MA'RUZA № 1
KIRISH. GEOLOGIYA FANI VA UNING ALOXIDA
BULIMLARI HAQIDA UMUMIY MA'LUMOT.
REJA
1) Geologiya fanining mohiyati va uni fan sifatida vujudga kelishi.
2) Geologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
3) Geologiya fanining o‘rganish ob‘ektlari.
4) Geologiya fanining konchilik sohasidagi ahamiyati.
Tayanch iboralar: Geologiya, astronomiya, yer shari, fizik jism, sayyora, relef, geografiya,
biosfera, organism, mineral, er qobig‘i, noorganik, mineralogiya, kristallografi kristallografia,
petrografiya, poleontologiya, gidrogeologiya, geofizika, stratigrafiya, geotektonika, tuproqshunoslik,
foydali qazilmalar geologiyasi, geomorfologiya, strukturali geologiya, fizik geologiya, litogenez,
injenerlik geologiyasi, A.Beruniy, In Sino, Lomonosov N, I.V.Bernadskiy, A.E.Fersman,
X.M.Abdullayev, I.X.Hamrayev, X.N.Boymuhammedov.
Geologiya – yer haqidagi fan bo‘lib yunoncha Geo - yer logos – fan demakdir. Geologiya tabiiy
fanlar qatoriga kiradi va u yer sayorasining rivojlanish qonunlarini o‘rganadi. Xozirgi vaqtda
geologiyaning astranomiyaning birgalikdagi izlanishidan koinotda joylashgan boshqa osmon
jinslarini o‘rganuvchi geologiyaning yangi bir tarmog‘i, kosmogoniya fani vujudga kelgan.
Yer nima degan savolga olimlar turlicha javob beradilar.
Astronomlar yerni shar shaklidagi fizik jism deb, Quyosh sistemasida juda katta tezlikda (bir
soniyada 30 km) aylanuvchi sayora sifatida tekshiradilar.
Geograflar, geodezislar va geomorfologlar yer ustki kismining shaklini, relyefini urganadilar.
Biologlar esa yerdagi xayotni – Yerning o‘simlik va xayvonot olami rivojlanadigan qismini ya'ni
biosferani o‘rganadilar. Shuningdek tuproqshunoslar yerning tirik organizmlari rivojlanadigan ustki,
tuproq qatlamini o‘rganadi.
Yuqorida qayd etilgan fan soxalari yerning faqat ustki qatlamida sodir bo‘ladigan voqea –
xodisalarning rivojlanishini va o‘zgarishinigina tekshiradilar. Geologiya fani bu soxalarni o‘z
qamroviga tortgani xolda, yerning ustki va ichki qismini, undagi mavjud xodisalarning rivojlanish
qonuniyatlarini ham o‘rganadi. Geologlar yerga turli mineral va tog jinslaridan tarkib topgan va
doimo uzgarib turuvchi sharsimon fizik jisim deb karaydilar.
Yer qobig‘i neorganik qismining paydo bo‘lishi va rivojlanishi xayvon va o‘simliklarni xayoti
bilan bevosita bog‘lik bo‘lib, ularni o‘rganishda yer qatlamlari orasida saqlanib qolgan
tamg‘alargina yordam beradi.
Shunday qilib, giologiya fani yer hakidagi maxsus fan bo‘lib, u yer qatlamlarini tarkibining
tuzilishini va rivojlanish tarixini tekshiradi. Bu masalalarning o‘rganiladigan xajmi va miqdori juda
katta bo‘lganligi uchun giologiya fani bir necha maxsus fanlarga bulinib, ularning har biri
giologiyaning o‘ziga xos soxalari bilan shug‘ullanadi.
Yerning moddiy tarkibi minyeralogiya (minerallar haqidagi fan) va kristal-lografiya (kristallar
haqidagi fan), petrografiya (tog‘ jinislari haqidagi fan), gio-ximiya (yer ximiyasini o‘rganuvchi
fan), palyentologiya (qadimgi organizmlarning tosh qotgan qoldiqlari haqidagi fan),