Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti tibbiy bilim asoslari kafedrasi



Download 12,99 Mb.
bet204/267
Sana08.02.2022
Hajmi12,99 Mb.
#437004
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   267
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti ti

NARKOZ VAQTIDA RO‘Y BERADIGAN ASORATLAR

Narkoz berishning buzilishi, narkotiklar dozasining oshirilishi va boshqa sabablarga ko‘ra, narkoz berish vaqtida har xil asoratlar yuzaga keladi. Narkozning birinchi bosqichida qo‘rqish natijasida psixik shok paydo bo‘ladi, bu holat ba’zan bemorni hatto o‘limga olib keladi. Bu og‘ir asoratning oldini olish uchun bemorni operatsiyaga ruhan tayyorlash lozim, uni tinchlantirish uchun 1 ml morfin ukol qilish yoki lyuminal ichirish kerak.


Qo‘zg‘alish davrida aksari bemor qusadi. Qusish ancha xavfli hisoblanadi, chunki qusuq massalari nafas olish yo‘liga ketib qolib, odam bo‘g‘ilishi mumkin. Qusish ro‘y berganda darhol niqobni olish va bemorning boshini yon tomonga burish kerak. Bemorniig og‘zini ochib, sochiq yoki doka bilan og‘iz bo‘shlig‘ini artib tozalash lozim. Bemor qusib bo‘lgandan keyin narkoz berish davom ettiriladi.
Ko‘pincha pastki jag‘ni noto‘g‘ri ushlash natijasida chuqur uyqu davrida til orqaga ketib qoladi. Mushaklarning bo‘shashishi natijasida til halqumning orqa devoriga tomon harakat qiladi va hiqildoqqa kiradigan yo‘lni to‘sib qo‘yadi. Bu nafas olishni qiyinlashtiradi, natijada bo‘yindagi vena qon tomirlari bo‘rtib, bemor ko‘karib ketadi, qonning rangi o‘zgaradi, puls tezlashib ketadi. Bu asoratning oldini olish uchun bemorning pastki jag‘i oldinga tomon chiqariladi. Og‘zi og‘iz kengaytirgich (rotorasshiritel) bilan ochib qo‘yiladi va tili tiltutqich (yazikoderjatel) bilan tortib turiladi, shunda nafas olish yo‘li ochilib, bemor bemalol nafas ola boshlaydi.
Narkoz berish vaqtida nafas olishning to‘xtab qolishi (asfiksiya) kabi hodisalar juda og‘ir asoratlarga kiradi. Bunday hodisa ro‘y berganda darhol niqobni olib, bemorga kislorod bera boshlash kerak. Teri ostiga 1% li lobelin eritmasi 1 ml miqdorda yuboriladi va tezlik bilan sun’iy nafas oldirishga kirishiladi.
Sun’iy nafas oldirish maqsadida hozir Silvestr, Shefer, Lobardo, Ruben uslublaridan keng foydalaniladi. Sun’iy nafas oldirishning eng ko‘p tarqalgan usullaridan biri Silvestr usulidir. Bu quyidagicha bajariladi, bemor chalqancha yotqizib qo‘yiladi, sun’iy nafas oldiradigan odam bemorning bosh tomoniga o‘tib, uning ikki bilagidan tutadi, qo‘llarini yuqoriga ko‘tarib, bosh tomoniga keltiradi, bunda ko‘krak qafasi kengayadi va bemor nafas oladi. Bemorning qo‘llarini tezlik bilan pastga tushirib, ko‘krak qafasining pastki qismiga bosiladi va nafas chiqariladi. Bunday harakat ritmik ravishda har daqiqada 16-18 marta takrorlanadi va nafas olish yaxshilanguncha davom ettiriladi.
Asfiksiya vaqtida Shefer usulidan ham foydalanish mumkin. Bunda bemor qorni bilan yotqiziladi. Yordam beruvchi bemor dumbasiga o‘tirib oladi va qo‘llari bilan bemor ko‘krak qafasining pastki qismini bosadi, natijada bemor nafas chiqaradi (32-rasm).




Download 12,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   267




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish