Ishning bajarish tartibi
a) mehanizm va zvenolar bilan tanishish, mehanizmning zvenolarini quzg`aluvchan darajasini va tuzulish formulasini aniqlash (har bir talaba uz varianti buyicha bajaradi)
b) berilgan mehanizmni kinematik shemasini chizish va masshtab tanlash.
v) mehanizm qo`zg`almas nuqtalarini urinlarini aniqlash va ulik holatini qurish.
g) mehanizmning Assur gruppasiga ajiratish, har bir Assur grupasini tartibini, sinfini, va kurinishini aniqlash.
d) mehanizmning umumiy kurinishini yani 12 holat kurinishini ulchamlar asosida qurish.
Bajarilgan ish tug`risida hisobot
a) Ishning maqsadini tushuntirish.
b) Mehanizm ishlashi haqida qisqacha ma`lumot berish.
v) Mehanizmning kinematik shemasini chizish, yuqorida keltirilgan besh punkitni batafsil tushuntirish.
g) Talabaning o`z hulosasi.
Tekshirish uchun savollar
a) mehanizm ulik holati qanday aniqlanadi.
b) mehanizmnieg 12 holat kurinishi qanday
ketma – ketlikda quriladi.
v) qanday shemaga mehanizm shemasi deb ataladi.
Adabiyotlar.
R.P.Rustamhujaev. Mehanizm va mashinalar nazariyasidan
masala hamda misollar tuplami. Toshkent – «Ukituvchi» - 1978.
H. H. Usmonhujaev. Mehanizm va mashinalar nazariyasi. «Uqituvchi» nashriyoti Toshkent – 1970.
Mehanizm va mashinalar nazariyasidan tajriba ishlari uchun tayyorlangan kursatma
6- T A J R I B A I SH I.
Tekislikdagi mehanizmlarni tezlik rejalari uslubi bilan kinematik tadbiq etish.
Ishning maqsadi.
Talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, mehanizmlarning kinimatik, strukturoviy tuzilishlari va mehanizmlarning tezlik rejalari orqali tekshirish buning bilan talabalarni nazariy olgan bilimlarini yanada mustahkamlashdan iborat.
Mashg`ulot uchun jihozlar.
A) turli hil mehanizm maketlari.
B) mehanizi kinematik shemalari.
V) ulchash asboblar, chizg`ich va rezinka
hamda cerkul va hisoblagichlar.
Umumiy ma`lumotlar.
Mehanizmning istalgan holatini ajiratib (rahbar tomonidan kursatilgan holat nazarda tutilgan) shu holat uchun tezlik rejalarini quriladi va ularni son qiymatlarini ham aniq olingan zvenolar ulchamlari asosida aniqlanadi.
Quyidagi holat 2- holati uchun tezlik rejalarini (planlari) tuzish quyidagi ketma – ketlik asosida amalga oshiriladi quriladi.
1. A-nuktaning tezligini quyidagi ifoda orqali aniqlaymiz.
υA = ω1.lOA = 11,513 . 0,045 = 0,52 m/s.
2. Aniklangan A - no`qtaning tezligidan foydalanib, tezlik rejasi (plani) uchun masshtab tanlaymiz:
2) .
3. mehanizmni tezlik rezasini qurish uchun ihtiyoriy bir no`qtada (r) polus belgilab olamiz
4. belgilab olingan polus nuo`qtamizdan tezlik rejasini qurish metodi buyicha burchak tezligi – ω harakatlanayotgan tomonga qarata ihtiyoriy ulchamda (ulcham 30 ÷ 70 gacha vatmanga chizmani joylashtirishga qarab talaba tomonidan tanlanadi) olinadi.
5. mehanizmning qolgan zveno tezliklarini a nuqta uchidan perpendikulyar utkazish yo`li orqali aniqlanadi
6. mehanizmning aniqlangan tezlik rejasidan foydalangan holatda mehanizm zvenolarining barchasida sodir buladigan burchak tezligi – ω ning yo`nalishlari aniqlanadi.
Mehanizmning ajiratilgan 2-holati va unga asosan qurilgan tezlik rejasi quyida 1- shaklda keltirilgan.
1- shakl.
7. Mehanizi 2 – holati uchun qurilgan tezlik rejasidan foydalangan holatda qolgan barcha no`qtalarning absolyut va nisbiy qiymatlarini aniklaymiz. Bizga berilgan topshirikda O - no`qta qo`zg`almas o`qda joylashganligi uchun O – no`qtaning barcha qiymatlari 0 - ga teng bo`ladi. Shu sababli biz V - nuktaning absolyut va nisbiy qiymatlarini aniqlaymiz. V nuqtaning vektorli tenglamasi quyida keltirilgan (3-tenglama).
3)
8. V nuqtaning tuzilgan vektorli tenglamasi yordamida V nuqtaning absalyut va nisbiy tezliklarini aniqlaymiz (4-ifoda)
Do'stlaringiz bilan baham: |