O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM
VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI
OLMALIQ KON-METALURGIYA FAKUL’TETI
AMALIY MEXANIKA
FANIDAN TAJRIBA
ISHLARI
OLMALIQ-2013
1 – T A J R I B A I SH I.
Materiallarning mehanik xarakteristikalarini aniqlash.
Ishdan ko’zda tutilgan maqsad: Plastik materiallarning cho’zilishiga qarshilik ko’rsatish hususiyati bilan hamda ularning mehanik xossalarini xarakterlovchi miqdorlar bilan tanishish.
Ishni bajarish. Cho’zilishga sinash uchun shu materiallardan maxsus namuna tayyorlanadi. Turli labaratoriyalarda olingan natijalarni taqqoslashga imkoniyat yaratish uchun namunalar standart o’lchamli (GOST – 1497 – 61 ) bo’lishi mumkin. Namunaning ikki uchi sinov mashinasiga mahkamlash uchun maxsus shaklda qilib tayyorlanadi. Kuchlanishlar konsentratsiyasi hosil bo’lmasligi uchun namunaning sinaladigan qismidan mahkamlanadigan qismigacha bo’lgan oraliq konussimon qilinadi. Silindrik qismining uzunligi l = 11 d bo’ladi; l0 = 10 d uzunlik esa hisobiy uzunlik deyiladi: bu yerda d - namuna diametri. Agar d =2sm bo’lsa, normal namuna deyiladi.
Namunaning ko’ndalang kesim yuzi F bo’lsa, narmal namuna uchun :
;
Ko’ndalang kesimi to’g’ri to’rtburchakli bo’lgan prizmatik namunaning eni qalinligidan uch marta katta bo’ladi, hisobiy uzunligi esa, yuqorida ko’rsatilganidek, 11,3 ga teng.
Sinash uchun kichik namuna tayyorlash ham mumkin. Uning uzunligi l = 5d bo’ladi, bunday namunalarni sinash uchun maxsus moslama – reversordan foydalanish tavsiya etiladi.
Tajriba uchun ishlatiladigan namunalar.
Cho’zilish diagrammasi. Har bir materialning cho’zilish diagrammasi, ya’ni ta’sir qilayotgan P kuch bilan uning uzayishi orasidagi bog’lanish o’ziga xos bo’ladi. U materialning tarkibiga va tayyorlanish tehnologiyasiga bog’liq. Po’lat namunaning cho’zilish diagrammasi ko’rsatilgan. Diagrammaning to’g’ri chiziqli OA qismi namunaning uzayishi unga ta’sir qilayotgan kuchga proprsional ekanligi (Guk qonuni) ni ko’rsatadi:
bu yerda F – namunaning dastlabki ko’ndalang kesim yuzasi. Nagruzkaning miqdori ortishi bilan diagrammada gorizontal AB – qism – oqish zonasi bo’ladi, ya’ni namunaga ta’sir qilayotgan kuch deyarli o’zgarmagani holda deformatsiya ortib boradi, B nuqta oqish chegarasi deyiladi. Unga mos kelgan kuchlanish quyidagicha bo’ladi:
Kam uglerodli po’lat namunaning cho’zilish diagrammasi.
Oqish zonasiga yetganda namunaning yaltiroq sirti hiralashadi, chunki bunda bir qatlam ikkinchisiga nisbatan eng katta urinma kuchlanishlar yo’nalishi bo’yicha siljiydi. Ma’lumki, bu kuchlanishlar sterjen o’qiga nisbatan 45° burchak ostida yo’nalgan bo’ladi. Natijada namunaning sirtida Chernov – Lyuders chiziqlari deb aytiladigan chiziqlar paydo bo’ladi.
Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, diagrammadagi oqish maydonchasi kam uglerodli po’latlarga xos. Boshqa metallarda bunday maydoncha paydo bo’lmaydi. Bunday metallar uchun oqish chegarasi shartli ravishda aniqlanadi. U kuchlanishning 0,2 % qoldiq deformatsiya beradigan miqdori σ0,2 ga teng.
Oqish chegarasidan so’ng materialning qarshilik ko’rsatish hususiyati zo’rayib, unga ta’sir qilayotgan kuchning miqdori ham orta boradi. Lekin bu o’sish elastiklik zonasidagiga qaraganda sekinroq ortadi. Bu zona mustahkamlanish zonasi deyiladi. Mustahkamlanish zonasida endi namunaga ta’sir qilayotgan nagruzka bilan uning uzayishi dori ortishi bilan diagrammaning ko’rinishi borgan sari yotiqroq bo’ladi. C nuqta kuchning miqdori eng katta bo’ladi. Unga mos kelgan
Kuchlanish esa mustahkamlik chegarasi deyiladi.
Turli metallarning cho’zilish diagrammalari:
Cho’yan; 2- kam uglerodli po’lat; 3 – mis; 4- sovuqlayin prokatlangan po’lat,; 5 – bronza.
O’tkazilgan tajriba yuzasidan tayyorlanadigan hisobotda quyidagi ma’lumotlar bo’lishi kerak:
Ishdan ko’zda tutilgan maqsad.
Namunaning tajribadan oldingi va keyingi ko’rinishi chizilgan eskizlari, zarur o’lchamlar qo’yilgan bo’lishi kerak.
Namuna o’lchamlari.
-
Tajribagacha
|
Tajribadan so’ng
|
Diametrik d = …m
Hisobiy uzunligi l0 = …m
Ko’ndalang kesim yuzi
F = …m2
Hisobiy uzunligidan hajmi
V0 = …m3
|
Bo’yi diametrik d6 = …m
Tajribadan keying uzunligi
lk = …m
yemirilgan joydagi ko’ndalang kesim yuzi F6 = …m2
|
Tajribadan olingan ma’lumotlar:
Proporsionallik chegarasiga mos kelgan nagruzka
Oqish chegarasiga mos kelgan nagruzka
Mustahkamlik chegarasidagi nagruzka
Yemirilish paytidagi nagruzka
Cho’zilish diagrammasini P - koordinatalarda chizib, qanday masshtabda chizilganligini ko’rsatish kerak:
Mustahkamlikni ifodalovchi harakteristikalar:
Proporsionallik chegarasi
Oqish chegarasi
Mustahkamlik chegarasi
Plastiklik harakteristikalari
Statik qovushqoqlik harakteristikalari
Yemirilish paytidagi haqiqiy kuchlanish, to’liq va qoldiq deformatsiyalar
Olingan va ma’lumotlar bo’yicha haqiqiy cho’zilish diagrammasi.
Hisobot maxsus blankalarda yoki protokollarda yozilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |