Kelishildi:
O`quv-uslubiy boshqarma boshlig`i: Xolmirzayev N.
Kirish
Dasturda maktabgacha ta’limni tashkil etish va rahbarning tashkilotchilik madaniyati asoslari berilgan. O‘zbekistonda ijtimoiy maktabgacha ta’limni tashkil etishning asosiy bosqichlari, asosiy xususiyatlari va maktabgacha ta’lim bo‘yicha yuqori malakali rahbar, uslubchi, nazoratchi va tarbiyachilarni tayyorlash vazifalari, usul-uslublari, xalq ta’limi bo‘limining asosiy vazifalari metodik rahbarlik qilish tamoyillari bu o‘quv dasturining mazmunini tashkil etadi.
O‘quv fanining maqsad va vazifalari
Maktabgacha ta’limni tashkil etish va pahbarning tashkilotchilik fanining maqsadi:
Maktabgacha ta`limni tashkil etish va rahbarning tashkilotchilik madaniyati fanining fani bo‘lajak mudiralarni maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatida boshqaruv jarayoni va uni tashkil etish bilan yaqindan tanishtirish. Shuningdek, u maktabgacha ta’limga qo‘yilgan talablari, tamoyillari, mazmuni va tarbiyachining shakllantirishni pedagogik asoslarini o‘rgatadi.
Maktabgacha ta`limni tashkil etish va rahbarning tashkilotchilik madaniyati fanining vazifalari:
- bo‘lajak mudira oldiga qo‘yiladigan maqsad va vazifalar O‘zbekiston istiqboli va istiqloli uchun barkamol avlodni tarbiyalashning dastabki bosqichi:
- maktabgacha ta’limda boshqaruvning mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlari, ta’limiy-tarbiyaviy jihatlarini topishi, hamda kasbiga bo‘lgan munosabatni tarbiyalash. Mudira va uslubchining kasbiy xususiyati va unga qo‘yilgan talablar:
- maktabgacha ta’limni tashkil etish va boshqarishning nazariy asoslari bilan qurollantiradi. Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish qonuniyatlari bilan tanishtiradi.
- maktabgacha ta’limda ish hujjatlari bilan ish olib borish, bu faoliyat jarayonida mudira va uslubchining vazifalari o`rganiladi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar
Bakalavr:
maktabgacha ta’lim taraqqiyoti;
davlatga qarashli va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish;
ta’lim muassasalarini boshqarish;
boshqaruvni tushunish;
pedagogik tizimdagi boshqaruv prinsinlari;
maktabgacha ta’lim muassasalarini boshqarishga tizimli va vaziyatli yondoshuv;
metodik boshqaruv funksiyalari;
boshqaruv qarorlari, rejalashtirish, tashkillashtirish, tekshirish va yo`naltirish;
rejalashtirishning nazariy asoslari haqida tasavvurga ega bo`lish;
pedagogik analiz;
boshqaruv usullari;
maktabgacha ta’limda pedagogik tizim va boshqaruv obyekti;
ta’lim-tarbiyaviy ishni rejalashtirish mazmuni, shakllari;
boshqaruv tizimi: tashkiliy – huquqiy baza;
maktabgacha ta’limni tashkillashtirish, rо‘yxatdan о‘tkazishni bilishi, malaka hosil qilishi va amalda qо‘llay olishi;
maktabgacha ta’lim muassasasi rahbarining boshqarish mohiyati;
ma’naviy muhit boshqaruvi;
pedagogik jarayonlarni boshqarish;
uslubchi faoliyati mazmuni;
mudira, uslubchi va maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilarini malakasini oshirish va attestatsiyadan o`tkazish kо‘nikmalariga ega bо‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |