1 – quvur; 2 – gayka; 3 – korpus; 4 – ulitka; 5 – sovuq tomonda sovuq havo fraktsiyasi generatori; 6 – gayka; 7 – quvur; 8 – drosselь; 9 – krestovina;
10 – qoplama.
Uyurmali quvur quyidagicha ishlaydi, havoni soplodan oqib chiqqanligi natijasida yuzaga kelgan aylanma uyurmali oqimning ustki qatlami ancha sovib, diafragmaning teshigi orqali sovuq oqim sifatida chiqib ketadi, bir vaqtning oʼzida ichki qatlam qizib, drossel orqali issiq oqim sifatida oqib chiqadi [6,7].
Kompressorning samaradorligini oshirish va uyurmali quvur yordamida havo bilan tozalab burgʼilashda, texnologik jarayonlarni issiqlik bilan taʼminlash xarajatlarini kamaytirish uchun uyurmali quvurning issiq tomonidan chiquvchi va ichki yonuv dvigatelining issiqligini utilizatsiya qilish qurilmasi ishlab chiqilgan (5-rasm). Qurilmaning yangiligi 26.06.2019 yildagi FAP 01311-sonli Oʼzbekiston Respublikasida foydali model uchun olingan patent bilan himoyalangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |