55
yili kabi qator masalalarda bahsli jihatlar mavjud. Ana shunday mulohazalardan
biri Bahrom Go`r bilan ham bog`liq. Shoh Bahrom Sharq adabiyotida eng
mashhur siymolardan biri. “Bahrom Go`r yoki Varaxran V (Shohlik yillari 421-
438) – Eronda hukmronlik qilgan sosoniylardan Yazdigardning o`g`li. Yaman
podshohi No`mon va uning o`g`li Munzir tarbiyasida o`sgan...
Uning sevgan
mashg`uloti go`r (qulon) ovi bo`lganligi uchun ham u Go`r laqabini olgan”
1
.
Abdulqosim Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Ashraf,
Navoiy kabi ulug` shoirlar shoh Bahrom sujeti asosida asarlar yozganlar. Biz bu
o`rinda
Bahrom obrazi, u haqdagi asarlar xususida emas, balki Bahromning
laqabi bo`lgan “Go`r” so`zi haqida ayrim qaydlarni keltirmoqchimiz.
Ma’lumki, “Go`r” so`zi turlicha izohlangan. “Navoiy asarlari lug`ati” da
shunday yozilgan: “Go`r. 1.f.1. Yovvoyi eshak; 2. Shoh Bahromning laqabi”
1
.
Professor N.Mallayev talqinicha esa: “Rivoyatlarga ko`ra, u go`r qulon
(yovvoyi eshak) oviga o`ch bo`lgani uchun Bahrom Go`r
nomi bilan shuhrat
topgan ekan”
2
.
Bu parchada “Go`r” qulon” ekanligi aytilmoqda. Qulon nima? “O`zbek
tilining izohli lug`ati”da shunday berilgan; “Qulon. Otdan kichikroq, eshakdan
kattaroq, otdan ko`ra ko`proq eshakka o`xshab ketadigan yovvoyi hayvon,
yovvoyi xachir”
3
. “Go`r” bilan “qulon” bir tushunchani anglatishi “Navoiy
asarlari lug`ati”da ham ta’kidlangan: “Qulon. Tojik tilida “go`r” atalgan hayvon,
yovvoyi eshak”
4
.
Alisher Navoiy “Tarixi muluki Ajam” asarida quyidagi ma’lumotni
keltiradi: “Va ani Bahrom Go`r dedilar. Muning jihatin ba’zi dedilarkim, go`rni
sher sayd qilg`onda, aning o`qi ikisidan o`tib, yerga tegdi. Ba’zi debdurlarkim,
go`r ovig`a ko`p moyil erdi...”
5
.
9-sinf “Adabiyot” (Q.Yo`ldoshev v.b. Adabiyot. 9-sinf uchun darslik-
majmua. T., 2006. 94-bet), 10-sinf darsligi (B.Qosimov v.b. Adabiyot. 10-sinf
uchun darslik. T., 2004. 224-bet) da ham “Go`r” qulon deb o`tilgan.
Umuman, ko`pchilik “Go`r” deganda “qulon”, yovvoyi eshakni anglashi
ma’lum. Savol tug`iladi: Yovvoyi eshakni ov qilishdan maqsad nima?
Shunchaki
zavq olishmi, qon to`kishmi, merganlikni mashq qilishmi?
Bizningcha, bular yetarli asos bo`lolmaydi. Kiyik, yovvoyi echki, bug`u, quyon,
o`rdak, tustovuq, kaklik, bedana kabilarni sayd qilishdan ma’lum bir maqsad
bor. Tanovul qilish mumkin. Yovvoyi eshak na qadimda, na bugun iste’mol
qilinadi. Uning go`shti makruh.
1
O`zME. 1-tom. T., 2000. 669-bet.
1
Navoiy asarlari lug`ati. T., 1972. 171-bet.
2
Mallayev N. Alisher Navoiy va xalq ijodiyoti. T., 1974. 163-bet.
3
O`zbek tilining izohli lug`ati. II tom. Moskva, 1981, 616-bet.
4
O`sha asar, 745-bet.
5
Alisher Navoiy. Tarixi muluki Ajam. 16-tom. T., 2000. 235-bet.
56
Ayrim manbalarda “Go`r” ohu,
kiyik ekanligi, qulon esa cho`l kiyigi
ma’nosidaligi aytiladi. Professor H.Homidov fikricha, “Go`zal tabiatning ko`rki
bo`lgan uchqur ohu-Go`rni bir o`q bilan qonga belagan Bahrom Ozodadan o`z
hunarini baholashni istaydi”
6
. Bahrom sujetini chuqur o`rgangan, Nizomiy,
Dehlaviy, Navoiy asarlarini qiyosiy tahlil qilgan adabiyotshunos S.Hasanov ham
shu ma’noni qayd etib o`tadi: “Bahrom kuchli, dovyurak bo`lib voyaga yetadi.
Turli qurollardan mohirlik bilan foydalanishni o`rganadi, ov qilish san’atini
mukammal o`zlashtiradi, ayniqsa go`rlarni, ya’ni kiyiklarni ov qilishni juda
yaxshi ko`rar edi. Shuning uchun ham keyinchalik Bahrom – Bahrom Go`r
degan nomni oladi”
1
. 7-sinf “Adabiyot” darsligida “Ravshan” dostonidan parcha
keltirilgan. Dostonda shunday misralar bor:
Qulon yurmas yerlardan
Quvib o`tib boradi.
Bulon o`tmas yerlardan
Burib o`tib boradi
2
.
Shu yerdagi lug`atda “qulon” so`zi “cho`l kiyigi” tarzida berilgan. Biz
ham ana shu fikrlar tarafdori. “Go`r”, “qulon” so`zlari kiyik, ohu ma’nosiga ham
egaligini quyidagicha asoslaymiz:
1.Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar bunga dalil.
2.Nizomiyning “Haft paykar” asarida Bahrom Fitnaga o`z mahoratini
kiyik otib ko`rsatadi. Xusrav Dehlaviyda ham shunday. “Hasht bihisht”da
Dilorom Bahromga ota kiyikni ona kiyikka va aksincha tarzda o`z merganligini
ko`rsatishini so`raydi.
Asarda yozilishicha, Bahrom may bilan kiyik sonidan
bo`lgan kabobni yeyishni xush ko`rgan. Navoiyning “Sab’ai sayyor” ida ham
Bahrom Diloromga kiyik otib o`z mohirligini namoyish etadi. Demak, barcha
asarlarda Bahrom o`z mahoratini yovvoyi eshak emas, kiyik otib ko`rsatadi.
3.Bizni ushbu mulohazalarni yozishga
undagan va eng muhim asos
bo`ladigan misol Navoiyning “Sab’ai sayyor” idagi mana bu baytlar:
Lolagun go`rni shikor aylab,
Qonidin yerni lolazor aylab.
Lolazor ichra chun ichib mayi nob,
Go`r eti erdi bazmi ichra kabob
3
.
Bahrom “lolagun go`r”ni ov qilish uchun ko`p qon to`kadi. Kiyik loladek,
yer uning qonidan lolazor. Lolazorda mayi nob ichayotgan shoh uchun “Go`r eti
6
Homidov H. Boqiy bo`ston tarovati. T., 1986. 21-bet.
1
Hasanov S. Navoiyning yetti tuhfasi. T., 1991. 32-33-betlar.
2
Yo`ldoshev Q. va boshqalar. Adabiyot. 7-sinf uchun darslik-majmua. T., 2009. 148-bet.
3
Alisher Navoiy. Sab’ai sayyor. 20 tomlik. 10-tom. T., 1992. 353-bet.
57
kabob” edi. Ohu, kiyik go`shtini kabob qilish, yeyish mumkin. To`rtinchi misra
– “Go`r eti erdi bazmi ichra kabob” deyish – ko`p narsani oydinlashtiradi.
Xulosa shuki, endilikda chop etiladigan darslik, qo`llanmalarda “Go`rni” –
yovvoyi eshak deb emas, kiyik yoki kiyikning bir turi deb izohlash to`g`ri
bo`lardi. Shunda o`quvchilar “Go`r” so`zining turlicha talqini o`rniga mantiqqa
yaqin, asosli ma’nosini anglagan bo`lardi.
Do'stlaringiz bilan baham: