Navoiy davlat konchilik instituti


 Gidroenergetikaning ekologik ta‟siri



Download 7,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/176
Sana01.01.2022
Hajmi7,55 Mb.
#304513
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   176
Bog'liq
elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash

20.2. Gidroenergetikaning ekologik ta‟siri 
 
Gidroenergetikaning  eng  muhim  ta‘siri  katta  serhosil  yer  maydonlarni  suv  ombor  ostiga 
ajratilishidadir. Suv omborni tashkil etilishi bilan daryolarning о‗ziga xos ekotizimlardagi 
gidrologik rejimlarning keskin buzilishi bilan bog‗langan. Suv omborlarda suvning sifati 
pasaishi  turli  xil  sabablardan  sodir  bо‗ladi.  Suv  ostiga  chuqilgan  ekotizimlar  (yog‗och, 
о‗simlik  qoldiqlari,  tuproq  gumus  va  b.),  hamda  suv  almashuv  sekinlashish  oqibatda 
ularning  kо‗paishi  xisobidan  organik  moddalar  miqdori  keskin  kо‗payadi.  Suv  omborlar 
о‗ziga  xos  suv  yig‗uvchi  maydondan  keladigan  moddalarning  tindirgich  va 
akkumulyatorlar bо‗lib koladi.  
Suv  omborlarda  suvning  qizishi  keskin  kuchayyadi  va  issiqlikdan  ifloslanish  oqibatda 
kislorod  yо‗qolishi  va  boshqa  jarayonlar  intensivlashadi.  Issiqlikdan  ifloslanish  bilan 
biogen  moddalarning  tо‗planishi  tufayli  suv  hovuzlarni  о‗t  bosib  ketishi  va  suvda 
о‗sadigan  о‗simlarning  (shu  jumladan,  zaxarli  kо‗k-yashil  о‗simliklar)  о‗sishi 
keskinlashadi. Ushbu sabalardan, hamda suvning yangilanishi sekinlanish oqibatda uning 
о‗z-о‗zidan  tozalanish  qobiliyati  pasayadi.  Suvning  sifati  yomonlanishida  kо‗pchilik 
jonliklarning  yо‗qolishiga  olib  keladi.  Baliqlar  kasallanishi  (ayniqsa  gelmintlar  bilan 
yuqtirishi)  kо‗payadi.  Baliqlarning  migratsiya  yо‗llari  buziladi,  yem-xashak  va  nerest 
joylarning yemirilishi sodir bо‗ladi. Daryo tizimlarni suv omborlar bilan bekilishi oqibatda 
ular tranzitli bо‗lmay, tranzitli-akkumulyativlarga aylanadi. Biogen moddalardan tashqari, 
bu yerda og‗ir metallar, radioaktiv elementlar va uzoq yashash muddatiga ega bо‗lgan turli 
xil  zaxarli kimyoviy  moddalar  akkumulyatsiyalanadi. Suv  omborlarni bartaraf  etilgandan 
keyin  egalangan  yerlarni  qaytadan  foydalanish  imkoniyati  akkumulyatsiyalangan 
mahsulotlar  sababli  bu  narsa  muammoli  masala  bо‗lib  qoladi.  Gidroresurslar  hisobidan 
olinadigan  energiya  nisbatan  arzon  bо‗lganligiga  qaramastan,  energetik  balansda  uning 
ulushi  asta-sekin  kamaib  bormoqda.  Bu  narsa  eng  arzon  resurslarning  tugatilishi,  hamda 
yalang  joylardagi  suv  omborlarning  katta  yer  maydonlarni  egallashi  bilan  bog‗langan. 
Kelgusida  GESlarda  dunyoda  energiyani  ishlab  chiqarishi  umumiy  energiyadan  5%-dan 
oshmaydi.  
Suv  omborlar  sezilarli  darajada  atmosferadagi  jarayonlarga  ham  ta‘sir  etadi.  Masalan, 
qurg‗oqchilik  (arid)  mintaqalarda  suv  omborlar  sirtidan  bug‗lanish  teng  yuzadagi 
quruqlikdagi bug‗lanishdan о‗nlab marta kо‗p bо‗ladi. Bug‗lanish ortib borish bilan havo 
temperaturasi  pasayadi,  tumanli  hodisalar  kо‗payadi.  Suv  ombor  va  yonidagi 
quruqliklardagi  issiqlik  balanslarning  farqi  brizlar  turidagi  mahaliy  shamollarni 
shakillantiradi. Ushbu  va boshqa  hodisalar  ekotizimlarning  о‗zgarishiga  (har doim  ijobiy 
emas)  iqlim  о‗zgarishiga  sabab  bо‗ladi.  Qator  hollarda  mintaqalarda  qishloq  xо‗jalik 
yо‗nalishini о‗zgartirishga tо‗g‗ri keladi.  


Tog‗li mintaqalarda gidroqurilishlarning atrof muhitga ta‘siri ancha kam bо‗ladi, chunki u 
yerda suv omborlar maydoni katta bо‗lmaydi. Lekin zinzilaxavfli tog‗li mintaqalarda suv 
omborlar  zinzilalarni  vujudga  keltirish  mumkin.  Plotinalar  yemirilishi  oqibatda  upirilish 
hodisalar va halokatlar ehtimoli kо‗payadi.  

Download 7,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish