1. Konchilik sanoatining xalk xo’jaligidagi ahamiyati va soxaning xududimizdagi ahvoli.
4. Ruda zaxiralarining qiymatiga ko’ra turlari va madanning og’irlik miqdorlari.
46
MAVZU 11
FOYDALI QAZILMA KONLARINI OCHIQ USULDA
QAZISH TUSHUNCHASI
Reja
1. Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish. Ochiq kon ishlari.
2. Ochiq kon ishlarida ochish va qazib olish ishlari.
3. Ochiq usulda kon tayyorlov ishlari.
Foydali qazilma boyliklariga xo’jalik, qurilish, sanoat va ilmiy maqsadlar uchun qazib
olinadigan va xom ashyo holida yoki qayta ishlangandan so’ng ishlatiladigan barcha turdagi tog’
jinslari kiradi. Foydali qazilmalarni ochiq usul bilan qazib olishda qoplovchi va o’z ichiga oluvchi
tog’ jinslari ham qazib olinadi. Foydali qazilmalar va qoplovchi hamda o’z ichiga oluvchi tog’
jinslari birgalikda kon massasi tushunchasi bilan birlashtiriladi. Tog’ jinslarini foydali qazilmalarga
va qoplovchi jinslarga ajratish bu nisbiy tushunchadir. Qazib oluvchi va qayta ishlovchi
texnikalarning rivojlanishi bilan ko’pgina qoplovchi tog’ jinslaridan foydali qazilmalar kabi
foydalana boshlandi va bularning soni yildan-yilga oshib bormoqda.
Foydali qazilmalar qurilish va sanoatning asosi hisoblanib, mamlakat iqtisodiyotida katta o’rin
egallaydi. Uning qazib olish va qayta ishlash miqiyosi esa davlatning xom ashyo ishlab chiqarish
saviyasini, boyligi va iqtisodiy rivojlanishini belgilaydi. Har xil tog’ jinslarini qazib olishda va turli-
tuman qazilmalar, chuqurliklarni kovlash maqsadida yer ustida turib olib boriladigan ishlar
yig’indisiga ochiq kon ishlari deb aytiladi. Katta miqyosdagi ochiq kon ishlari foydali qazilma
boyliklarini qazib olish bilan uzviy aloqadadir. Bunda yer ostida yotgan foydali qazilma boyliklarini
qazib olish bilan aloqador barcha ishlar va jarayonlar, ochiq kon inshootlari orqali amalga
oshiriladi.
Yer osti usulida qazib olishda esa foydali qazilma boyliklarini maxsus jixozlangan yer osti
inshootlari yordamida qazib olinadi. Konlarni ochiq usul bilan qazib olishda konchilik ishlari ikki
qismga bo’linadi:
ochish ishlari (qoplovchi jinslarni qazish, tashish va joylashtirish ishlari);
qazib olish ishlari (foydali qazilma boyliklarini qazish, tashish, bir joyga to’plash yoki tushirish
ishlari ).
Ishlab chiqarish asoslari va maqsadlari uchun ochuvchi va tayyorlovchi laximlarni
birlashtiradigan aloxida kon tayyorlov ishlari o’tkaziladi (asosiy xandak va yarim xandak, qirqma
xandak va yarim qirqma xandak va boshqa laximlar). Kon tayyorlov ishlarini o’tkazishdan maqsad
shundan iboratki, bu qazish joylariga (zaboylarga) va kon ishlarining boshlanish frontiga transportni
kelishini ta'minlash uchun yo’l ochib beradi.
Ochiq usulda qazish quyidagilarni ham o’z ichiga oladi:
kon va uning aloxida uchastkalarini tayyorlash ishlari (asosan ustki qismini tayyorlash);
qazib olinayotgan tog’ jinslari massivi mustahkamligini ta'minlashdagi kon-zaxira muhofazasi
va inshootlarini hisobga olish ishlari (suv muvozanatini ta'minlash, kon jinslarining o’z-o’zidan
yonib ketishini va yuzaning deformatsiyasi oldini olishdagi qayta tiklash ishlari va x.k. ishlar).