O'zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi
I.Isoqov, S.I.Qulmamatov
Informatikani o’qitishda innovatsion texnologiyalar
fanidan
MARUZA MATNLARI
5110700 - Informatika o’qitish metodikasi
Guliston - 2014
Ushbu ma'ruza matni «Informatikani o’qitishda innovatsion texnologiyalar» fanining amaldagi ishchi dastur asosida tayyorlangan bo’lib, 5110700 - Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan. Unda Informatikani o’qitishda innovatsion usullar va metodlar orqali o’qitish samaradorligini oshirish yo’llari, ta'limda innovatsion texnologiyalarni qo’llash orqali talabalar bilimini nazorat qilish va baholash kabi materiallari yoritilgan.
Ma'ruza matlaridan 5110700- Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishi talablalari ham foydalanishi mumkin.
© GulDU, 2013
KIRISH
Informatikani o’qitishda innovatsion texnologiyalar kursi unda bo’lg’usi informatika o’qituvchilari va metodistlarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish, bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardoshligini ta'minlaydigan innovatsion pedagogik faoliyat uchun zarur bo’lgan metodik bilim, ko’nikma va malakalar tizimini shakllantirishga yordam beradigan informatika o’qitish jarayonida ta'lim texnologiyalardan foydalanish muammolari yoritilgan.
Informatikani o’qitishda inovatsion texnologiyalar kursi oliy o’quv yurti talabalari uchun umumiy o’rta ta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida informatika fanidan ta'lim berish, fanning tuzilishi va mazmunini ilmiy va psixologik-pedagogik nuqtai nazardan chuqur o’rganishlarini ta'minlovchi kurs hisoblanadi.
Ushbu taqdim etilayotgan ma'ruza matni 5110700 - Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan.
Ma'ruza matnida zamonaviy pedagogik texnologiyalar tizimiga asoslangan holda nazariy materiallar, bilimlarni nazorat qilish uchun nazorat topshiriqlari majmuasi keltirilgan bo’lib, unda kursning har bir mavzusi bo’yicha turli murakkablik darajasidagi nazorat topshiriqlari majmuasi asosida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari tizimiga asoslangan holda o’qquv jarayonini tashkil etish va unda zamonaviy metodlarni qo’llashni tatbiq etish, nazariy mashg’lotlari jarayonida o’qituvchi va talabalarning faolligini oshirish hamda bilimlarni nazorat qilish natijasida kafolatlangan natijaga, ta'lim tizimida fanlarni o’qitish samaradorligiga erishish kabi fikr - mulohazalar keltirilgan.
Mazkur ma'ruza matni ham kamchiliklardan holi emas, u haqidagi fikr va mulohazalarini bildirgan hamkasblar va aziz o’quvchilarga mualliflar oldindan o’z minnatdorchiligini bildiradi.
Manzil: Guliston shahri, GulDU bosh binosi, Fizika - matematika fakulteti, “Amaliy matematika va informatika” kafedrasi.
Mashg’ulot turi: ma'ruza Ajratilgan vaqt: 2 soat.
Asosiy savollar:
Informatikani o’qitishda innovatsion texnologiyalar kursining maqsadi, vazifasi.
Fanning ta'lindagi o’rni va mazmuni.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
innovatsion pedagogik faoliyat, informatikani o’qitishda turli zamonaviy o’qitish texnologiyalari, informatika o’qituvchisi innovatsion pedagogik faoliyatining
nazariy- metodik asoslari, informatika ta'limi samaradorligini oshirish.
Mashg’ulotning tafsiloti: