Navoiy kon – metallurgiya kombinati
Navoiy davlat konchilik instituti
Kimyo – metallurgiya fakulteti
_______________________ fanidan
Bajardi: _______________
________________
Qabul qildi: ________________
Navoiy 2021y
Mavzu: Shaxsning irodaviy sifatlari va uni tarbiyalash
Reja:
1. Iroda haqida tushuncha. Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari.
2. Iroda nazariyalari. Irodaviy akt va uning tuzilishi.
3. Shaxsning irodaviy sifatlari.
4. Irodani tarbiyalash.
Mavzu: Shaxsning irodaviy sifatlari va uni tarbiyalash
Mavzu yuzasidan tayanch tushunchalar: Iroda — ichki va tashqi qiyinchiliklarni yechish uchun xatti - harakatlarni tanlash imkoniyatida namoyon bo`ladigan ruxiy aks ettirish shakli.
Irodaviy zo`r berish — irodaviy harakatning zo`r berishini his qilish bilan bog`liq sub`ektiv tarkibiy qismi.
Iroda kuchi — maqsadga erishish uchun zarur bo`lgan irodaviy zo`r berish darajasi.
Impul’siv harakat — ong tomonidan to`liq nazorat qilinmaydigan va beixtiyor tarzda bajariladigan harakatlar.
Motivlar kurashi — qaror qabul qilish bog`liq bo`lgan irodaviy harakat bosqichi.
Qaror qabul qilish — muammoning hal etishning biror usulini tanlash.
Iroda haqida tushuncha
Odamning shaxs sifatidagi faollik xususiyati, o‘z ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan harakatlari faqat instinktiv emas, balki oqilona, ongli harakatlardir, chunki odam biron-bir maqsadni ko‘zlab harakat qiladi, maqsadga erishish yo‘lida yordam bera oladigan vositali yo‘l va usullarni oldindan qidirib topadi, to‘siqlar va qiyinchiliklarni yengish uchun ongli ravishda kuch-g‘ayratini ishlata oladi.
Odam faqat madaniy-ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishdagina emas, balki tabiiy-biologik ehtiyojlarini qondirishda ham ongli ravishda ish tutadi.
Odam tevarak - atrofdagi narsalarni o‘zgartirib o‘ziga moslashtirar ekan, yangilik yaratadi, ijod qiladi, shu yangilikni tevarakatrofdagi voqelikka qo‘shadi, voqelikni o‘zgartiradi va to‘ldiradi, odam harakat qilmasdan tura olmaydi. Ana shu jihatdan olganda odamning barcha harakatlarini ikki turkumga ajratish mumkin: birinchisi ixtiyorsiz harakatlar bo‘lsa, ikkinchisi ixtiyoriy harakatlardir.
Odamning ixtiyorsiz harakatlari qat’iy bir maqsadsiz, ya’ni reflektor tarzda yuzaga keladi. Masalan, yo‘talish, aksa urish, ko‘zning ochib yumilishi va shu kabilar. Ushbu harakatlarni odam oldindan o‘ylab rejalashtirmaydi, ixtiyorsiz harakatlar har qanday sharoitda yuz berishi mumkin.
Irodaviy harakatlarda har doim maqsad aniq bo‘ladi, odam o‘z oldiga qo‘ygan maqsadidan kelib chiqadigan natijalarni ham oldindan tasavvur eta oladi. Ana shuning uchun har qanday qiyinchiliklarni yengib bo‘lsa ham o‘z maqsadini amalga oshirishga intiladi. Masalan, yangi uy qurayogan odam, mazkur faoliyat natijasi qanday bo‘lishini oldindan tasavvur qila oladi, shuning uchun har qancha qiyinchilik bo‘lsa ham uni yengib o‘tib, ishni davom ettiradi.
Odamning irodaviy harakati to‘la determinizm, ya’ni sababiy bog‘lanish qonuniga bo‘ysunadi, shu bilan birga irodaviy harakatlarning bevosita sabablari sifatida, ushbu harakatlarni belgilab beradigan hayotiy vaziyatlar bo‘lishi mumkin.
Odamning irodaviy faoliyati obyektiv voqelik bilan uzviy bog‘liq holda kechadi,uning muhim xususiyatlaridan biri, irodaviy harakatlarni odam hamma vaqt shaxs sifatida amalga oshiradi, irodaviy faoliyat tufayli shaxs har tomonlama o‘zini anglaydi, o‘zining hayot yo‘li va taqdirini belgilashi mumkin bo‘ladi.
Oldindan rejalashtirilmagan xatti-harakatlarni irodaviy harakatlar deb bo‘lmaydi. Ko‘p hollarda iroda faqat muayyan bir vaziyat yoki qiyinchilik ustidan g‘alaba qozonish emas, balki o‘zo‘zini yengish hamdir, bu ayniqsa, muvozanatsiz, hissiy qo‘zg‘aluvchan, sust kishilarga xos bo‘lib, ular o‘zlarining tabiiy xarakterologik xususiyatlari bilan kurashishlariga to‘g‘ri keladi.
Hech bir muammo irodaning ishtirokisiz hal etilmaydi, odam o‘zining iroda kuchisiz katta muvaffaqiyatlarga erisha olmaydi. Odamzod boshqa tirik mavjudotlardan o‘zining ongi va aqli bilangina emas, balki irodasining mavjudligi bilan ham ajralib turadi. Irodaviy harakatlarning nerv - fiziologik asosida bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ining shartli reflekslar hosil qilishdan iborat bo‘lgan murakkab faoliyati yotadi. Irodaviy harakatlar har doim ongli harakatlar bo‘lgani uchun ham, bosh miya po‘stlog‘ida yuzaga keladigan eng maqbul (optimal) qo‘zg‘alish o‘choqlariga bog‘liq bo‘ladi. Bu haqda akademik I.P.Pavlov shunday deb yozgan edi: “Mening tasavvurimcha, ong ayni shu chog‘da xuddi shu sharoitning o‘zida ma’lum darajada maqbul (optimal) qo‘zg‘alishga ega bo‘lgan bosh miya katta yarim sharlarining ayrim joylaridagi nerv faoliyatidan iborat”.
Inson o`z ehtiyojlarini qondirish uchun faollik ko`rsatar ekan, ba`zan ichki (sub`ektiv) va tashqi (ob`ektiv) to`siqlarga duch keladi. Bu to`siqlarni yengib o`tish va maqsadga erishish uchun undan yanada faolroq bo`lish talab qilinadi. Maqsadga erishish yo`lida turgan qarama – qarshiliklarni bartaraf qilish uchun zo`r berish bilan bog`liq bo`lgan va ma`lum maqsadga yo`naltirilgan ongli harakatlar irodaviy harakatlar deb ataladi. Iroda inson faolligining alohida shaklidan iboratdir. Odam oldida turgan va uning uchun katta ahamiyatga ega bo`lgan maqsadlarga o`zi uchun ozroq ahamiyatga ega bo`lgan boshqa xatti – harakatlar motivlarini bo`ysundiradi. Iroda odamdan o`z xatti - harakatlarini o`zi boshqarishini, bir qator boshqa intilish va istaklarining tormozlanishini taqozo qiladi. Irodaviy qobiliyat shundan iboratki, bunda odam o`z - o`zini idora qiladi, o`zini qo`lga oladi. Bir qator hollarda irodaviy faoliyat odamning hayot yo`lini aniqlaydigan, uning ijtimoiy qiyofasini namoyon qiladigan va uning axloqiy qiyofasini ochib beradigan qarorlarga kelish bilan bog`liq bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |