Maruza matnlari


Mashg’ulot bosqichlari



Download 231,85 Kb.
bet9/15
Sana17.06.2021
Hajmi231,85 Kb.
#68340
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Mashg’ulot

bosqichlari

Vaqt

Mashg’ulot mazmuni

Metod

Kirish

5 daqiqa 1 0 d aqi q a

Mashg’ulot mavzusi, maqsadi, kutilayotgan natijasini bayon qilish.

T al ab alarning o’tgan ma'ruza mashg’ulotni o’zlashtirish darajasini aniqlash.

Ma'ruza

Savol-javob

Asosiy qism

25

daqiqa

30

daqiqa

O'qituvchi informatika o’qituvchisini innovatsion faoliyatga tayyorgarligini shakllantirish vositalari haqida ma'lumotlar beradi.

Kichik guruhlarga mavzu bo’yicha muhokama qilinadigan 4 xil murakkablik darajasidagi nazorat topshiriqlarini echish vazifasi yuklatiladi.

Ma'ruza Taqdimot Aqliy hujum

Kichik

guruhlarda

ishlash

Yakuniy

qism

10

daqiqa

Kichik guruhlar tahlili, xulosa qilish va yakun yasash.

Bahs-

munozara


Darsning texnologik xaritasi.



Bajariladigan ish mazmuni

Amalga

oshiruvchilar

1

Tayyorlov bosqichi:

*Maqsad: informatika o’qituvchisini innovatsion faoliyatga tayyorgarligini shakllantirish vositalari to’g’risidagi ma'lumotlarni tushunish.

*Vazifalar:

  • bo’lajak o’qituvchilarda informatika o’qituvchisini innovatsion faoliyatga tayyorgarligini shakllantirish vositalari haqidagi ko’nikmalarini shakllantirish;

  • muammolarni maqsad, vazifa va fanning mazmuni bo’yicha umumlashtirish;

  • bilimlarni tekshirish va mustaxkamlash.

*Mazmun: talabalarning egallashi lozim bo’lgan bilim.

O'qituvchi




2

Darsni tashkil etish bosqichi:

Uslub: Og’zaki bayon qilish.

Shakl: ma'ruza mashg’uloti, kichik guruhlar va jamoada ishlash.

Vosita: tarqatma va taqdimot materiallari.

Usul: tayyor yozma materiallar.

Nazorat: og’zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish.

Baholash: rag’batlantirish, reyting tizimi asosida baholash.

O'qituvchi

3

Mustaqil ishlash bosqichi: - munozara, aqliy hujum, mikroguruhda ishlash va boshqa metodlar orqali nazorat topshiriqlarini echishga yo’naltiriladi.

  • talabalar nazorat topshiriqlarini hal qilish to’g’risidagi fikrlarini o’zaro muhokama qilishadi.

  • o’zi va mikroguruh uchun yagona javobni tanlaydi.

Talaba

4

Natijalarni eshitish va tahlil qilish bosqichi:

  • talabalar va mikroguruh fikri tinglanadi, ularga aniqlashtiruvchi savollar beriladi.

  • mikroguruhlarning javoblari to’g’risida talabalar fikri aniqlanadi.

  • javoblar tahlil etiladi.

O'qituvchi - Talaba

5

Yakuniy va baholash bosqichi: - talabalarning bergan javoblaridan ko’pchilik fikriga mos kelgani alohida ajratib olinadi;

  • talabalarning nazorat topshiriqlarini echishdagi faolligi, intilishlari hisobga olingan holda amaldagi reyting tizimi orqali baholanadi;

  • yakuniy fikr aytiladi;

  • mustaqil ish topshiriqlari beriladi.

O'qituvchi




  1. asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Pedagogik innovatsiya tamoyillari va uni rivojlantirish mexanizmlari tushunchalarini talabalarda shakllantirish.

Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Pedagogik innovatsiya tamoyillari va uni rivojlantirish mexanizmlari to’g’risidagi tushunchalarga ega bo’ladilar.

  2. Pedagogik innovatsiya tamoyillari va uni rivojlantirish mexanizmlari to’g’risidagi tushunchalarni farqlay oladilar.

  1. asosiy savol bayoni: Pedagogik innovatsiya quyidagi tamoyillarga

asoslanadi:

  • ta'lim - tarbiyaning yagona tizimdan iborat ekanligi, undagi uzluksiz ta'lim tizimi va tarkibining yaxlitligi, birligi hamda bir-biri bilan uzviy bog’langanligi;

  • ta'lim-tarbiya jarayonini olib borishda optimal variantlarni topishga erishish;

  • zamonaviylik, yani ta'lim-tarbiya uslubiyatini zamonaviy fan-texnika yutuqlari bilan boyitib borish;

  • ilmiylik, yani ta'lim-tarbiya tizimini muntazam ravishda rivojlantirib borish maqsadida uzluksiz ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar olib borish;

  • moddiy-texnika bazani zamon talabi asosida yaratish, pedagogik jarayonda axborotlashtirish muhitiga e'tibor berish;

  • axborot texnologiyalari va texnikalaridan foydalanish samaradorligini oshiruvchi elektron darslik va o’quv qo’llanmalarini ishlab chiqish, shuningdek masofaviy ta' lim va “Internet” dan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;

  • talabalar bilimini baholashni avtomatlashtirish hamda bilim monitoringini muntazam ravishda nazorat qilib borish va shu kabilar.

Pedagogik innovatsiyani rivojlantirish mexanizmlari:

  • ta'lim muassasasida ijodiy muhit yaratish, bu boradagi tadbirkorlik va tashabbuskorlikni qo’llab-quvvatlash;

  • ta'lim innovatsiyalari bo’yicha olib borilayotgan izlanishlarga shart-sharoitlar yaratish va ularning ommaviy tadbig’iga ko’maklashish;

  • ilmiy - izlanuvchanlikni rag’batlantirish, tanlovlar o’tkazish hamda ularni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash;

  • istiqbolli ishlanmalarni, samarali ta'lim uslublari, shakllari, yo’llarini uzluksiz ta'lim tizimiga kiritishga ko’maklashish, yangiliklarni muvofiqlashtirish va to’plash va shu kabilar.

2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Pedagogik innovatsiya tamoyillari va uni rivojlantirish mexanizmlari tushunchalarini talabalarda shakllantirish.

Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Pedagogik innovatsiyalarlarni joriy etishda bo’lajak o’qituvchilarda shakllanadigan innovatsion xislatlar to’g’risidagi tushunchalarga ega bo’ladilar.

  2. Pedagogik innovatsiyalarlarni joriy etishda bo’lajak o’qituvchilarda shakllanadigan innovatsion xislatlar to’g’risidagi tushunchalarni farqlay oladilar.

2-asosiy savol bayoni: Pedagogik innovatsiyalarni hayotga tadbiq etishning tashkiliy asoslari:

  • pedagogik innovatsiyalarni yig’ishda innovatsiyalar bo’yicha aniq ma'lumotlar bazasini tashkil qilish va ta'lim-tarbiya sohasining me'yoriy hujjatlari bo’yicha ma'lumotlar omborini yaratiladi;

  • pedagogik innovatsiyani tanlashda quyidagtlarga e'tibor beriladi: pedagogik innovatsiyaning pedagogik samaradorligini muntazam ravishda o’rganib, tahlil qilib borish; pedagogik innovatsiya bo’yicha tajriba-sinov ishlarini tahlil qilib borish, umumlashtirish. Ommalashtirishlar bo’yicha tavsiyalar tayyorlash;

  • pedagogik innovatsiyani joriy qilishda uni joriy etish jarayonini muntazam ravishda kuzatib borish, pedagogik innovatsiyaning rivojlanish mexanizmlariga alohida e'tibor berish va shu kabilar.

Pedagogik innovatsiyadan foydalanishga uslubiy tavsiyalar:

  • ta'lim-tarbiya sohasidagi davlat me'yoriy hujjatlariga e'tibor berish;

  • pedagogik innovatsiya sohasidagi ma'lumotlarni to’plash, saqlash, qayta ishlash va uzatishga tayyorlash orqali axborot holiga keltirish;

  • pedagogik innovatsiyaning joriy etilishi bo’yicha axborot tizimini yaratish;

  • pedagogik innovatsiya bo’yicha kompyuter tarmog’ida saydlar ochish va undan foydalanish ko’lamini kengaytirish va h.k.

Pedagogik innovatsiyalarni joriy etishda bo’lajak o’qituvchilarda shakllanadigan innovatsion xislatlar:

  • talabaning ijodkorligi xislati, bunga talaba o’zining intellektual qobiliyati hamda muntazam ravishda o’z ustida ishlashi orqali erishadi;

  • talabaning kompyuter savodxonligi va axborot madaniyati yuksakligi xislati;

  • talabaning yangilikni joriy etishdagi faoliyatni oxirigacha etkaza olish xislati;

  • talabaning innovatsion faoliyatda ilg’or bo’lish xislati;

  • talaba shaxsining g’ayrat-shijoatlik xislati;

  • etakchi kasbiy pedagogik mahoratga ega bo’la olishlik mahorati.

Bu qayd etilgan pedagogik innovatsiyani ishlab chiqish joriy etishning zaruriy ketma-ketligini amalga oshirish orqali ta'lim tizimida sezilarli sifat o’zgarish-lariga va yuqori samaradorlikka erishiladi. Albatta bu zaruriy ketma-ketlikni amalga oshirish borasida keng miqyosda katta ilmiy tadqiqot ishlari olib borilishi mumkin.

Ta'lim jarayoniga pedagogik innovatsiyalarni ishlab chiqish va qo’llash yaqin o’ttiz yillik tarixga ega. Bu davrda rivojlangan xorijiy davlatlarda yangi pedagogik texnologiyalar, yangi axborot texnologiyalari ishlab chiqildi. Bu borada respublikamizda ham sezilarli ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, Guliston davlat universitetida ham yuqorida qayd etilgan pedagogik innovatsiyalarni ishlab chiqish joriy etishning zaruriy ketma-ketligi bo’yicha diqqatga sazovor ishlar qilinmoqda. Jumladan, universitetda “Innovatsion uslublarni yaratish va joriy etish markazi “ tashkil etilgan. Uning tarkibida quyidagi bo’limlar mavjud:

  • innovatsion uslublar ishlab chiqish, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosidagi ilg’or pedpgogik texnologiyalarni va ijodkor o’qituvchilar ish tajribalarini o’rganish, ularni to’plash va ommalashtirish bo’limi;

  • iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi;

  • pedagogik innovatsiyalar asosidagi o’quv-uslubiy qo’llanmalarni tayyorlash va nashr qildirish bo’limi va shu kabilar.

Demak, pedagogik innovatsiyalar keng qamrovli, ko’p qirrali, murakkab va ijodiy tashkiliy-pedagogik faoliyat bo’lib, uning yordamida ta'lim-tarbiya jarayonining istiqbolli va samarali uslubiyatini yaratish mumkin hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da qayd etilgan raqobatbardosh zamonaviy mutaxassislarni tayyorlashni kafolatlaydi.

Mustaqil ish topshiriqlari.

  1. Informatika o’qituvchisini innovatsion faoliyatga tayyorgarligini shakllantirish vositalari haqida Sizning fikringiz?

  2. Pedagogik innovatsiyalarni joriy etishda Sizda qanday xislatlar shakllanishi mumkinligini hohlaysiz?

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Yuldashev U.Yu., Boqiev R.R., Zokirova F.M. Informatika o’qitish metodikasi. Toshkent, “Talqin”, 2005 y.

  2. Saidaxmedov N.S. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar. T., 2003y.

  3. Saidaxmedov N.S. Yangi pedagogik texnologiyalar T., “Moliya”, 2003y., 172 b.

  4. To’raqulov X.A. Pedagogik tadqiqotlarda axborot tizimlari va texnologiyalari. T., “Fan”, 2006 y., 240 b.

  5. Isoqov I., Qulmamatov S.I. Informatikani o’qitishda innovatsion texnologiyalar fanidan amaliy mashg’ulotlar ishlanmalari. Guliston, GulDU, 2013 y.

  1. Mavzu. Informatika ta'limida an'anaviy va noan'anaviy ta'lim texnologiyalari

Mashg’ulot turi: ma'ruza Ajratilgan vaqt: 2 soat

Asosiy savollar:

  1. An' anaviy ta' lim texnologiyalari

  2. Noan'anaviy ta'lim texnologiyalari.

Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: An'anaviy dars, o’qitishning noan'anaviy modeli, modellashtirish, hamkorlikda o’rganish modeli, o’rganishning tadqiqot modeli.

Mashg’ulotning tafsiloti:


Download 231,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish