ISHNING ILMIY YANGILIGI: PVX ikkilamchi mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologik jarayonlar va parametrlar to‘liq nazorat qilinib, uning asosida kompozitsion materiallar olish usullari tahlil qilinadi va o‘rganib chiqiladi.
Polimer kompozitsion materiallar uchun ishlatiladigan pereparatlardan foydalaniladi va tahlil natijalari o‘rganib chiqiladi. PVX ikkilamchi mahsulotlari asosida olingan kompozitsiyalar turli sharoitlarga qo‘llanilib, ularning optimal variantlari aniqlanadi;
mahalliy preparatlari bo‘lgan kompozitsiyalar bilan ishlov berilgan tayyor mahsulotning kimyoviy, fizik – mexanik xossalari o‘rganiladi.
olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan texnologiyaning iqtisodiy samaradorligi aniqlanadi.
TADQIQOT MAVZUSI BO‘YICHA ADABIYOTLAR SHARHI Adabiyotlar tahlilidan kelib chiqib, Respublikada mavjud korxonalar ishlab chiqaradigan polimer mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyalarni o‘rganib chiqib, eng maqbul polimer mahsulotlari qurilishda qo‘llaniladigan afzallik tomonlarini o‘rganib chiqish va ularni qurilish uchun qo‘llanilish sohalari va xossalarini tadqiq qilishni o‘z oldimga vazifa qildim.
TADQIQOTNI FARAZLARI, MASALALARI. Ilmiy tadqiqot ishida Respublikamiz kimyoviy sanoati tomonidan ishlab chiqariladigan qurilish uchun qo‘llaniladigan polimer materiallarning kimyoviy va fizik-mexanik xossalarini aniqlash usullari tadqiq etishdan iborat.
TADQIQOT NATIJALARINING NAZARIY VA AMALIY AHAMIYATI Respublikamizda ishlab chiqariladigan qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun qo‘llaniladigan kompozitsiyalar tarkibida asosan reaksion faol PVX ishlatiladi. Bu materiallar o’z yurtimizda ishlab chiqarilsada bu juda katta xarajatni talab qiladi. Shu munosabat bilan respublikamizda mavjud korxonalarida ishlab chiqarilayotgan ikkilamchi PVX xomashyolarini qo‘llab ham iqdisodiy ham ekologik samaradorlikka erishilgan.
Qurulish materiallari olish uchun tarkibida maxalliy preparatlari boʼlgan PVX asosida kompozitsiyalar xossalarini takomillashtirish va tarkibidagi ko’p funksionalli to’ldiruvchilar qo’llash orqali iqtisodiy samaradorlikka erishish
KIRISH O’zbekistonning ilmiy va texnologik salohiyatini rivojlantirish uchun, qulay shart sharoitlar yaratish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalardagi islohotlarning strategik vazifalari va ustivor yo’nalishlarga muvofiq,hamda, mamlakat ilmiy texnikaviy taraqqiyotini ta’minlash,olib borilayotgan ilmiy,texnikaviy taraqqiyotlar saviyasini ,sifatini samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning asarlari “ Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” deb nomlangan to’rtinchi jildining birinchi bo’limi “Xalqimizning hayot darajasi va sifatini yangi bosqichga ko’tarish- eng muhim vazifamiz” deb nomlangan.
Shu maqsadda hozirgi vaqtda mustaqil O’zbekiston Respublikasining iqtisodiyotini ko’tarish va import mahsulotlari va xom ashyolarning kirib kelishini kamaytirish uchun polimerlarda relassatsion hodisalar mexanizimi va issiqlik hususiyatlarini o’rganish polimerlar sifatini oshirishning ularning emiruvchanligini mustahkamlashning muhim asosi hisoblanadi.[1] Hozirgi vaqda xalq xo’jaligining biron tarmog’I yo’qki unda kimyo fani kirib bormagan bo’lsin. Masalan xalq xo’jaligida ishlatiladigan PVX quvurlar,plyonkalar ,elektr izolatsion materiallar,penoplastlar,turli aparatlarning detallari,turli uy ro’zg’or buyumlari va shunga o’xshash ko’plab mahsulotlar polimerlar hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining asosiy maqsadi ilmiy-texnik jarayonni tezlashtirish, rivojlanishdagi jadallik yo‘liga o‘tish, import o‘rnini bosuvchi va ekspertbop xom-ashyo va materiallar ishlab chiqarish xisoblanadi.Bundan tashqari tibbiyot va sog’likni saqlashda turli xil tabiiy va suniy polimerlardan foydalanib kelinmoqda masalan ko’z kasalliklari jarrohligi ,ichki organlar jarrohligi, qon o’rnini bosuvchi hamda davolash hususiyatiga ega bo’lgan dorivor polimerlar shular jumlasidandir. Polimer mahsulotlar ishlab chiqarish davlatimiz iqtisodiyoti rivojlanishida muxim rollar o‘ynaydi. O‘zbekiston polimer sanoatining jadal suratdagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishi mavjud texnologik jarayonlarda energiya va resurlarni tejash rejalarini takomillashtirish yoki yangi rejalar, yuqori fizikaviy mexanik va foydalanish xossalariga ega bo‘lgan ma’lum polimer va materiallarni fizikaviy kimyoviy uslublardan ishlab chiqarish yoki mavjud ishlab chiqarish uslublarini takomillashtirishni belgilab beradi.
Bu, avvalo, polimer va materiallar ishlab chiqarish va fizikaviy kimyoviy uslubda modifikatsiyalash bilan ulardan yuqori mustaxkamlikka ega bo‘lgan konstruksiyalar, detallar va qoplamlar olishga tegishlidir.
Ma’lumki polimerlarni turli fizik xossalari (mexanik, elektrik, magnit, optik, issiqlik) ularni struktura tuzilishi va zanjirlarini o’ziga xos tuzilishiga bog’liq bo’lgan molekular xarakatchanlik jarayonlar bilan belgilanadi.
Amorf chiziqsimon polimerlarda ustqurma strukturasini molekulalararo kuchlar bilan bog’langan molekulyar to’r fizik tugunlari tashkil qiladi. Elastomerlarni kimyoviy choklab yoki qatronlarni qotirib hosil qilingan polimerlarda molekulalar o’zaro mustaxkam bog’ bilan birikkan bo’ladi. Bu ikki xil polimerlarni tuzilishini turlichaligi relaksatsiya jarayonlarini xam turlicha kechishiga olib keladi. Relaksatsiya-lotincha suz bo’lib, «susayish», kuchlanishni kamaytirish, dam olish degan ma’nolarni anglatadi.Relaksatsiya jarayoni bu ichki kuchlar ta’sirida sistemani nomuvozanat xolatdan termodinamik muvozanat xolatiga o’tish jarayonidir, bu muvozanatni vaqt davomida tiklanish jarayonidir. Muvozanatga kelish tezligi sistemani bir muvozanat xolatidan boshqasiga o’ta olish extimolligiga bog’liq. O’tish sabablari turlicha, masalan suyuqliklarda issiqlik xarakati ta’sirida molekulalarni to’xtovsiz qayta guruxlanishi (bir joyda ikkinchi joyga ko’chishi) kuzatildi. Polimerlar esa ma’lumki bir biridan o’lchamlari va xarakatchanligi bilan farq qiluvchi turli xil struktura elementlari: zanjir, zveno irmoqlari va zanjirlarni o’zidan tashkil topgan. Zveno o’lchamlari quyi molekulyar birikma o’lchamlariga yaqin. Agar zvenolar bir biri bilan zanjir bo’lib birikmagan bo’lganda, ularni issiqlik xarorati ta’sirida xarakatchanligi xuddi quyi molekulyar birikmalar xarakatchanligiga o’xshash bo’lgan bo’lar edi. Zvenolar zanjirda kimyoviy bog’ bilan bog’langanligi uchun ularni xarakati chegaralangan bo’ladi. Yuqori molekulali birikmalar yuqori elastik xolatida xarakatchanlik juda katta, shuning uchun zvenolarni qayta guruxlanishi sezilarli tezlikda amalga oshadi. Polimer zanjirlari o’lchamlari juda katta bo’lganligi uchun kam xarakatchanlikka ega va ularda relaksatsiya vaqti juda katta bo’ladi.[3.4]
Demak vaqt mobaynida sistemani muvozanatga kelishi relaksatsion jarayon deyilib, unga eritilgan modda bir tekis taqsimlanmagan kontsentratsiyasini diffuziya natijasida to’g’rilanish, elektr maydonida dielektrik molekulalarini orentatsiyalanishi kabilar kiradi.
Hozirgi vaqtda polimer materiallar va ular asosidagi qoplamalarni yaratish va fizikaviy kimyoviy takomillashtirish soxasida ko‘plab ilmiy-tekshirish ishlari olib borildi, sanoatning turli jabxalarida foydalnish uchun polimer qoplamlar va materiallar ishlab chiqildi.
Lekin, hozirgi vaqtga qadar yuqorida aytib o‘tilgan polimer material va qoplamalarning eskirishga mustahkamligi kamligi bois abraziv yeyilish sharti bo‘yicha ishlatiladigan mashina va mexanizmlarda qo‘llanilishi bo‘yicha kam o‘rin egallamoqda. Ko‘rsatib o‘tilgan xossalar polimerlarninig fizikaviy, asosan radiatsion (qaysiki ular yetarli darajada o‘rganilmayotgani bois polimer va qoplamalarni radiatsion qayta ishlash ishlab chiqarishda foydalanishi keng bo‘lmoqda) qayta ishlov berish usulida takomillashtirish hisobiga yaxshilanishi mumkin.
Shu sababli, polimer materiallar va qoplamalarga γ-nurlarda qayta ishlov berish ta’siri, ularning fizikaviy kimyoviy va foydalanish xossalariga ta’sir ko‘rsatishi va ularni kompleks γ-nurlarda radiatsion qayta ishlashning optimal texnologik parametrlarini ishlab chiqilishi bo‘yicha kompleks tatqiqotlar o‘tkazish dolzarb muammo hisoblanadi[1,2].
So‘nggi yillarda fizik modifikatsiya, jumladan elektromagnit ultratovush va radiatsion modifikatsiyalash keng tarqaldi.
Biroq, hozirda fizik modifikatsiya ta’siri, jumladan, radiatsion qaya ishlov berish texnologik parametrlari, ularning polimer materiallar va ular asosidagi qoplamalar foydalanish xossalariga ta’sir ko‘rsatishi bo‘yicha tatqiqotlar kam o‘tkazilgan. Polimer va qoplamalar radiatsion ta’sirlari rejimlari va optimal retsepti tanlovi xisobiga ularning uzoq muddatliligining sezilarli darajada oshishi imkoniyatlari o‘rganildi. Polimer materiallar va qoplamalarning abraziv muhitda foydalanish shartlari rejimi texnologik parametrlariga bog‘liq bo‘lgan eskirish prinsiplari amaliy o‘rganilmagan. γ-nurlalarda modifikatsiyalangan polimer va qoplamalarni sanoatning turli sohalarida keng ko‘lamda o‘zlashtirish uchun ilmiy-asoslangan tatqiqotlar o‘tkazish va qoplamalarning optimal γ-nurlanish rejimi texnologik parametrlarini aniqlash,bundan tashqari tegishli polimerlar va to‘ldiruvchilar tanlovi talab etiladi.