Naviy-marifiy sohadagi islohotlar fanidan mustaqil ish



Download 33,1 Kb.
bet1/4
Sana31.03.2022
Hajmi33,1 Kb.
#522108
  1   2   3   4
Bog'liq
ISMAGULOVA IMMSI


MA'NAVIY-MARIFIY SOHADAGI ISLOHOTLAR FANIDAN

MUSTAQIL ISH


MAVZU: Ajdodlar merosiga munosabatning òzgarishi




18/2 guruh Ismagulova Muborak
Buyuk ajdodlarimizning ma’naviy jasorati – kelajak avlod 
uchun tarbiya va ibrat manbai
 
O’zbekiston xalqi ko’pni ko’rgan, yelkasida tarix sinovlarini, ijtimoiy 
xulosasini yelkalagan, o’ziga ham o’zgalarga ham tinchlik, osoyishtalik, farovon 
hayotni tilab kelgan, shu niyatda butun insoniyat tsivilizatsiyasi rivojiga munosib 
hissa qo’shgan xalq. 
Bugun ham xalqimiz ota–bobolarimizdan meros bo’lib qolgan 
o’zining ana shu ezgulik bayrog’ini qo’lidan tushirgani yo’q.
 
Butun dunyoda buyuk ajdodlarimizga hurmat–ehtirom, ularning boy ilmiy 
merosini o’rganishga qiziqish hamisha yuqori bo’lgan. Buning tasdig’ini turli 
mamlakatlarda ularning hayoti va faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar 
yaratilgani, ulug’ ajdodlarimiz xotirasiga yodgorliklar barpo etilganida ham ko’rish 
mumkin. Belgiya va Latviyada Ibn Sinoga, Latviyada Mirzo Ulug’bekka, 
Yaponiya, Rossiya va Ozarbayjonda Alisher Navoiyga, Misrda Ahmad 
Farg’oniyga o’rnatilgan haykallar xalqimiz tarixiga chuqur hurmat ifodasidir. 
O’rta asrlarda yashab ijod qilgan, jahon tsivilizatsiyasi rivojiga bebaho hissa 
qo’shgan SHarq allomalari va mutafakkirlarining qomusiy bilimlari oldida 
hayratlanamiz. Afsuski, o’sha tarixiy davrlarda yuz bergan har xil fojialar, 
urushlar, tabiiy ofatlar natijasida ular qoldirgan buyuk merosning bir qismigina 
bizgacha yetib kelgan, xolos. Tarixning zulmat va jaholat hukmronlik davrlarida 
olimlarning quvg’in va ta’qibga uchrashi, shunday paytda ham irodali va qatiyatli 
bo’lib o’z maqsadi va intilishidan qaytmasligini o’sha davrni jasorati siftida e’tirof 
etish mumkin. 
SHarq xalqlarining o’rta asrlarda erishgan yutuqlari umuman badiiy 
tafakkurning barcha sohalariga kuchli ta’sir ko’rsatgan: matematika va 
astronomiyadan boshlab she’riyat va nasrgacha G’arbiy uyg’onish davrida ijod 
qilgan mashhur Yevropa olim va yozuvchilarining asarlarida SHarq Qur’oni karim 
va hadislarga, Xorazm, Buxoro va Samarqandda yashagan fan va ta’lim 
namoyandalariga, bu yerda tashkil topgan ilmiy va adabiy muhit, mazmun va 
janrlarga, devonu ruboiylarga, arab va fors tilida bitilgan xatlarga murojaatlar 

ko’pdan–ko’p uchraydi, jumladan, “algebra” va “meditsina” so’zlarigacha. 


O’rta asrlardagi SHarq madaniyatini o’rganish globallashuv davrida yanada 
dolzarblashmoqda. Bugungi kunning muhim vazifalaridan biri – o’rta asrlar 
tajribasiga yana bir bor murojaat etib, ming yillik sinovlaridan o’tgan ijobiy natija 
va madaniy boyliklarni to’laroq o’zlashtirish, insonparvarlik g’oyalaridan samarali 
foydalanishdir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bu haqda shunday 
yozadi: “Eng muhim vazifa shundan iboratki, o’zligimizni teran anglab, mutafakkir 
bobolarimiz, aziz–avliyolarimiz qoldirgan bebaho merosni asrab–avaylab, yanada 
boyitishimiz, ulug’ ajdodlarimiz ishining munosib davomchilari bo’lmog’imiz 
darkor”


O’zaro qarama–qarshiliklar, to’qnashuv va nizolarning birinchi qurboni 


sifatida bilimlar manbai hisoblangan bebaho qo’lyozma va kitoblar jabr ko’rgan. 
Qadimgi dunyodagi eng ulkan hisoblangan Aleksandriya kutubxonasi, Mirzo 
Ulug’bekning noyob kutubxonasi yo’q qilib yuborilishi o’sha davrning eng 
ayanchli hodisalari bo’lgan. Afsuski, bunday achinarli holat to’g’risida ko’plab 
misollarni keltirish mumkin. 
XIII asrning boshlarida mo’g’ullar bosqini Movarounnahrdagi ilm–fan 
rivojiga katta zarba berdi va fan taraqqiyotiga katta salbiy ta’sir ko’rsatdi. 
Mo’g’ullar masjid va madrasalarga o’t qo’yib, olimu ulamolarni qatl qilganlar yoki 
qul qilib olib ketganlar. Muqaddas va ilmiy kitoblar yo’q qilingan. Manbalarda 
aytilishicha, mo’g’ul hukmdori Xulaguxon Bag’dod shahrini bosib olganidan 
keyin bu shahardagi barcha kitoblarni Dajla daryosiga tashlab yubortirgan ekan. 
Kitob siyohi suvga chiqib daryodagi suvning rangi o’zgargan va xuddi qon 
aralashgan suvga o’xshab qolgan. Natijada odamlar ancha vaqt mobaynida daryo 
suvini icha olmaganlar. Xuddi shunday ishlar Samarqand, Buxoro va Urganch 
shaharlarida ham yuz bergan. Bu shaharlardagi madrasalar qoshidagi kutubxonalar 
butunlay yo’q qilingan. 

O’lkamizga uyushtirilgan turli davrlardagi ko’plab bosqinlar, yovuzliklar 


natijasida ajdodlarimizdan bizga meros bo’lib qolgan ko’plab madaniy boyliqlar, 
beqiyos durdonalar, noyob kitoblar yo’q bo’lib ketdi. 
O’rta asrlarda Xorazm diyoridan olis Arabistonga borib, arab tili 
grammatikasini mukammal tarzda ishlab chiqqan, ilm–fanning ko’plab boshqa 
sohalarida ham shuhrat qozongan Mahmud Zamahshariy bobomizni esga olaylik. 
O’zining jismoniy nogironligiga qaramasdan, dunyoning ko’plab mamlakatlariga 
mashaqqatli safarlar qilgan, teran bilimi va ilmiy salohiyati bilan butun islom 
olamini lol qoldirgan bu zot, hech shubhasiz, xalqimiz uchun ma’naviy yetuklik 
timsoli bo’lib qolaveradi. 
SHu 
o’rinda, bir narsani alohida ta’kidlashimiz lozimki, ulug’ 
ajdodlarimizdan qolgan noyob merosning katta qismi xorijiy mamlakatlarga olib 
ketilgan. Bugungi kunda bu noyob meros dunyoning yirik kutubxonalari, muzeylari 
va kollektsionerlarning bebaho mulkiga aylangan. 
Biroq ana shunday fojiali va ayanchli sinovlarga qaramasdan, alloma va 
mutafakkirlar o’zlarining ilmu fan rivoji yo’lidagi mas’uliyati, insonparvarligi va 
ma’rifat g’oyalariga sodiqligini to’la namoyon etganlar. 
Buyuk allomalarimizning ilm–fan sohasiga baxshida etgan umri, erishgan 
yutuqlari va kashifiyotlari bugungi ma’rifatli insoniyatni hayratga solmoqda. 
Ularning o’ta qiyin sharoitalarda ham huzur–halovtdan kechib, jamiyat taraqqiyoti 
yo’lidagi say harkatlari ma’naviy jasorat bo’lib, ularning oldida faxr–iftixor bilan 
ta’zim qilamiz. Bugun o’rta asrlar SHarq daholarining buyuk kashfiyotlaridan 
iborat ilmiy merosi chuqur va to’liq o’rganilmoqda va tadqiq etilmoqda. 
Milliy madaniyatimizga, jahon tsivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan 
bobokalonlarimizning ma’naviy merosi xalqimizga qaytarildi, tavallud topgan kunlari 
butun mamlakatda xalqaro miqyosda YuNESKO bilan hamkorlikda 1991 yil – 
Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi, 1994 yil – Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 
yilligi, 1996 yil – Amir Temur tavalludining 660 yilligi, 1997 yil – Buxoro va Xiva 
shaharlarining 2500 yilligi, 1998 yil – Ahmad Farg’oniy tavalludining 1200 yilligi, 
1998 yil – Imom al–Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, 1999 yil – Jaloliddin 

Manguberdi tavalludining 800 yilligi, “Alpomish” eposining 1000 yilligi, 2000 yil – 


Burhoniddin Marg’inoniy tavalludining 910 yilligi, Imom Moturidiy tavalludining 
1130 yilligi, Kamoliddin Bexzod tavalludining 545 yilligi, 2001 yil – “Avesto” 
yaratilganining 2700 yilligi, 2002 yil – Termiz shahrining 2500 yilligi, SHahrisabz 
shahrining 2700 yilligi, 2003 yil – Abduxoliq G’ijduvoniy tavalludining 900 yilligi, 
2006 yil – Qarshi shahrining 2700 yilligi, Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 
yilligi, 2007 yil – Marg’ilon shahrining 2000 yilligi, Samarqand shahrining 2750 
yilligi keng nishonlandi. 2009 yili Toshkent shahrining 2200 yilligi keng nishonlanib, 
unga “Mustaqillik” ordenining berilishi yangi tariximizdagi ulkan voqea bo’ldi. 
Islom konferentsiyasi tashkiloti qoshidagi ta’lim, fan va madaniyat masalalari 
bo’yicha muassasasi (AYSESKO) tomonidan Toshkent shahriga 2007 yilda “Islom 
madaniyati poytaxti” degan nom berilishi mamlakatimiz hayotidagi ulkan madaniy–
ma’naviy voqea bo’lib, xalqimiz tomonidan katta quvonch bilan kutib olindi. SHarq 
darvozasi deb nom olgan azim poytaxtimizning ana shunday yuksak maqomga erishgani 
nafaqat xalqimizga, ayni vaqtda yaqin va uzoqdagi do’stlarimizga ham g’urur va iftixor 
bag’ishlamoqda. 
Yurtimizdan yetishib chiqib, islom olamida shuhrat qozongan allomalar – 
Bahouddin Naqshbandning 675 (1993 yil sentyabrь), Xoja Ahror Valiyning 590 
(1995 yil noyabrь), Mahmud Zamahshariyning 920 va Najmiddin Kubroning 850, 
Imom Buxoriyning 1225 va Ahmad Farg’oniyning 1200 (1998 yil oktyabrь), 
Imom Motrudiyning 1130 va Burhonuddin Marg’inoniyning 910 (2000 yil 
noyabrь) yillik yubileylari keng nishonlandi, ularning nomi bilan bog’liq qadimiy 
qadamjolar obod qilindi. 

Download 33,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish