O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
ELEKTR ENERGETIKASI KAFEDRASI
« ELEKTR TEXNIK MATERIALLAR»
fanidan mustaqil ishni bajarish bo’yicha
METODIK KO’RSATMA
NAVOIY – 2022
Metodik ko’rsatma 60710500 – “Elektr energetikasi” va 60710700 – “Energetika” bakalavriat ta’lim yo’nalishida tahsil olayotgan talabalarga mo’ljallangan.
Tuzuvchi: D.Sh. Mardonov – NDKI «Elektr energetikasi» kafedrasi assistenti
Taqrizchilar: X.X.Eshev - Navoiy issiqlik elektr stantsiyasi yetakchi muhandisi
A.N. Tovbayev – dotsent, t.f.n.
Metodik ko’rsatma institutning uslubiy Kengashida ko’rib chiqilgan va tavsiya qilingan (2022 yil “_____” “________”dagi “_____” - sonli bayonnoma).
KIRISH
O’zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to’g’risidagi” qonunlarni muvoffaqiyatli amalga oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarining o’rni beqiyosdir. Jumladan, fanlarni o’zlashtirishda va kelajak mutaxasislarni zamon talabida tayyorlashda mustaqil ishlarni bajarish sifati juda xam muhim.
Ushbu metodik ko’rsatmada «Elektr texnik materiallar» fani bo’yicha tuzilgan ushbu namunaviy dastur qo’yilgan DTS va malaka talablari asosida tuzilgan.
Ushbu dastur Elektr texnik materiallarning umumiy masalalarini, ishlab chiqarishning turli tarmoqlari, fan va texnikada qo‘llaniladigan ko‘plab agregatlar va komplekslarning ajralmas qismidir. Hisoblash texnikasi asosida texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish yo‘nalishi bilan bir qatorda, zamonaviy elektr yuritma texnikaviy ob’yektlarini avtomatik boshqarish sistemalarining eng ko‘p tarqalgan ko‘rinishi bo‘lib qoldi. SHuning uchun, elektr yuritmalarni avtomatik boshqarish muammosiga tobora ko‘proq e’tibor berilmoqda.
Ushbu darslik "Elektr energetikasi" va “Energetika” yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashda "Elektr texnik materiallar " kursining dasturiga mos ravishda yozilgan. Darslik kursning birinchi qismiga tegishli bo‘lib, unda elektr yuritma to‘g‘risidagi asosiy tushunchalar, elektr yuritma mexanikasi va uni qurishning umumiy prinsiplari ko‘rib chiqilgan. Ushbu uslubiy ko’rsatma, elektr energetikasi masalalari bilan shug‘ullanadigan kelajakdagi mutaxassis - elektriklar uchun mo‘ljallangan.
Elektr texnik materiallar kursini o‘rganish studentlarni fizika, matematika, elektrotexnikaning nazariy asoslari, boshqarishni nazariy asoslari, elektromexanika, sanoat elektronikasi, elektr apparatlaridan olgan bilimlariga asoslanadi.
Energetik resurslaridan foydalanish natijasida quyiladigan asosiy vazifasi respublikamiz elektr energiyasi resurslarini sifati va miqdor holatini muntazam kuzatib borish va bu maqsadlarga erishishga qaratilgan strategik rejani ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish, elektr energiyasidan foydalanuvchi sub’ektlarning faoliyat natijalariga baho berish yo’llarini bo’lajak mutaxassislarga tushuntirishdan iborat.
Elektr texnik materiallar fanini mustaqil ravishda o’rganishda mamlakatimizdagi va yetakchi davlatlarda joriy etilgan elektr energetikasi monitoringi tizimini tadqiq qilish lozim. Bunda Xalqaro Internet tizimi, energetika resurslarini boshqarish va monitoringini yuritishga oid xalqaro tashkilotlarning materiallaridan foydalanish ijobiy natijalar beradi.
Elektr texnik materiallar fanini mustaqil ish mavzulari asosida o’rganish xorijiy va mamlakatimiz iqtisodchilarining zamonaviy boshqaruv, yahni elektr energiya resurslaridan foydalanishga oid muammolariga ilmiy ishlarini chuqur tahlil qilishga asoslanadi. Mazkur metodik ko’rsatmada talabalarni «Elektronika» fanini o’zlashtirishda mustaqil ishlarni tashkillashtirish, ularning tarkibi va mazmuni, bajarish va yakunlanishi tartibi to’g’risida ma’lumotlar berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |