Navoiy davlat konchilik instituti Kimyo-metallurgiya fakulteti 49sb-21


О`zbekistonning MDHdagi o`rni va mavqeyining oshib borishi



Download 28,36 Kb.
bet4/5
Sana08.02.2022
Hajmi28,36 Kb.
#437028
1   2   3   4   5
Bog'liq
tarix (2)

О`zbekistonning MDHdagi o`rni va mavqeyining oshib borishi
1991-yil 8-dekabrda Minsk shahri yaqinida sobiq ittifoqning barham topishi munosabati bilan Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligiga asos solinc MDHning vujudga kelishi haqidagi hujjatga dastlab Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va Belorusiya davlatlari imzo chekdilar. 13-dekabrda Ashxobodda o`tgan o’rta Osiyo va Qozog`iston Respublika rahbarlarining kengashida hamdo`stlikni kengaytirish zarur deb topdi. Natijada shu yili 21 dekabrda Almatida o`tgan uchrashuvda MDH bitimini ja'mi 11 davlat MDHga a'zo bo`lib kirdi. Ular bu bitimda davlatlarning hududiy butunligini tan olish, amaldagi chegaralar, ularning ochiqligi, fuqorolarning harakati erkinligiga, xalqaro tinchlik va havfsizlikni ta'minlash, harbiy harakat va qurol-yarog` tarqatishning oldini olishda birgalikda harakat qilishga kelishib oldilar.
MDH a'zolarining birgalikdagi harakatlariga quyidagi vazifalar kiritildi:
-tashqi siyosiy faoliyatlarni muvofiqlashtirish, mudofaa siyosati va tashqi chegarani muxofaza qilish.
-umumiy iqtisodiy muhitni rivojlantirish va umumyevropa, Yevroosiyo bozorini shakllantirish;
-iqtisodiy islohot o`tkazish;
-bojxona siyosatini birga olib boorish;
-tarnsport, aloqa, energetika tizimlarini rivojlantirish;
-ekologik, atrof-muhitxavfsizligini ta'minlash;
-uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish.
O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida hamdo`stlik mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo`lga qo`yish va rivojlantirishga alohida ahamiyat berdi. O’zbekiston ham davlatlararo bank va boshqa hamdo`stlik iqtisodiy tuzilmalarining shakllanishida faol ishtirok etdi. "Mustaqil davlatlar hamdo’stligini tashkil qiluvchi mamlakatlar bilan bevosita va ko"p tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, degan edi I.A.Karirnov, tashqi siyosatimizning ustivor yo`nalishlaridan biridir". O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov o’z asarlarida MDH doirasida hamkorlikka katta e'tibor berib, O’zbekistonning MDH doirasfij ishtirokini quyidagi holatlarda belgilab bergan edi.
-Yangi mustaqil davlatiarning ko’p yillar mobaynida tarkib topgan munosabatlari chuqurlashishi xalqaro maydonda vaziyatnj chigallashtirishga olib keiishi mumkinligi;
-Respublika iqtisodiyoti yagona transport va energetika tizimiga egbо`lgan sobiq umumittifoq iqtisodiy makoni doirasida shakllanganligj raustaqillik yillarida bo’lsa, MDH doirasidagi davlatlarning o’zaro aloqalarini uzib qo`yilishi ishlab chiqarish hajmlarining pasayib ketishriga olib kelishi mumkinligi;
-MDH doirasidagi davlatlarda chegaralarning ochiqligini saqlab qolish respublikada ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni va millatlararo munosabatiarda totuvlikni ta'minlashda muhim rol o`ynashi;
-Yosh mustaqil davlatlarning o’zaro hamkorligi xalqaro maqomda o’z mavqeyini saqlab qolishi uchun muhim omil bo`lib hisoblanishi;
1991-2000-yillarda MDH davlatlari boshliqlarining 30 ga yaqin kengashlari bo`lib o’tdi va muhim hujjatlar imzolandi. Ular orasida xavfsizlik masalalari, tinchlikni saqlash, iqtisodiy hamkorlikni yo’lga qo`yib olish uchun davlatlalaro iqtisodiy qo`mita tuzish, iqtisodiy integratsiyani to’laqonli amalga oshirish, bojxona va ittifoq to`lovi masalalarini izga solib olish kabilar muhim o’rin egalladi. O’zbekiston MDH doirasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalar bo’yicha shartnoma hamda kelishuvlarni Rossiya, Ukrayina, Belorussiya, Moldaviya va boshqa mamlakatlari bilan imzolab o’zaro manfaatli hamdo`stlik aloqalari uchun mustahkam asos yaratdi.
Yevropa Ittifoqi diplomatiya xizmati — “European External Action Service” saytida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi munosabatlariga bag‘ishlangan material chop etildi. Unda ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z boradi.
Qayd etilganidek, O‘zbekiston — Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlar mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan beri jadal sur'atlarda rivojlanib bormoqda. 1996 yilda sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi ikki tomonlama aloqalarni kengaytirishga asos bo‘lib xizmat qildi. Mazkur bitim siyosiy muloqot, savdo, biznes, investitsiya, intellektual mulkni himoya qilish, qonunchilik va iqtisodiyot, demokratiya hamda inson huquqlari, noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurashish, gumanitar sohalardagi hamkorlikni qamrab olgan. Bitim doirasida Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston bir-birini qo‘llab-quvvatlashi, import hamda eksport qilinayotgan mahsulotlarga nisbatan bojxona yig‘imlari, shuningdek, boj to‘lovlarida preferensiyalar berishi bo‘yicha qator majburiyatlarni o‘z zimmasiga olgan. 
2007 yildan beri Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston har yili inson huquqlari, odil sudlov hamda boshqa masalalar yuzasidan Bryussel va Toshkentda muloqot o‘tkazib keladi. Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston bilan munosabatlari mazkur tuzilmaning Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyasida ham o‘z ifodasini topgan. Unda hamkorlikning umumiy maqsadlari, siyosiy muloqot va Yevropa Ittifoqi ishtirok etishi mumkin bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar belgilab berilgan. 
Maqolada qayd etilishicha, O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan sud tizimi, davlat boshqaruvi hamda xavfsizlik sohasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Bunda sudlarning chinakam mustaqilligini ta'minlash, muqobil jazo turlarini kengaytirish bo‘yicha aniq qadamlar tashlanayotgani fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta'minlashda muhim huquqiy kafolat bo‘lib xizmat qilmoqda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash, korrupsiyaga qarshi kurashning ta'sirchan institutsional hamda huquqiy mexanizmlari joriy qilinayotgani ham diqqatga sazovor. O‘z navbatida, ishbilarmonlik va investitsiya muhiti yanada yaxshilanmoqda.
Ushbu islohotlar xalqaro hamjamiyat tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanayotir. Joriy yilning may oyida birinchi marta yurtimizga BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari tashrif buyurdi. Zayd Raad al-Husayn O‘zbekistonda Harakatlar strategiyasi doirasida izchil islohotlar ro‘yobga chiqarilayotgani, bu jarayonda inson huquqlarini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilayotganini ta'kidladi. BMT maxsus ma'ruzachilari bilan hamkorlikni qayta tiklash hamda Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasining Bishkek shahridagi Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy ofisi bilan ishlashni yo‘lga qo‘yish yuzasidan dastlabki kelishuvga erishilgani tashrifning eng muhim natijasi bo‘ldi.
O‘zbekistonning ochiq va pragmatik tashqi siyosatini izchil amalga oshirish hamda belgilangan strategik rejalarning jadal ijrosini ta'minlash maqsadida, joriy yilning 1 dekabriga qadar tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasini takomillashtirish taklif etilmoqda. Bu haqda joriy yilgi davlat dasturi loyihasida ma'lumot berilgan.
Dasturdagi mazkur taklif prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil dekabrdagi Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasidan kelib chiqadi. Unda, davlat rahbari «davlatimiz olib borayotgan ochiq, pragmatik va amaliy tashqi siyosatni inobatga olib hamda uzoq muddatli strategik maqsadlarimizdan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi takomillashtiriladi», degan edi.
Milliy qonunchilik bazasi bo‘lmish Lex.uz saytida 2012 yilda qabul qilingan ushbu qonunning to‘liq matni mavjud emas.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining Oliy Majlisning 2012 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi o‘sha yil 29 dekabrdagi qarorida «O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni davlat tashqi siyosatining fundamental prinsiplari va strategik ustuvor yo‘nalishlarini, xalqaro maydondagi maqsad hamda vazifalarni, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda O‘zbekistonning milliy manfaatlarini ilgari surish mexanizmlarini belgilab beradigan qarashlarning yaxlit tizimini o‘rnatadi
Download 28,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish