NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI
Fan nomi:________________
Gurux: _________________
Topshirdi: ______________
Qabul qildi :______________
Navoiy 2020-2021 o’quv yili
Mavzu: Alisher Navoiy-xamsanavis
REJA:
1)Alisher Navoiy so’z mulkining sultoni
2) Xamsa xaqida
Alisher Navoiyning xamsanavislik va xamsnavislarga munosabati. Alisher Navoiy she`riyat sohasida ko‘p mehnat qilib, she`riy asarlar yozgan va devonlar tuzgan bo‘lsa-da, ammo bu ishlar uni qoniqtirmasdi.
Alisher Navoiy o‘z qobiliyatining buyukligini namoyon etishda kichik she`riy nav`lar torlik qilajagini anglagach, u endi nazm sohasida o‘zining dahosini namoyon etuvchi "vase` maydon" - keng maydonni izlaydi va, shoirning qayd qilganidek, masnaviy - doston ana shunday maqsadlarni amalga oshirish uchun muvofiq ekanligiga ishonch hosil qiladi. Shunisi ham borki, Alisher Navoiy buning uchun mumtoz adabiyotda yaratilgan alohida dostonlarni ham, dostonlar turkumi-xamsalarni ham chuqur o‘rganib, bu sohada "xamsatayn"-ikki xamsa, ya`ni Nizomiy va Xusrav Dehlaviylar xamsalari an`anasiga murojaat etib, bu niyatni amalga oshirishga bel bog‘laydi. Alisher Navoiy bu ishning og‘irligini ham biladi:
Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasiga panja urmoq…
Kerak sher ollida ham sheri jangi
Agar sher o‘lmasa, bore palangi. [44. 29]
Ammo uning ezgu niyati - o‘zbek adabiyoti tarixida ham ana shunday asar-xamsa yozish orqali turkiy xalqlarni undan bahramand etish, turkiy-o‘zbek tili imkoniyatlarining ulug‘ligini namoyon etish hamda o‘zining olijanob maqsad va buyuk orzularini ana shu asarda ifodalashdan iborat bo‘lganidan bu ishni bajarishda duch kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklardan qo‘rqmadi, aksincha she`riyatning "sheri jangiysi" ekanini sharaf bilan ado etdi. Natijada, uning jahonga mashhur "Xamsa" si maydonga keldi.
Xusrav Dehlaviydan so‘ng Alisher Navoiygacha bo‘lgan davr orasida (1302-1483-yillar) ham dostonlar turkumidan iborat beshliklar yaratish davom etdi. Jumladan, Xojui Kirmoniyning 1332-1348 yillar orasida yaratgan beshligi, Salmon Sovajiyning ham bu ishga qo‘l urgani, XV asrda esa Jamoliy Tabreziy, Kotibiy, Kavkabiy, Ashraf kabi shoirlarning turli tarzdagi beshliklari yaratilgan edi. Alisher Navoiy bularning ko‘pchiligidan xabardor edi. Jumladan, "Farhod va Shirin" dostonida (1484 yilda) ulardan biri Ashraf haqida shunday yozadi:
Bu maydonga chu Ashraf surdi markab,
Bu so‘zni o‘zga nav` etti murattab. [44. 49].
Ashraf Marog‘aviy (vaf.1459-yil) va uning "Xamsa"si haqida "Majolis un-nafois" da (1491-1498-yillar ) esa yana shunday yozgan:
"Mavlono Ashraf-…ko‘proq avqot "Xamsa" tatabbu`ig‘a sarf qilur erdi, to ul kitobni tugatur tavfiqi topti, voqean o‘z xurdi holig‘a ko‘ra yamon bormaydur".
Ashraf Marog‘aviy fors tilida yozgan "Xamsa"sining hozircha ma`lum nodir nusxasi Angliyada saqlanadi va uning tarkibi quyidagicha:
1. "Minhoj ul-abror";
2. "Shirinu Xusrav".
3. "Layliyu Majnun";
4. "Haft avrang";
5. "Zafarnoma".
Mazkur "Xamsa" nashr ettirilmagani sababli uning haqida batafsil so‘z yuritish imkoni yo‘q.
Alisher Navoiy XII-XV asrlar davomida fors tilida yaratilgan dostonlar turkumi- beshlik va xamsalarni o‘rgangan va shulardan ikkitasi - xamsataynni, ya`ni Nizomiy va Xusrav xamsalarini ma`qul topib, ularning butun xususiyatlarini har tomonlama tadqiq etgan. Navoiyshunoslikning so‘nggi yutuqlaridan bo‘lgan Sh.Sirojiddinovning “Alisher Navoiy: manbalarning qiyosiy-tipologik, tekstologik tahlili” nomli Alisher Navoiy nomidagi davlat mukofotiga munosib ko‘rilgan monografiyasida Alisher Navoiy asarlaridagi avtobiografik ma’lumotlar haqida gapirilib, Navoiy va Jomiy munosabatlari alohida tilga olinadi. Darhaqiqat Buyuk mutafakkir asarlarida ustozi, piri, ijodiy hamkori Abdutahmon Jomiy bilan bo‘lgan uchrashuvlari hamda ijodiy munosabatlari haqida ko‘plab qiziqarli va ibratli lavhalar tilga olinadi. Bular orasida “Xamsa” tarkibidagi dostonlarda keltirilgan lavhalar alohida ahamiyatga ega.
“Xamsa”ning barcha dostonlarida Navoiy ustoz-salaflari, xususan Abdurahmon Jomiy haqida alohida bob ajratgan. “Hayratu ll-abror” dostonidagi 13-bob, “Farhod va Shirin ”dostonidagi 7-bob, “Layli va Majnun”dagi 6-bob, “Sab’ayi sayyor” dostonida gi 7-bob, “Saddi Iskandariy” dostoni muqaddimasidagi 7-bob Nuriddin Abdurahmon Jomiy madhiga bag‘ishlangan. Bular orasida “Hayrat ul-abror” dostonining 13-bobi alohida ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |