J = J0 cos a (2) Ushbu (2) formula Malyus qonunini ifodalaydi. To‘la qutblangan to‘lqin faqat monoxromatik to‘lqinlarga taaluqli. Monoxromatik bo‘lmagan to‘lqinlar uchun to‘la qutblangan to‘lqinni kuzatish mumkin emas. Qurilmaning tuzilishi
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, qutblantirgichdan o‘tgan tabiiy yorug‘lik to‘la qutblanmaydi. Qutblantirgichdan o‘tgan yorug‘likda qisman tabiiy yorug‘lik aralashmasi ishtirok etadi. Bunday hollarda qutblanish darajasini aniqlashimizda quyidagi ifodadan foydalanamiz.
bu erda Imax - tahlil etgichdan o‘tgan yorug‘lik intensivligining fotoelementda hosil qiladigan fototokining maksimal qiymati (Bu holda qutblantirgichning va tahlil etgichning mos ravishda qutblantirish va tahlil etuvchi tekisliklari ustma-ust tushadi). Imin - tahlil etgichdan o‘tgan yorug‘lik intensivligining fotoelementda hosil qiladigan fototokining minimal qiymati (bu hol qutblantirgich va taxlil etgichning qutblantirish va tahlil etuvchi tekisliklari o‘zaro ko‘ndalang joylashgan).
Laboratoriya ishi qurilmasi 2-rasmda keltirilgan qurilma asosida bajariladi. Yorug‘lik manbaidan parallel nurlar qutblantirgich va taxlil etgichdan o‘tib fotoelementga tushadi. Fotoelement yorug‘lik energiyasini elektr signaliga aylantiradi va uni o‘lchash asbobi yordamida qayd qilinadi. Qutblantirgichga tushayotgan yorug‘lik intinsivligini Io bilan qutblantirgichdan o‘tgan yorug‘lik intensivligini Io‘ deb olamiz va tahlil etgichdan o‘tgan yorug‘lik intensivligi (2) formula orqali topiladi. Shu (2) formula asosida Malyus qonuni tekshiriladi va (3) formula asosida yorug‘likning qutblanish darajasi aniqlanadi. Ishni bajarish tartibi
Yorug‘lik manbai elektr tarmog‘iga ulanib 2-3 minut qizdiriladi.
Qutblantirgich va analizatorni bitta o‘q bo‘yicha yorug‘lik nuri yo‘liga joylashtiriladi.
Kremniyli fotoelementni shunday joylashtirish kerakki, unga ulangan mikroampermetr eng katta ko‘rsatgichga erishsin.
Tahlil etgichni qutblantirgichga nisbatan aylantirib mikroamermetr ko‘rsatgichidan tokning minimal va maksimal qiymatlarini 4-5 marta qayd qilish kerak.
Tahlil etgich 3600 qadar 5-10 qadam bilan aylantirib, fototoklar kattaligi yozib olinadi.
Beshinchi punktdagi ishlar 4-5 marta takrorlanadi va jad-valga yoziladi.
Ikkinchi ifoda yordamida qutblanish darajasining o‘rta qiymati va hatoliklari topiladi.
Olingan natijalarning o‘rtacha qiymatlari va jadvaldan foydalanib Malyus qonuni tekshiriladi va grafigi chiziladi.
Mavzuni mustahkamlash: “Kubik” metodi Tasvirlang: qutblangan yorug‘lik