MA'RUZA № 28
SUV RESURSLARIDAN OKILONA FOYDALANISH
VA ULARNI MUXOFAZA KILISH
Yer osti suvlari sifatining va unda erigan tuzlar mikdorining uzgarishi ulardan xalk xujaligida
foydalanishni kiyinlashtiradi.
Yer yuzasida maishiy va sanoat okava suvlari xamda chikindilarning tuplanishi, suv xavzalarining
ifloslanishi, ugit va zaxarli ximiyaviy dorilardan kup foydalanish yer osti suvlarining ifloslanishiga asosiy
sabab buladi.
Suv chikarish inshootlarini ishlatish davrida chuchuk suvli xavzaga shur xamda ifloslangan daryo va
dengiz suvlarining surilib kelishi natijasida xam yer osti suvlari ifloslanishi mumkin. Shuningdek yer osti
suvlariga ifloslangan sanoat okava suvlarining saklaydigan va tindiradigan joylardan aeratsiya zonasi buylab
sizib kelib kushilishidan, kuduk devorlari bilan trubalar orasidagi tirkishlardan, suvni katlamlarga shimdirish
uchun kazilgan kuduklardan va karst voronkalari orkali kushilishidan xam ifloslanishi buladi.
Yer osti suvlarining ifloslanishi, asosan, rayonning geologik va gidrogeologik sharoitlariga, ya'ni suvli
katlamlarni ajratib turadigan suv utkazmaydigan katlamlarning bulish-bulmasligiga, ularning suv shimish
xususiyatlariga, yer osti suvlarining joylashish chukurligiga boglik. Ayniksa yuzaki suvlar yukoridan suv
utkazmaydigan katlam bilan chegaralanmagani uchun ifloslanadi. Artezian suvlari tuplanadigan katlamlar
yukori va pastki tomonlaridan uzidan suv utkazmaydigan katlamlar bilan chegaralangani uchun deyarli
ifloslanmaydi.
Suv chikarish va kanalizatsiya inshootlarini ishlatishda, kupincha, yer osti suvlari ximiyaviy va
bakteriologik ifloslanishga duchor buladi. ayrim xollarda radioaktiv, mexanik va issiklikdan ifloslanish xam
uchraydi.
Ximiyaviy ifloslanish yer osti suvlariga organik (karbol, naften kislotalari, zaxarli ximikatlar va b.),
neorganik (tuzlar, kislotalar, ishkorlar), zaxarli (margimush, rux, simob, kurgoshin tuzlari) va zaxarli
moddalar kushilishidan yuzaga keladi. Zaxarli ximiyaviy moddalar yerning chukur kismlarigachasizib borishi
va yer osti suv okimining kiyaligi tik bulgan joylarda katta maydonlarga tarkalishi mumkin.
Bakterial ifloslanish yer osti suvlarida kasalik tarkatuvchi bakterialar paydo bulganda yuzaga keladi.
Bunday kurinishdagi ifloslanish ma'lum bir muddatgacha bulib, uning davomiyligi ifloslanish manbaining
mikdoriga, gruntning suv shimishiga va bakterialarning yashash mikdoriga boglik.
Yer osti suvlari radioaktiv moddalarga boy jinslardan filtratsiyalanganda radioaktiv ifloslanishga
uchraydi.
Mexanik ifloslanish yer yuzasidagi suvlar tarkibidagi mexanik aralashmalarning (kum, shlak va b.)
yoriklar, bushliklar buylab yer osti suvlariga kushilishidan xosil buladi.
Yer osti suvlariga yukori xaroratli yuzaki yoki sanoat okava suvlarining kushilishidan issiklikdan
ifloslanish yuzaga keladi.
Sugoriladigan ekin maydonlaridan uzok vakt suvning shimilishi natijasida grunt suvlarining
minerallanishi, oksidlanishi kuchayadi, azot kislotasining tuzlari va ammiak mikdori oshadi. Ayniksa, yer osti
suvlari okimining xarakati sekin bulgan joyda xamda relfning past joylarida suv tuplanadi. Bunday
maydonlarda grunt suvlarining vertikal kesimi buyicha bakterial-ximiyaviy ifloslangan zona paydo buladi.
Sanoat okava suvlarini tindiradigan joylardan, sugorish maydonlaridan buladigan shimilish xisobiga grunt
suvlari kup ifloslanadi.
Yer osti suvlari ifloslanishini oldini olish uchun kuriladigan chora tadbirlarga okar suvlarni tozalash,
chikindisiz sanoat texnologiyasini tashkil etish, suv xavzalarining tubini suv utkazmaydigan ekranlar bilan
koplash, shimilayotgan iflos suvlarni zovurlar yordamida tutib kolish kiradi. Zaxarli okar suvlarni kuduklar
yordamida juda chukurdagi suvli katlamlarga, tosh tuzi massivlariga xaydash lozim buladi. Lekin vakti kelib,
bu suvlar yukorida yotgan suvli katlamlarga kuduk devori bilan truba orasidagi bushlik orkali sizilib chikishi
mumkin.
Suv chikarish inshootlari yer osti suvlarining ifloslanishi mumkin bulgan joyidan okim buyicha
yukorirokka kurilishi lozim. Bunday inshootlar iflos daryo va shur dengiz suvlaridan uzokrokka
joylashtiriladi. Shuningdek, ularni sanoat korxonalari, mozorlar va kishlok xujaligi ekinlari ekiladigan
maydonlarga yakin joyga joylashtirish tafsiya etilmaydi.
Yer osti suvlarining ifloslanishdan saklashning muxim tadbirlaridan biri suv chikarish inshootlari atrofida
sanitariya jixatidan muxofaza kilish zonasi tashkil kilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |