Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti tibbiy bilim asoslari kafedrasi



Download 13,78 Mb.
bet7/32
Sana26.03.2017
Hajmi13,78 Mb.
#5310
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32

KAMQONLIK




GEMOLITIK KAMQONLIK



7-masala. 35 yoshli bemor yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanishi natijasida (qisqa vaqt isitmasi ko‘tari-ladi, bo‘shashgan, boshi aylanadi) isitmasi 38°S ga ko‘tarilgani va terisining rangi sal sarg‘ayganidan shi­koyat qiladi. Bir marta siydigi qora rangga kirgan. Obyektiv tekshirilganda terisi oq. sariq rangda, tomir urishi minutiga 100 marta. Talog‘i kattalashgan (uzunligi 14 sm). Qon analizi: Nb—50 g/l, L—14X109 l, miyelotsitlar — 2, metamiyelotsitlar — 2, P—10, S—60, L—18, M—8, retikulotsitlar — 60%, bilirubin — 62 mkmol/l.

1. Qanday tashxis qo‘yilsa to‘g‘ri bo‘ladi?

a) oshqozon-ichagidan qon ketgan;

b) sepsis;

v) autoimmun gemolitik kamqonlik;

g) surunkali miyeloleykoz;

d) subleykemik miyeloz.

2. Tashxisni tasdiqlash uchun qanday tekshirish usulidan foydalanish kerak?



7-masalaga javob. 1. Klinik va laboratoriya belgilariga qaraganda bemorda gemolitik kamqonlik (taloq kattalashgan, retikulotsitlar va bilirubin kupaygan) bor. Siydikning qora rangda bo‘lishi va isitma qon tomir gemolizini ko‘rsatadi. Neytrofilli leykotsitlarning bo‘lishi (eritrotsitlarning qon parchalanishidan paydo bo‘lgan leykomoidli reaksiyasi) o‘tkir gemoliz borligini ko‘rsatadi. Gemolitik kamqonlik belgilari paydo bo‘lishini nafas yo‘llarining o‘tkir yallig‘lanishidan deb o‘ylash mumkin, bu ko‘pincha Virusli infeksiyadan keyin paydo bo‘ladi. Autoimmun gemolitik kamqonlikning patogenetik mexanizmida eritrotsitlarga nisbatan antitelalar hosil bo‘ladi.

2. Autoimmun gemolitik kamqonlikni keltirib chiqargan eritrotsitlardagi autoantitelalarni aniqlab tashxis qo‘yish uchun kumbs sinamasi qo‘llaniladi.



8-masala. 60 yoshli bemor bo‘shashish, sal harakat qilsa hansirab qolish, isitmasi 37,8—38°S gacha ko‘tarilishidan shikoyat qiladi. Gipertoniya kasalligi bo‘lganligi uchun bir yil davomida dopegit ichib yurgan. Obyektiv tekshirilganda terisi och sariq rangda, jigari va talog‘i kattalashgan. Qon analizi: Nb—58 t/l, E—1800000; rang ko‘rsatkichi — 1,1, L—9,2—109/l formulasi o‘zgarmagan, trombotsitlar — 250x109/l, re­tikulotsitlar— 38%, bilirubinning to‘g‘ri bo‘lmagan-fraksiyasi — 62 mkmol/l.

1. Qaysi kasallik to‘g‘risida o‘ylash mumkin?

2. Qaysi usul bilan davolash yaxshi natija beradi?

a) qon zardobidagi temir miqdorini aniqlash;

b) prednizolon bilan pulsterapiya qilish;

v) prednizolon bilan immunodepressantlar be­rish;

g) taloqni olib tashlash;

d) plazmoforez qilish.

3. Davolash uchun kanday usulni kullash kerak?
GEMOLITIK KAMQONLIK
8- masalaga javob. 1. Bemorda gemolitik kamqonlikning klinik — gematologik (terining sarg‘ayishi, taloqning kattalashishi, retikulotsitlar va to‘g‘ri bo‘lmagan bilirubinning ortishi) belgilari bor. Turli ma’lumotlarga qaraganda dopegit qabul qilgan bemorlarning 1/3 qismida eritrotsitlarga qarshi autoantitelalar hosil bo‘lishi mumkin ekan. Kumbs sinamasi yordamida 70% bemorda gemolitik kamqonlikdagi antitelalar borligi aniqlandi. To‘gri bo‘lmagan Kumbs sinamasi tashxis qo‘yishda ahamiyatga ega emas.

2. Prednizolon bilan davolash antimmun gemoli­tik kamqonlikda 50% holda foyda beradi. Glyukokor-tikoidlarning adekvat dozasi (prednizolon bemorning 1 kg vazniga 1 mg dan beriladi) samara bermasa, taloqni olib tashlash masalasi qo‘yiladi. Agar splenektomiyadan keyin ham bemorning ahvoli yaxshilanmasa, immunodepressantlar beriladi. Agar glyukokortikoidlarning yuqori dozasi bilan davolangandan keyin ham kasallik kaytalansa va bemor yosh bo‘lsa (yoshlarga immunodepressantlar berish mumkin emas) taloqni olib tashlashga ruxsat beriladi. Mabodo yuqorida ko‘rsatilgan davolash usullari ham yordam bermasa yoki unga qarshn ko‘rsatma bo‘lsa, u holda plazmoforez qilinadi.

3. Splenektomiya qilingandan keyin operatsiyadan keyingi o‘limni kamaytirish uchun kuniga 80—100 mg dan prednizolon beriladi. Tromb hosil bo‘lishi oldini olish uchun operatsiyadan oldin 3-4 mahal 5000 TB dan geparin, kurantil va tret al beriladi.

KAMQONLIKNI DIFFERENSIATSIYA QILISH

VA DAVOLASH
9-masala. 45 yoshli bemorda hayz ko‘rish natijasida kamqonlik paydo bo‘lgan (Nb—80 g/l, rang ko‘rsatkichi—0,7). Unga 1 tabletkadan 3 mahal gemostimulin ichish buyurilgan. Davolashning o‘ninchi kuni bemorning qornida og‘riq paydo bo‘lib, ko‘ngli aynigan va axlati qora rangga kirgan. Qon qayta tekshirilganda: Nb— 85 g/l, rang ko‘rsatkichi—0,8, qon zardobidagi temir miqdori—25,5 mkmol/l, retikulotsitlar—25%.

1. Quyidagilarning qaysi biri to‘g‘ri?

a) bemorning oshqozon-ichagidan qon ketayapti;

b) kon zardobidagi, temir miqdori temir yetishmovchiligidan kelib chiqqan kamqonlikka o‘xshamaydi;

v) qon zardobidagi temir miqdori tanada to‘plangan haqiqiy temir miqdorini ko‘rsatmaydi.

g) bemorda gemolitik kamqonlik bor;

d) retikulotsitlarning ko‘payishi gemostimulin ichishga bog‘liq emas.

2. Bemorni qanday davolash kerak?



9-masalaga javob. 1. Bemorda ko‘p hayz ko‘rish natijasida gipoxrom kamqonlik paydo bo‘lib, temir taqchilligidan kelib chiqadigan kamqonlik bor deb o‘ylash mumkin. Ammo tashxisni tasdiqlash uchun temir preparatlari berishdan oldin qon zardobidagi temir miqdorini aniqdash kerak. Bu bemorga qon zardobidagi temir mikdorini aniqlamasdan turib temir preparati-(gemostimulin) berilgan. Shuning uchun qon zardobida­gi temir miqdori ko‘p bo‘lgan (22,5 mkmol/l) bo‘lib, bu haqiqiy qon zardobidagi temir miqdorini kursatmasdan, gemostimulin ta’sirida ko‘payganligini ko‘rsatadi. Gemostimulin ko‘pincha ichni suradi (25% hollarda), shuning uchun xozirgi vaqtda bu dori berilmaydi. Qondagi retikulotsitlarning ko‘payishi va eritrotsitlarning yetilishi temir preparate ta’sirida faollashgan.

2. Bemorga gemostimulin bermasdan temir preparatlari so‘rilishini yaxshilovchi, tarkibida askorbinat -kislota bor ferrokompleks berish kerak.



10- masala. 45 yoshli bemor bo‘shashib ketayotganidan ozgina jismoniy harakat qilganda xansirab kolishdan va terisining rangi sarg‘ayayotganidan shikoyat qiladi. Qonda Nb—50 g/l, retikulotsitlar—45% gacha. ko‘paygan. Kumbesinamasi yordamida bemorga autoimmun gemolitik kamqonlik tashxisi qo‘yilgan. Bemorga kuniga 70 mg dan prednizolon ichish buyurilgan.

10-masalaga javob. 1. Gemolitik kamqonlikni yarednizolon bilan davolab, uning dozasi kamaytirilganda kasallikning qaytalanishi taloqni olib tashlashga ko‘rsatma hisoblanadi. Agar splenektomiya qilish mumkin bo‘lmasa, immunodepressantlar azatioyarin, siklofosfan) bilan davolanadi. Immunodepres­santlar yana splenektomiyadan keyin (foyda bermasa) ham beriladi. Gemolitik kamqonlikda bemorga qon quyiladi. Yana bu kasallikda hayotiy ko‘rsatma bo‘lsa (gemoglabin miqdori keskin kamayib, yurak yetishmovchiligi bo‘lsa), aloxida tekshirib yuvilgan eritrotsitlar quyiladi.

2. Taloq olib tashlangandan keyin qon oqishi, sep­tik asoratlari, tromboz va tromboemboliya kuzatili­shi mumkin. Immunodepressantlar berilganda sitopeniya hamda ich ketish alomatlari bo‘lishi mumkin. Glyukokortikoidlar berilganda kushingoidizm, arterial gipertenziya, qand kasalligi, osteoporoz, oshqozon yarasi, infeksiyaga beriluvchanlik va sil kasalligi kelib chiqishi mumkin.



Download 13,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish