Ислом Каримов
saqlash, madaniy, ma’naviy–ma’rifiy hayotimizni yuksaltirish, yosh avlodni
Vatanga muhabbat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida
tarbiyalash borasidagi ulkan xizmatlari uchun hamda 2200 yillik yubileyi
munosabati bilan Toshkent shahri “Mustaqillik” ordeni bilan mukofotlandi.
Prezidentimiz Islom Karimov ushbu yuksak mukofot – “Mustaqillik” ordenini
azim poytaxtimiz bayrog’iga qadab qo’yganida barchamizning qalbimiz g’urur–
iftixor tuyg’ulariga to’ldi.
Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobida
ta’kidlanganidek, “Har qaysi xalq milliy qadriyatlarini o’z maqsad–muddaolari,
shu bilan birga, umumbashariy taraqqiyot yutuqlari asosida rivojlantirib, ma’naviy
dunyosini yuksaltirib borishga intilar ekan, bu borada tarixiy xotira masalasi
alohida ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, tarixiy xotira tuyg’usi to’laqonli ravishda
tiklangan, xalq bosib o’tgan yo’l o’zining barcha muvaffaqiyat va zafarlari,
yo’qotish va qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o’rganilgan
taqdirdagina chinakam tarix bo’ladi”.
9 may kunini mamlakatimizda “Xotira va qadrlash” kuni sifatida nishonlashga
qaror qilingani, hech shubhasiz, yurtimizda tarixiy xotirani to’laqonli tiklash
yo’lida hayotning o’zi taqozo etgan yana bir jiddiy qadam bo’lganini aytish lozim.
SHu munosabat bilan poytaxtimizda, viloyat va tumanlarda sovet mafkurasini
o’zida ifoda etgan eski yodgorliklar o’rniga xalqimizning ruhi va qarashlariga
hamohang bo’lgan Xotira maydonlari tashkil etilib, Motamsaro ona haykali
o’rnatildi.
Ana shu maydonlarda barpo etilgan yodgorlik majmualarida Ikkinchi jahon
urushida halok bo’lgan yurtdoshlarimizning nomlari maxsus ishlangan lavhalarga
zarhal harflar bilan yozib qo’yilgani, ular haqidagi ma’lumotlar jamlangan 35
jilddan iborat “Xotira” kitobi chop etilgani, aytish mumkinki, mamlakatimiz
tarixida ibratli ma’naviy voqea bo’ldi.
Axir faqatgina O’zbekistonning o’zida kitob fondlarida 100 mingtadan ziyod
qo’lyozma asarlar saqlanmoqda. Ularning asosiy qismi YuNESKOning Madaniy
meros ro’yxatiga kiritilgan. O’rta asrlar SHarq allomalari va mutafakkirlarining
qo’lyozmalari Yevropa va Osiyoning Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Rossiya,
Frantsiya,
Misr,
Hindiston,
Eron
va
boshqa
ko’plab mamlakatlaridagi
kutubxonalarning “oltin fond”ini tashkil etadi.
Ma’lumki, har qaysi jamiyatning demokratik nuqtai nazardan yangilanishi va
yuksalishi shu jamiyatning, shu davlatning taraqqiyoti mahsulidir. O’zbekiston o’z
kuchiga, aqlu zakovatiga ishonib, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot
qurmoqda. Kishilarimizda o’zining aqlu idrokiga, intellektual salohiyatiga,
yaratuvchilik kuchiga, ma’naviyatiga ishonch uyg’ondi. Xalqimizda, fuqarolarimizda
milliy o’zligini anglash va namoyon etish istagi barqaror qadriyatlarga aylanib
mamlakatimizda kechayotgan demokratik jarayonlarga va chuqurlashayotgan
islohotlarga ma’no, yo’naltiruvchilik ruhiyatini baxsh etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |