Navoiy 2021y Mavzu: Shaxsning irodaviy sifatlari va uni tarbiyalash



Download 470,71 Kb.
bet3/6
Sana26.02.2022
Hajmi470,71 Kb.
#469864
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Shaxsning irodaviy sifatlari. Nozima

Irodaviy akt va uning tarkibi.
Har qanday irodaviy harakat dastavval odam oldida tug`iladigan maqsadni taqozo qiladi. Odam u yoki bu harakat orqali nimaga erishmoqchi ekanligini anglaydi. U o`z holatini o`zgartirishi lozimligini, qandaydir ehtiyojlarni qondirilishi zarurligini anglaydi. Bu nima sababdan odam muayyan maqsadga intilayotganini, uning belgilangan maqsadini amalga oshirishga nima majbur qilishini tushuntiruvchi harakat motivlaridir.
Ixtiyoriy harakatning dastlabki nuqtasi harakat maqsadining vujudga kelishi va o‘rtaga qo‘yilishi bo‘lib, uning tuzilishini quyidagicha izohlash mumkin.
Maqsad – kishining aynan ma’qul deb topgan ish harakati va uning narijasini tasavvur etishidan hosil bo‘lgan obraz(timsol) hisoblanadi. Maqsadni tasavvur qilish odatda shu maqsadga erishish istagi va uni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lib, quyidagicha ifodalanadi, xatti-harakatdan kutilgan maqsad turlicha tasavvur etilishi mumkin. Maqsad qanchalik yaqqol ifodalangan bo‘lsa, unga erishish yo‘lidagi intilish ham shuncha aniq bo‘ladi. Maqsadni ko‘zlash, avvalo kishining ehtiyojlariga bog‘liq, ko‘pincha kishining maqsadni ko‘zlashi va biron-bir narsaga intilishi tevarak-atrofdagi tabiiy vaziyatga yoki xuddi shu paytda kishi yashayotgan jamiyatdagi ijtimoiy normalarga bog‘liq bo‘ladi.
Masalan, kishi qiyin vaziyatga tushib qolsa, ushbu noqulay vaziyatdan bir amallab chiqish, qutulishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi, buning uchun vaziyatni ma’lum darajada o‘zgartirish talab etiladi.
Odamda yuzaga keladigan ehtiyojlar, darrov yaqqol tasavvur qilinadigan maqsad tarzida hosil bo‘la qolmaydi, ko‘ngildan kechayotgan ehtiyoj va intilishlar turli darajada anglanishi va turlicha tasavvur qilinishi mumkin. Masalan, odamda paydo bo‘ladigan ehtiyoj va intilishlari ba’zan istak tarzida ko‘ngildan kechadi - kishi hozirgi ahvoldan noroziligini his qilib turadi, lekin maqsadga qanday erishish, unga doir yo‘l-yo‘riqlarni aniq bilmaydi.
Ko‘ngildan o‘tayotgan istak paytida kishi qanday maqsad sari intilayotganini anglab yetmas ekan, uni bevosita amalga oshirish mumkin bo‘lmaydi. Ehtiyoj ko‘ngildan kechib, ehtiyojni qondirishga intilish maqsadi ham anglaniladi, bunday anglanilgan ehtiyojlar tilaklar, orzuhavaslar deb ataladi, ammo odam o‘z intilishlarining maqsadini tasavvur qilganda ham shu maqsadga yetishish yo‘llari va vositalarini hali tasavvur qila olmasligi mumkin. Bunday to‘la anglanilmagan intilishlar (tilaklar, havaslar) ba’zan xayol surish, ba’zan esa amalga oshmagan orzu ko‘rinishida aks etadi. Ayrim odamlar maqsadga erisha olmagani tufayli armon qiladilar, o‘zlarini ham, tevarak- atrofdagi kishilarni ham ayblashga urinadilar, aslini olganda ular ko‘pincha yaxshi orzular qanotida parvoz qilishadi, lekin amalda yetarli darajada samarali faoliyat ko‘rsata olishmaydi.
Har bir kishining anglab, ko‘ngildan kechiradigan ehtiyojlari ko‘p, uning irodaviy harakatlari va intilishlari ham shunga mos bo‘ladi, mavjud ehtiyojlar kishining xilma-xil maqsadlarda doimo zohir bo‘lib turadi va unda ushbu maqsadlarga erishish va ularni ro‘yobga chiqarish istagi tug‘iladi.
Maqsad qo‘yish bilan bir vaqtda, unga erishish uchun qanday yo‘l tutish, qaysi usul hamda vositalardan foydalanish, to‘siqlarni yengib o‘tish masalasi kelib chiqadi.
Bir necha maqsadlar ko‘ngilga kelib, shulardan biriga turli yo‘l va usullar orqali erishish mumkin bo‘lsa, kishi muayyan bir maqsadni tanlab olishi va shu maqsadga yetish uchun zarur bo‘lgan yo‘lni tanlab olishi kerak. Shunga ko‘ra, shaxs o‘zining ijtimoiy foydali mehnat faoliyaitida, o‘quv faoliyatida, kundalik hayotdagi shaxsiy ishlarida, boshqa kishilarga bo‘lgan munosabatida ham o‘zining maqsad sari intilishlari va ixtiyoriy harakatlarini oldindan rejalashtirib oladi.
Irodaviy faoliyatni rejalashtirish murakkab aqliy faoliyat bo‘lib, aniq, muayyan va yaqqol maqsadni belgilash, shuningdek maqsadga erishish uchun eng to‘g‘ri usul va vositalarni qidirib topishdan iborat bo‘ladi, rejalashtirish jarayonida mumkin va zarur bo‘lgan harakatlar, yuzaga keladigan qiyinchiliklar va to‘siqlar hisobga olinadi, ishharakat natijalariga dastlabki baho beriladi.



Download 470,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish