Tadqiqotning amaliy natijalari kuyidagilardan iborat:
Engil atletika mashg‘ulotlarini harakatli o‘yinlardan va zamonaviy uslublardan foydalanishni o‘rgatish ketma-ketligi tadbiq etildi va gimnastika darslari yanada takomillashtirilgan;
Bulajak engil atletikachilarnining jismoniy tayyorgarligini oshirishda gimnastika va harakatli o‘yinlardan foydalanish texnologiyasi ishlab chiqildi va o‘quv jarayoniga kiritilgan;
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Bulajak engil atletikachilarni saralash va yunaltirishning zamonaviy usullarini va engil atletikaning turli shakllarini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar: L.P.Matveev; V.M.Smolevskiy; B.K.Ivlieva; YU.V.Menxin, A.V.Menxin; P.K.Petrov; S.F.Bruxin; L.M.Alekseeva; F.A.Allaxverdiev; G.A.Aksyonov; V.K.Spirinlarda mavjud bo‘lib, ularda mashqlar tasnifi, dars o‘tkazish usuliyati va mashqlarni bajarish ketma-ketligi, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlari bulajak engil atletikachilar uchun mos bo‘lgan yangi texnologiyalar ishlab chiqilgan, lekin aniq ma’lumotlar va ko‘rsatmalar berilmaganligi sababli amaliyotga kirib kelmagan.
SH.X.Xonkeldiev; T.S.Usmonxadjaev; M.N.Umarov, N.X.YAkubova; F.Xo‘jaev, T.S Usmonxujaev; A.K.Eshtaev; D.D.SHaripova, A.Musurmonova, M.Toirova; J.X.Umarov; G.M.Salimov; R.S.Salomov ishlarida o‘quvchilarning xarakat faolligini oshirish uchun jismoniy tarbiyaning turli vositalaridan foydalanish, bulajak engil atletikachilarda jismoniy tarbiya, gimnastika nazariyasi va uslubiyati fanining ahamiyati katta ekanligini e’tirof etadilar.
Biroq bu tadqiqot ishlarida bulajak engil atletikachilarning mashg‘ulotlarida zamonaviy uslublarlardan foydalanish masalalari ko‘rib chiqilmagan. K.M.Maxkamjonov, F.N.Nasriddinov; T.S.Usmonxujaev, X.A.Meliev; M.N.Jukov; N.I.Drekleeva; V.A.Lepeshkin; T.S.Usmonxujaev, SH.X.Isroilov, A.A. Po‘latov va boshqalar o‘z manbalarida engil atletika mashqlarini o‘rgatishda harakatli o‘yinlarning aloxida ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tishgan.
Maxsus adabiyotlar bulajak engil atletikachilarni saralash va yunaltirish va yunaltirishning zamonaviy vositalaridan foydalanish masalalari etarlicha o‘rganilmaganligini aniqlashga imkon berdi. SHunday qilib, mazkur ish yuzasidan tadqiqotlar ko‘p bo‘lishiga qaramay, yuqoridagi manbalarda bulajak engil atletikachilarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish va sog‘lig‘ini mustaxkamlashda engil atletika vositalarining qo‘llanilish muammosiga doir tavsiyalar berilgan. Mazkur tadqiqot kelgusida bulajak engil atletikachilarnisaralash va yunaltirshning zamonaviy uslublari rivojlantirishga tegishli mavzularni o‘rgatishda muxim manbaa bo‘lib xizmat qilishi bilan dolzarblik kasb etadi. Vaxolanki, shu kunga qadar bulajak engil atletikachilarni saralashda zamonaviy uslublarini rivojlantirishga oid ilmiy asoslangan mustaqil tadqiqot amalga oshirilgan va bu xolat mavzuning dolzarbligini belgilashga asos bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |