tomonlarni o’rganish, umumlashtirish, ommalashtirish, rag’batlantirish;

  • Rahbarning xodimlar bilan ishlash malakalarini o’stirish o’sishdan nazorat ishlarini tashkil etish;

  • Maktabgacha tarbiya xodimlariga ta’lim – tarbiya ishini yanada rivojlantirishda metodik yordam ko’rsatishdan iboratdir.

Xalq ta’limi Vazirligining Maktabgacha tarbiya boshqarmasi o’z qaramogidagi avtonom, viloyat va ularning joylaridagi bo’limlarini, pedagogik bilim yurtlarini, maktabgacha tarbiya muassasalarini nazorat qilish huquqiga egadir.
Xalq ta’limi bo’limlari va maktabgacha tarbiya muassasalari nazorat qilish ilmiylik, hayot bilan bog’liq prinsiplari asosida amalga oshiriladi. Aniqlangan kamchiliklarni tuzatish bo’yicha amaliy yordam ko’rsatish hamda uning bajarilishini doimo tekshirib turish bilan yakunlanadi.
III. Nazorat qilishning samaradorligiga erishishning muhim talabalaridan:
a) Tekshirishning rejali bo’lishi; va sistemaliligi.
b) Ish ahvolini analiz qilishning - har tomonlama va ilmiy – pedagogik chuqurliligi;
v) Ishlarga baho berishning ob’ektivligi; va xulosalarning isbotlanganligi;
g) Tekshirishni o’z vaqtida boshlash va tugatish;
d) Takliflarning bajarilishini nazorat;
e) Kontrolning yordam berish bilan qo’shib olib borilishi;
f) Har qaysi masalaga alohida yondashish. (farq qilmoq).
j) Talabchanlik bilan pedagogik taktni qo’shib olib borish.
Tekshiruvchi shaxs shuni unutmasligi kerakki, tekshiruvchi – nazoratchiman deb mag’rurmasligi, - tekshiruvchi – raxbar xodimlarga qo’pol, qattiqqo’l muomalada bo’lib, uning shaxsiyatiga tegmasligi;

  • Tekshirish natijada topilgan kamchiliklarni, hamkorlik prinsipida hal etish;

Eng muhimi, Mehnat kollektivlarida ish olib boradigan xalq nazoratchilarining keng tarmog’iga tayanadigan bunday nazorat tizimi jamiyatining salbiy hodisalaridan musaffo qiladigan chinakam qudratli kuch bo’lishini ta’minlaydi.
Nazorat qilishini sistemali o’tkazish uchun (mavsumiy, doimiy yoki tashkilotlarga qarashli bo’lgan) maktabgacha tarbiya muassasalari uchun inspektor – nazoratchi tomonidan 5 yilga mo’ljallangan istiqbol reja tuzilib, shahar yoki moliya xalq ta’limi mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Bunda tekshirish muddati aniq ko’rsatiladi.
Asosan, nazorat qilishda turli shundagi, maxsus ahamiyatga molik bo’lgan muassasalar (aqliy jihatdan, jismoniy jihatdan zaif, kamchiligi bo’lgan, nutqida kamchiligi), (logopedik), sanatoriya ishidagi maktabgacha tarbiya muassasalarini tekshirilib, nazorat qilish maqsadi shu turiga qarab belgilanadi.
Nazorat qilish muddati: muassasadagi guruhlarning soniga qarab, tekshirish turiga qarab esa 10 kundan oshmasligi kerak.
Shahar, moliya xalq ta’limi bo’limlarini nazorat qilish 5 yilda bir marta o’tkaziladi. Nazorat qilish ishiga eng ilg’or tajribali, o’z ishini ustasi bo’lgan maktabgacha tarbiya xodimlaridan iborat bo’lgan brigada sostavini tuzilib, bunda mudiralar, katta – tarbiyalar, tarbiyachilar, meditsina – tibbiyot hamshiralari, metodik kabinet xodimlari, malaka oshirish instituti xodimlari, jamoatga nazoratchilardan tashkil topadi. Nazorat qilishning brigada sostavi – tarkibini, uning rejasini, muddatini tegishli xalq ta’limi bo’limlari tomonidan tasdiqlanadi.
Nazorat qilishga nazoratchining tayyorgarligi:

  1. Maktabgacha tarbiya muassasalarini tekshirish oldidan tekshiriladigan muassasalari xalq ta’limi bo’limlari tomonidan belgilanadi, buning uchun yuqori boshqarma tomonidan «Ruxsatnoma» xati olinadi.

Bizning institutimiz tomonidan esa Toshkent shahar xalq ta’limi maktabgacha tarbiya boshqarmasiga ma’lumotnoma yuboriladi. Bunda tekshiriladigan moliya, muassasalarning nomi-nomeri ko’rsatiladi. Keyin Moliya xalq ta’limi bo’limi mudiri nomiga «Ruxsatnoma» xati olinadi.

  1. Tekshirish shahar, hokimiyat – shahar qo’mitalari tomonidan bo’lsa, tekshirish uchun «eslatma-savollar» tuziladi, shu orqali muassa ishi tekshiriladi.

  2. Tekshirishi lozim bo’lgan muassasa haqida xalq ta’limi bo’limidan ma’lumot olish; Bunda nazoratiga muassasa haqida dastlabki ma’lumotlar berilib, bog’chaning xalq ta’limi miqiyosida tutgan o’rni, uning butun faoliyatini aks ettiruvchi hujjatlar bilan tanishiladi;

  3. Tekshirish rejasi tuzilib, tekshirish muddati, kim tomonidan tekshirilayotganligi ko’rsatiladi. (Bu talaba – amaliyotchilar uchun).

Nazorat qilishga tayyorgarlik bu – davlatimizning «Maktabgacha tarbiya» bo’yicha qaror, ko’rsatma, buyruq, instruktiv va direktiv hujjatlarini yana bir bor ko’zdan kechirib chiqishni nazoratchidan talab qiladi.
Bu – «Maktabgacha tarbiya» dasturining hamma punktlarini yana bir bor chuqur o’rganishini; talab qiladi.
Shu o’rinda biz, yuqorida aytib o’tilgan hujjatlarni «Direktiv» va Normativ hujjat nima ekanligini tushunib olishimiz lozimdir.
Direktiv hujjat – bu – yo’l – yo’riq, ko’rsatma, ya’ni yuqori bo’limlar tomonidan quyi bo’limlarga yoki rahbarning o’z xodimlariga bergan ko’rsatma, yo’l – yo’riqlariga aytiladi.
Normativ hujjat esa – normalar qoidasiga asoslangan hujjatdir.
Masalan: Bolalarning yoshi bo’yicha yosh guruhlariga to’g’ri taqsimlash, xodimlarni shtab normasi bo’yicha ishga qabul qilish, smeta bo’yicha xarajatlarni taqsimlash – sarflash, bolalarning ovqatlantirish normalari, tarbiyachilarning oylik ish xaqlari va x.k. iborat.
Shuningdek xalq xo’jalik rejalarida ko’zda tutilgan ijtimoiy maktabgacha tarbiya rivojlantirish bo’yicha asosiy ko’rsatkichlarning bajarilishi;
Xalq ta’limi bo’limlari tomonidan maktabgacha tarbiya muassasalari kadrlar bilan ta’minlash, kishloq maktabgacha tarbiya xodimlariga beriladigan imtiyozlardan foydalanishi normalari kiradi.
Demak, nazorat qilishni tashkil etish, unga tayyorgarlik tekshiruvchilardan o’z ustida ko’proq ishlashni, g’oyaviy – siyosiy va ilmiy yetuklikni, tashkiliy – pedagogik – metodik ishlarning mohirono o’z ishida qo’llashni talab etadi.
IV. Nazorat qilishni mazmunli – sistemali amalga oshirishda nazorat qilishning olib borish bosqichlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Ular quyidagilar:

  1. Tekshirish planini tuzish va tasdiqlatish;

  2. Tekshirishning maqsadi va vazifalari to’g’risida muddirani ogohlantirish;

  3. Ishning borishi xarakterlovchi hukumatlarni o’rganish (hisobot, akt va x.k)

  4. Muassasa xodimlari bilan suhbat;

  5. Maktabgacha tarbiya boshqarish ishni o’rganish, uning holatini analiz qilish;

  6. Maktabgacha tarbiya muassasalarining ishni tanlangan holda tekshirish;

  7. Maktabgacha tarbiyani tashkil etish va uni rivojlantirishda ijobiy natijalari tajribalarini aniqlash; ularni amalda tadbiq etish yo’llarini ishlab chiqish; tavsiyanomalar ishlab chiqish;

  8. Aniqlangan kamchiliklarni analiz qilish, ularni yo’qotish uchun ko’rsatmalar, amalda yordam berish. Jamoada muhokama qilish;

  9. Tekshirish yakunlari bo’yicha ma’lumotnoma yoki akt tuzish;

  10. Bajarilgan ishlar bo’yicha boshqarma, bo’lim, (amaliyot rahbari oldida hisobot berish).

Bu bosqichlarni amalga oshirish maqsadida biz nazorat qilishning usul va uslublarini o’rganamiz. Nazorat qilishning asosiy usul va uslublari quyidagilar hisoblanadi:

  • Bolalar hayotini uyushtirish mashg’ulotlari, rejimining turli jarayonlarini kuzatish va analiz;

  • Pedagogik va moliyaviy xo’jalik ish hujjatlarni o’rganish va analiz qilish;

  • Bolalar ishlarini analiz qilish;

  • Mudira, tarbiyachilar, ota – onalar va bolalar bilan (ularning bilimi, ongi, nutqining rivojlanishini aniqlash maqsadida) suhbatlashish;

  • «Pedagogik kengash», «Ishlab chiqarish majlislarida» ota-onalar kengashlarida ishtirok etish;

  • Jamoat tashkilotlari vakillari bilan suhbatlashishdan iborat.

Bu usul, uslublarini qo’llash – nazorat qilish turiga, qaysi guruhda tarbiyaviy jarayonning qaysi qismi yoki muassasa moliyaviy – xo’jalik ishlarining qaysi tomonlari tekshirishga, nazoratchining mutaxasisligi va ish tajribasiga bog’liqdir.

  • Bu kun qirrali usularini qo’llash – maktabgacha tarbiya ishini har tamonlama o’rganishda g’oyat ahamiyatlidir.

a) Kuzatish usuli – bu pedagogik jarayonidagi yutuq va kamchiliklarini, ishdagi qiyinchiliklarni yo’qotish va ta’lim – tarbiyaviy ish sifatini o’stirishni ta’minlaydi.
Kuzatish – pedagogik jarayonini, metodik va moliyaviy-xo’jalik faoliyatining ahvoliga to’g’ri baho beradi va kerakli xulosalar chiqaradi.
Frontal – yangi tekshirish turida bu usul kun davomida tekshirilayotgan pedagogik jarayonini o’z ichiga oladi, bunda: planli, ta’lim – tarbiya ish mazmunini va turli tarbiya ishini muvofiqlashganligi, maishiy hayotda bolalar hayotini va tarbiyasini tashkil etish, uquv-tarbiya usul-uslublarini tashkil etish, bolalarning uyini, mexnati faoliyatlari kuzatiladi.
Tematik nazorat turida esa – kuzatish usuli tanlangan temaga va uning xarakteriga bog’likdir. Agar ahvoli kuzatilayotgan bo’lsa, unda tekshiruvchi mashg’ulotlarini chuqur kuzatadi, uning dastur mazmuniga, tuzilishiga, metodikasiga chuqur ahamiyat beradi.
O’yin – jarayonini kuzatayotganda – diqqatni o’yin turiga, o’yin uchun sharoit, bolalarning munosabatlariga va tarbiyachining o’yinga rahbarligiga qaratadi.
Pedagogik ishlarini kuzatishdan aniq, yaqqol tushuncha hosil qilmasa qo’shimcha yoki takroriy kuzatishcha o’tkazish kerak.
Tashkiliy-pedagogik faoliyatin kuzatishda:
Mudiraning shu ish kunini to’g’ri tashkil etganligiga, uning tarbiyaviy va xo’jalik ishlari bir tekisda olib berishga, kollektiv bilan munosabati, tarbiyachi va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar bilan suhbatning mazmuniga, ota-onalarini qabul qilish tartibiga qaratish kerak.
Kuzatishda – kuzatilayotgan jarayonining, rejim jarayonlardagi aniqlilik, rejimni buzilishi, bolalarning bilim darajasini, ularning axloq normalari, tarbiyachining dastur talabalarini va metodikaning egallaganligi va boshqalarga ahamiyat berish kerak.
Kuzatish – jarayonida shu narsa ayon bo’ladiki, tarbiyachining yetarli darajadagi mutaxassisligini, bu kuzatilayotgan kunda tarbiyachining tayyorgarlik ko’rganligi uning ishdagi ribasi sayozligi, bolalar kollektivini tashkil eta olmasligi, uning o’ta hayojanlanishi tormozlanib qolishi namoyon bo’ladi.
Moliyaviy xo’jalik ishdagi kamchiliklar mudiraning tartibsiz, pala-partish, ish yuritishdan ham kelib chiqishi mumkin.
Tahlil qilish – tarbiyachi va mudiraga qanday yordam berish va ulardan qanday qilib talab qilish kerakligini belgilab beradi.
Kuzatish turlicha xarakterga ega bo’lib, nazoratchi bu jarayonlarni amalga oshirish uchun tekshirish reja sxemasini tuzadi.
Reja
Har bir ayniqsa yosh nazoratchilar uchun bunday kuzatish sxemasini tuzib ishlash – bu jarayonni puxta, mazmunli, har tomonlama keng olib borishini ta’minlaydi. Bunday kuzatish sxemasini yo’qligi, tekshirishning yuzaki, mazmunsiz, ishlarga nisbatan baho berishda yuzakichilikka olib keladi.
Oldindan o’ylangan planli kuzatish – muassasadagi ilg’or ish tajribalarini o’rganadi, umumlashtiradi va boshqa muassasalarga tashviqot qiladi. Kuzatishda tarbiyachi yoki mudira tomonidan xato, kamchilik qilinayotgan bo’lsa, nazoratchi alohida individual kuzatishdan so’ng, ularning shaxsiyatlariga tegmasdan, shoshilmasdan, tinch holatda, kamchiliklarni oldini olish choralarini ko’rsatib, tushuntirib berishi, metodik yordam ko’rsatish kerak. Agar kuzatish jarayonida bolalar sog’ligi va hayotiga xavf soluvchi xato kamchiliklar bo’lsa, u vaqtida nazoratchi aralashuviga sabab bo’ladi. Kuzatish jarayonida kuzatish daftariga yozib boriladi. (Sxemaga qarab tushuntirish).
Kuzatishni yana ham mukammalroq izohlash maqsadida quyidagi usullardan foydalaniladi:

  1. Ish hujjatlarini o’rganish;

  2. Bolalar sog’ligini izohlovchi materiallar;

  3. Ta’lim-tarbiyaviy ish planlarini o’rganish;

  4. Tarbiyachilarning kundalik daftarlarini (ilk yosh guruhi).

  5. Bolalar ishlarini analiz qilish;

  6. Pedagogik kengash, ishlab chiqarish, ota-onalar majlislarining qarorlarini o’rganish;

  7. Moliyaviy-xo’jalik ish hujjatlarini o’rganib chiqish;

Bular muassasa haqida to’laroq tushuncha berish mumkin. Buning uchun nazoratchi – mudira, shifokor (meditsina-tibbiyot hamshirasi) va tarbiyachilarga tegishli ish hujjatlarini tayyorlashlarini ogohlantiradi.
Pedagogik ish hujjatlarini o’rganishda, tarbiyachi tomonidan «Maktabgacha tarbiya dasturi» talabalarning bajarilishi, didaktik prinsiplardan foydalanishi, dasturning asta-sekinlik bilan murakkablashtirib olib borilishi namoyon bo’ladi.
Tarbiyachilarning kundalik daftarlaridan bolalarning o’sish suratlari, ularning qiziqishlari, dastur talablarini egallash jarayonlarini bilish mumkin.
Bolalar sog’ligini izohlovchi materiallar – patronagi daftari, kundalik davomat, forma № 63,- tibbiyot hamshirasidan aniqlash mumkin. Shuningdek, kasallikni oldin olish ishlarini amalga oshiruvchi olimlar to’g’risida nazorat ishlarini amalga oshiradi.
Ta’lim-tarbiya ish rejalarini dasturga asoslanib haftalik ish rejalarining sifati tuzilganligini, mashg’ulotlar jadvali, kvartal, istiqbol, haftalik ish rejalarning sifati, dastur maksadining sermazmunligini rejim jarayonlarda o’zbek xalq milliy oyinlarni, urf-odatlarni, «Odobnoma» ning mazmundorligi, bolalarning dunyoqarashlarni o’stiruvchi olimlarni yoritilishi, bolalarning nutq madaniyati o’sishda individual ishlash, ota-onalar bilan individual ishlarining mavzularining boyligi. Bolalarning ijodiy barkamollashuvida tarbiyachining roli alohida kuzatiladi, o’rganiladi.
Pedagogik va ota-onalar kengashlarining qarorlarini o’rganish esa yillik rejadagi asosiy masalalarni, o’rganilayotgan masalalarining aktualligi, ota-onalarining qiziqishlaridan xabardor qiladi.
Suhbat usuli metodi – kuzatish jarayonidagi hujjatlarni o’rganishdagi, tushunarsiz bo’lgan jarayonlari aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Suhbat mazmuni va uning xarakteri turlicha bo’lishi mumkin.

  1. Guruhdagi bir kunlik pedagogik jarayonini kuzatish bo’yicha tarbiyachi bilan subat – muhokama o’tkazish;

  2. Kuzatish natijalarini analiz qilish; (suhbat - analiz).

Suhbatlar tarbiyachining tarbiya jarayonlarida qo’llagan usullari haqida ham bo’lishi mumkin. Kuzatish jarayoni tugagandan so’ng o’tkaziladigan suhbatda mudira yoki katta tarbiyachi ishtirokida tarbiyachi ishiga baho beriladi. Ishdagi yutuq va kamchiliklarga ob’ektivlik bilan yondoshish kerak, bunda nazoratchi avval – tarbiyachini u o’z ishi haqida tushuncha berib, ishiga baho beradi, pedagogik ish jarayonidagi yangilik – yarata olish yo’llarini ko’rsatib beradi.
Mudira bilan suxbatda – muassasaning moliyaviy – xo’jalik, tashkiliy – pedagogik, metodik, xodimlar bilan ishlash, masalalari bo’yicha o’tkaziladi. (Bu jarayonining mazmuni biz 4 – mavzuda o’rganamiz).
Muassasa vragi yoki tibbiyot xamshirasi bilan bo’ladigan suhbat orqali bolalar sog’ligi, kasalliklarini oldin olish ishlarini o’tkazilishi haqida, vrachning ish rejasi bo’yicha suhbat o’tkaziladi.
Ota-onalar va qo’mita raislari bilan suhbat-chog’ida, ularning istak-takliflari, talablari, ularning muassasiga ko’rsatayotgan yordami, bog’chaning oilada bolalarni tarbiyalashga qo’shayotgan hissalari haqida bo’lishi mumkin.
Bolalar ishlarini analiz qilish – guruhning va aktiv bolalarning har tomonlama o’sishi, bolalarning bilim, ko’nikma va malakalarini yetarligini aniqlovchi omildir.
Bolalar ishlarini saqlash, bolalarning ehtiyotkorligini aniqlash g’oyat katta ahamiyatga egadir. Bolalar ishlarini analiz qilishda – ishlarining soni, mazmuni, takrorlanmasligi, dastur talablariga javob berish muhimdir.
Bu jarayonni o’tkazishda guruh-tarbiyachisining ishtiroki darkor.
Tekshiruvchi shaxs kuzatishda tarbiyachiga turli maslahatlar berib boradi. Masalan: qurish-yasash, qul mehnati, tasviriy faoliyat.
Yuqoridagi usullardan foydalanib nazoratchi muassasa ishini atroflicha, chuqur o’rganib chiqishini ta’minlaydi.
Guruh tarbiyachisining ishini avval tarbiyachisining o’zi bilan muhokama qilinadi keyin pedagogik kengash ishiga olib chiqiladi. Yutuq kamchiliklar, taklif va mulohazalar ochiqchasiga – oshkora holda tushuntiriladi. Kerakli yo’llanma, ko’rsatma va metodik yordam o’z vaqtida ko’rsatiladi.
Bolalarning bilim-saviyalarini, ko’nikma va malakalari bilish maqsadida guruhda – savol-javob – anketa – savollariga – javob olish usulini ham o’tkazish muhim ahamiyatga egadir. Bu jarayon kvartallar orasidagi o’tkan vaqtda dastur talablarini bajarilganligi va tarbiyachining qay tarzda yetkaza olganligi bolalarning bilim doirasi, dunyoqarashi, ijodiy o’sishi, kabi bo’lgan murakkab psixologik-ruhiy rivojlanishi uchun eng muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
Anketa savollari turli mavzuda – masalan: «Jonajon O’zbekistonimiz» to’g’risida, undagi tarixiy joylar, shahar, viloyat, moliyalarning nomlari – tarixiy atamalarining mazmuni, o’rini. Ulug’ bobokolonlarimiz – Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Bobur, Abdulla Qodiriyning – bebaho durdona asarlari, ular bilan yakindan tanishtirish maqsadida ham o’tkazishi mumkin.
Bu jarayondan guruh bolalariga va tarbiyachi ishiga baho berish mumkin.
SHu yo’shidagi anketa – savollarini tarbiyachi, katta-tarbiyachi va mudiraning bilim saviyasi, g’oyaviy-siyosiy yetukligini, o’z mutaxassisligi bo’yicha bilim-malakasini aniqlash maqsadida ham o’tkazish mumkin.
Muassasada – tarbiyachi bolalarini tarbiyalash va o’qitish bo’yicha qo’llanmalarni va metodikani erkin tanlash huquqiga ega. (Maktabgacha tarbiya to’g’risidagi muvaqqat Nizomidan. 1992 yil) deyiladi.
Maktabgacha tarbiya muassasasi o’z pedagogik faoliyatidagi prinsiplarga og’ishmay amal qiladi:

  • bola shaxsiga hurmat bilan munosabatda bo’lish asosiga ko’riladigan butun pedagogik jarayon insoniylik yo’nalishlari bilan sug’orilgan bo’lishi;

  • psixologik-pedagogik fikr va aralash fanlarning zamonaviy yutuqlariga mo’ljallangan o’z-o’zini rivojlantirishga zo’r berishni.

Nazoratchi – yukorida bayon etilgan prinsiplarni muassasada amalga oshirishini nazorat qilish va bajarishini tekshirish, qabul qilingan avvalgi qarorlarni ijrosini ko’rish maqsadida. «Pedagogik kengash» ishiga qatnashadi. Maktabgacha tarbiya muassasasida bolalarning hayotiy, jismoniy va ruhiy sog’lomligi uchun, har bir bolaning yoshi va shaxsiy xususiyatlariga mos keluvchi emotsional va to’laqonli rivojlanishi, bolalarni tarbiyalash va ta’lim berishning tanlangan tizimi samaradorligi uchun yaratilgan shart – sharoitlarni yaratishda, tarbiyaviy jarayonin psixologik ta’minlash ruhshunos yoki psixologik xizmatini yaratish tashkil etish ishida metodik yordam ko’rsatadi.
Maktabgacha tarbiya muassasasida rahbar xodimlar va tarbiyachilarning pedagogik metodlar va usullarni mustaqil ishlab chiqish va ulardan o’z pedagogik faoliyatida foydalanish imkoniyatlarini yaratib berish yo’li bilan ularning pedagogik ijodiyotiga bo’lgan huquqini ta’minlaydi.
Muassasada bo’ladigan ishlab chiqarish majlislariga qatnashib – muassasasining mehnat jamoasi xalqchillik asosida o’z-o’zini boshqarish prinsipiga muvofiq, uning faoliyati bilan bog’liq bo’lgan barcha masalalar hal etilishi, bularning davlat va jamiyat manfaatlariga rioya qilingan holda bo’lishini nazorat qiladi.
«Ijtimoiy maktabgacha tarbiya tizimi oilaviy tarbiyadan uzilib qolmasligi kerak, balki u bilan chambarchas bog’liq holdagina bolaga yordam berish mumkin». «Barcha ma’naviy qadriyatlar oilada tarkib topadi. Zero, oila doimo etnik xususiyatlarga taaluqli va etnopsixologik xususiyatlarga ega buladi. Oila bola tarbiyasiga katta ta’sir ko’rsatadi» deyiladi. «Maktabgacha tarbiya konsepsiyasi 1992 yil».
Nazoratchi, yuqorida bayon qilingan vazifalarini hal etish maqsadida. Umumiy va guruh ota-onalar majlislariga qatnashib, bola tarbiyasi bo’yicha (turgan) eng muammoli masalalarini hal etilishini kuzatadi va ilmiy asoslangan yordamni amalga oshiradi. Ota-onalarni muassasa ishiga ko’proq jalb etish maqsadida «Jamiyatimizda oilaning tutgan o’rni», O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qonunlarida, ham oila va bola tarbiyasiga davlatimiz tomonimizdan g’amxo’rlik asoslarini keng yoritib berish kerak. Bu ham muassasa ishini joylashtirishda o’zining ijobiy tomondan ta’sir etadi.
Keng jamoatchilik bilan muassasa to’g’risida uning ishiga jamoatchilik tomonidan ko’rsatilayotgan amaliy yordam to’g’risida suhbat tashkil etadi.
Nazoratchi, yuqorida ko’rsatib o’tilgan usul-metodlardan foydalanib, muassasani frontal va tematik tekshirishni amalga oshiradi.

Muhokama uchun savollar.


Nazorat qilish – deganda nimani tushunasiz?
Nazorat qilishning maqsadi va vazifalarini izohlang.
Nazorat qilishga nazoratchining tayyorgarlik nimalardan iborat?
Nazorat qilishning usullarini izohlang.
Nazorat qilish bosqichlari qaysilar?



Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish