Kun tartibida:
a. Yangi o`quv yilida o`quvchilarni bilim saviyalarini oshirishdagi tusiqlar va ularni bartaraf etish usullari
b. O`quvchilarni darsliklar bilan ta`minlanishi
c. Ota-onalar qumitasini va a`zolarini saylash
d. Har xil masalalar
Eshitildi; 1-masala yuzasidan 9-a sinf raxbari Z. Fozilov so`z olib, u o`z so`zida 9-a sinf sinf o`quvchilarining har biri xususida atroflicha ma`lumotlar berib o`tdi. Sinf raxbar o`z fikrini davom ettirib , o`quvchilarning bilim saviyalarini oshirishda tusqinlik qiluvchi omillar hamda ularni bartaraf etish yo`llari to`g`risida ham gapirib o`tdi . Z. Fozilov bilim saviyasini oshirishdagi tusiqlar deb, quyidagilarni sanab o`tdi . o`quvchilarning ko`p dars qoldirishi, uyga vazifalarni o`z vaqtida bajarmasligi, to`garaklarda ishtirok etmasligi , maktab formasida bo`lmasligi, chuntagida ko`p pul olib yurishi, maktab tartib intizomiga bo`y sunmasligi, fan o`qituvchilarini hurmat qilmasligi, o`qituvchilar haqidagi turli-tuman fikrlarga ko`r-ko`rona ergashishi , badiiy adabiyotlarni o`qimasligi , o`ziga o`zi talabchan emasligi, ota-onalarni farzandlarini nazoratga ololmasligi , ota-onalarni farzandlarini kasb-hunarga yo`llashda ularning qiziqishlarini e`tiborga olmasliklari va boshqalar .
9-a sinf raxbari Z. Fozilov yuqorida aytib o`tlgan bilim saviyasini oshirishdagi tusiqlarning har biri yuzasidan alohida-alohida tuxtalib ularni bartaraf etish yullari va imkoniyatlari to`g`risida batafsil to`xtalib o`tdi.
Shu masala yuzasidan ota-onalardan J. Sharipov so`z olib u o`z so`zida yuqorida sanab o`tilgan muammolarga ko`p holatlarda ota-onalarning o`zlari sababchi ekanliklari xusussida to`xtalib o`tdi . Jumladan : o`quvchilarning uyga vazifani bajarmasliklari , maktab formasida kelmasligi, sumkasida yoki chuntagida ko`p miqdorda pul olib yurishi, badiiy adabiyotlar o`qimasligi maktabdan tashqari to`garaklarda ishtirok etmasligi, fanlardan o`zlashtira olmasligi va boshqa fikrlarga batafsil to`xtalib o`tdi.
2-masala yuzasidan maktab kutubxona mudirasi X. Hazratqulova so`z olib , u o`z so`zida 9-sinflar bo`yicha barcha ijara darsliklari mvjudligi va ular o`z vaqtida o`quvchilarga yetkazilganligi to`g`risida gapirib o`tdi . Shuningdek o`quvchilarga tarqatilgan ijara darsliklarining har 3 -4 - yilda yangi nashrda kelishi , shu orada o`quvchilarga yetkazishda biroz tutilib qolish, ayrim nomdagi darsliklar kechikib kelishi , har yili o`quvchilarning son nisbatlari o`zgarishi sababli ularga ajratilgan darsliklar yetishmasligi kabi kamchiliklar to`g’risda batafsil aytdi.
Shu masala yuzasida ota-onalardan M. Movlonova so`z olib , u ijara darslikllaridan rus tili fani kitobi juda ko`p o`quvchilarga yetkazilmaganligi , shuningdek , musiqa, jismoniy tarbiya , milliy istiqlol g`oyasi, mehnat ta`limi kabi darsliklar mavjudligi to`g`risida , bu darslardan o`quvchilarning bilim saviyasini oshirishda darslikni roli to`g`risida gapirib o`tdi .
3-masala yuzasidan 8-a sinf raxbari Z. Fozilov so`z olib , u 2015-2016-o`quv yilida ota-onalar qumitasini boshqaradigan qumita raisi va uning a`zolari to`g`risida , ularning vazifalari va huquqlari haqida batafsil to`xtalib, ovoz berish yo`li bilan saylash huquqlari boqligini aytib o`tdi. Shundan so`ng 25 nafar ota-onalardan Muxayyo Movlonova 9-a sinf ota-onalari qumitasi raisligiga , Jahongir Sharipov , Hayitova Gulbahorlar uning a`zolari sifatida saylandilar
1-sonli ota-onalar yig`ilishi qaror qiladi.
Yangi o`quv yilida o`quvchilar bilim saviyasini oshirish va DTS to`liq javob beradigan iqtidorli o`quvchilarni tarbiyalash ota-onalar zimmasiga yuklatilsin
O`quvchilarni o`quv darsliklar va badiiy adabiyotlar bilan o`z vaqtida ta`minlash maktab kutubxona mudirasi zimmasiga yuklatilsin.
9-a sinf ota-onalar qumitasi raisligi va a`zolariga M. Movlonova ota-onalar qumitasi raisi, J . Sharipov va G. Hayitovalar ota-onalar qumitasi raisi a`zolari etib belgilansin .
Ota-onalar qumitasi raisi : M. Movlonova
|