NAZORAT SAVOLLAR:
Vertual ta`lim tushunchasi? 2.Virtual rеallik elеmеntlari? 3.Virtual ta`limning asosiy maqsadi?
14- AMALIY MASHG‘ULOT
MAVZU: MASAFALI O’QITISHDA O’QITUVCHINING O’RNI VA ROLI
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga
Nazariy qism:
MT ning o’ziga xos elementlari mavjud bwlib, bular instruktor (o’qituvchi), talabalar, kommunikatsiya, o’quv materiallari, qurilmalar hisoblanadi.
Bunda:
İnstruktor, o’qituvchi (tyutor yoki maslahatchi o’qituvchi deb ham ataladi) - Bu maxsus mutaxassis bwlib, o’rgatuvchi hisoblanadi. U tegishli o’quv kursini tayyorlaydi, talabalarga, tinglovchilarga maslahat, savollariga javob beradi, talabalar bilimini nazorat qiladi.
Wquv materiali - Tegishli o’quv kursi, o’quv qo’llanma, İnternet, Elektron kutubxona hisoblanadi. Talaba - Bu MT orqali o’z bilimini oshiruvchi, kerakli malumotlarni oluvchi shaxs, Uning o’zi mustaqil shug’ullanadi, savollar bilan murojaat qiladi, berilgan vazifalarni bajaradi, o’z bilimini tekshiradi.
Kommunikatsiya - Bu aloqa vositasi bwlib, instruktor bilan talabaning murojaatini bog’lovchi kwprik xisoblanadi. U shuningdek talaba bilan talaba wrtasida ham bog’lovchi vazifasini bajarishi mumkin.
Uning tashkil etuvchilari - telefon aloqasi, e-mail, İnternet va boshqa texnik qurilma va vositalar hisoblanadi.
1.2-rasm. Masofaviy talim jarayoni
MT jarayonida quyidagi o’quv malumotlaridan foydalanish mumkin: Qo’llanma (umumiy kurs);
Audio va video malumotlar;
Elektron va multimedia qo’llanmalari; Elektron plakatlar;
On-layn kurslari.
MTjarayonini,
İnternetning WWW , Elektron pochta va boshqa xizmatlari orqali; Video konferentsiyalar ko’rinishida;
Maxsus kabel studiyalari orqali, tashkil etish mumkin.
Bunda İnternet orqali ixtiyoriy foydalanuvchi, boshqa mamlakatlardagi Virtual Universitetlar talabasi bwlib talim olishi, ushbu Universitetlarning diplomiga ega bo’lishi mumkin. Shuningdek İnternet orqali ixtiyoriy turdagi, ixtiyoriy hajmdagi malumotlar olishi, o’rganishi, murojaat qilishi mumkin. Video konferentsiyalar ham kompyuter, telefon aloqasi orqali amalga oshiriladi. Bunda bir shahardagi talaba boshqa bir shahardagi o’qituvchi yoki talaba bilan jonli muloqat qilishi mumkin. Albatta buning uchun maxsus video va multimedia qurilmalari bilan birga, ularning kompyuterda maxsus programma taminoti ham zarur bwladi Maxsus kabel studiyalari orqali talim olish jarayoni, xuddi kabel televideniyasi kabi tashkil etilgan bwladi. Wqituvchi biror joyda turib televizor orqali boshqa joydagi talabaga bilim berishi, o’rgatishi mumkin.
MTning asosiy elementlaridan biri İnternet texnologiyalari orqali elektron qo’llanmalarni ularda joylashtirish va ulardan foydalanishni tashkil qilish yoki har xil elektron qo’llanmalarni tayyorlash va ularni CD lar orqali foydalanishni tashkil qilish hisoblanadi. Hozirgi kunda masofadan o’qitishning bu turlari rivojlangan mamlakatlar o’quv tizimiga keng kirib kelgan.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining birinchi bosqichida kadrlar tayyorlash tizimi salohiyatini saqlab qolish, uning rivojlanishi uchun huquqiy-meyoriy, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart- sharoitlarni yaratish, o’quv uslubiy majmualar hamda talim jarayonini didaktik va axborot taminotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish kwzda tutilgan. Uning ikkinchi bosqichida milliy dasturini keng miqyosda twliq amalga oshirishga erishish, talim faoliyatining samaradorligini taminlash, zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishni ywlga qwyish, shuningdek, kompyuterlashtirish va kompyuterlar tarmoqlari negizida talim jarayonini rivojlantirish dasturini rwyobga chiqarish va shu asosida o’quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli o’quv adabiyotlari va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan taminlash amalga oshiriladi, talim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz talim tizimi jahon axborot tarmog’iga ulangan kompyuter axborot tarmog’i bilan twliq qamrab olinadi deb kwrsatilgan.
Shu bois, talim tizimida har bir o’qitilayotgan fan uchun ilg’or pedagogik texnologiyalarni tadbiq etishda axborot texnologiyalari asosida yaratilayotgan elektron qo’llanmalar bazasida o’qitish va nazorat qilish mexanizmlarini gipermediya, multimedia, gipermatn, ovoz, video kabi programma vositalari yordamida ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |