Navoiy Davlat Konchilik institute ―Konchilik‖ fakulteti


Mineral  suvlar  gidrogeologiyasi



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/118
Sana03.04.2021
Hajmi0,89 Mb.
#62667
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   118
Bog'liq
geologiya fani va uning aloxida bulimlari haqida umumiy malumot

Mineral  suvlar  gidrogeologiyasi  -  shifobaxsh  xususiyatga  ega  bo‘lgan  yer  osti  suvlarining  paydo 

bo‘lishi va ximiyaviy tarkibini, xosil bo‘lishini, tarqalish xolatlarini aniqlash, zaxirasini xisoblash va ulardan 

foydalanish usullarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. 

Radiogidrogeologiya - yer osti suvlarida radioktiv elementlarning hosil bo‘lish qonunini, ularning yotish 

xolatlarini va siljish davomida radioaktiv elementlar miqdorini o‘zgarishini aniqlash bilan shug‘ullanadi. 



Regional gidrogeologiya -  yer  osti suvlarining  yer  qobig‘ining  ma'lum bir regionlarida tarqalish, yotish 

xolati  va  hosil  bo‘lish  qonunlarini,  shuningdek  ularning  yer  qobig‘ining  geologik  strukturalari  bilan 

bog‘liqligini va xalq xo‘jaligida bunday suvlardan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganadi. 

Xozirgi  vaqtda  gidrogeologiya  fanining  yangi  tarmog‘i  -  texnogen  gidrogeologiya,  meliorativ 

gidrogeologiya, gidroseysmika tarraqqiy etmoqda. 

Yer  yuzasiga  yoqqan  yog‘in  uch  qismga  ajraladi:  bir  qismi  yer  yuzasidan  oqib,  oxiri  dengizga  borib 

quyiladi,  ikkinchi  qismi  bug‘lanib  yana  atmosferaga  ko‘tariladi,  uchinchi  qismi  esa  tog‘  jinslariga  singib 

ketadi va natijada yer osti suvlarini hosil qiladi. Bunday yo‘l bilan hosil bo‘lgan suvlar infiltratsiya (shimilish) 

suvlari  deb  ataladi.  Yer  osti  suvlarini  tabiiy  va  suniy  yer  usti  suvlari  tuyintiradi.  Yer  osti  suvlari 

infiltratsiyadan  tashqari,  ya'ni  yog‘inlarning  yer  po‘stiga  singishidan  tashqari,  kondensatsiya  yordami  bilan 

xam  hosil  bo‘ladi.  Kondensatsiya  deganda  atmosferadan  tuproqqa  kirgan  suv  bug‘ining  suvga  aylanish 

jarayoni  tushuniladi.  Yer  ustidagi  xavo  suv  bug‘iga  tuyingan  bo‘lsa,  xamma  vaqt  suv  bug‘i  tuproqqa  kira 

oladi. Tuproq xarorati pastroq bo‘lsa, tuproqqa kirgan suv bug‘i quyuqlashadi, kondensatlanadi, natijada suv 

hosil bo‘ladi. Lekin suv bug‘i suvga aylanayotganda issiqlik chiqadi, kondensatsiya  jarayonining o‘zi sovuq 

tuproq  xaroratini  ko‘taradi  va  natijada  suv  bug‘ining  oxirigacha  suvga  aylanishini  to‘xtatib  quyadi.  Tog‘ 

jinslarida  suv  bug‘i  to‘planadi,  bu  esa  ularning  tuyinishiga  olib  keladi  va  jinslarda  yuqori  bosim  hosil 

bo‘lganda suv bug‘i  yana xavoga ko‘tarilib ketadi. Demak, kondensatsiya jarayonining  ikki tomoni bor: suv 

bug‘ini tuproqqa singdiradi va undan chiqarib yuboradi. Yer osti suvlarining asosiy  qismi yog‘in suvlarining 

tog‘  jinslari  orasiga  singishidan  hosil  bo‘ladi.  Yer  osti  suvi  –  bug‘  xolatdami,  suyuq  xoldami  yoki  qattiq 

xoldami, baribir, kanday holda bo‘lmasin, yer yuzasidan ostki qavatlarda joylashgan suvdir. Bunday suv turli 

tog‘ jinslari qatlamlari orasida-granit, qumtosh, konglomerat va dolomitlar yorig‘ida xamda karst bo‘shligida; 

shag‘al, qum,  gil  g‘ovaklarida bo‘lishi  mumkin. Lekin xar xil jins suvni xar xil  o‘tkazadi. Masalan, gil, gilli 

slanetslar,  argillitlar  suvni  juda  yomon  o‘tkazadi,  shu  sababli  ular  amalda  suv  o‘tkazmaydigan  jinslar 

hisoblanadi. Umuman olganda yer osti suvlari bilan yer usti suvlari va atmosfera orasida bog‘lanish bor. Yer 

osti  suvlari  quyidagi  yo‘llar  bilan  kamayadi:  buloqlar  orqali  yer  yuziga  chiqadi,  daryolar  va  ko‘llarga  oqib 

chiqadi,  o‘simliklarning  ildizlariga  surilib,  barglari  orqali  bug‘lanadi,  tog‘  jinslari  zarrachalari  orasidagi 

kapillyar naychalar orqali bevosita yer yuzasiga chiqib, bug‘lanib ketadi, ximiyaviy yo‘l bilan jinslar tarkibiga 

kiradi va kishilar o‘z maqsadlari uchun turli xil yullar bilan surib oladi. 

Tabiatda suv gruntlar tarkibida bug‘, suyuq va qattiq xolatda uchraydi. 


Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish