2.2 PVX NING ISHLAB ChIQARISh USULLARI
Hozirgi vaqtda dunyoda PVX olishda to‘rt usul mavjuddir: eng avval ishlab chiqilgan usul vinil xloridni suspenziyasi tayorlanadi. Bu usul bilan olinadigan PVX suspenzion PVX deyiladi
Ma’lumki, ishlab chiqarishda ishlatiladigan PVX aniq bir zichlikka ega bo‘lishi kerak. Ko‘plab o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki 1350-1460kg/m3 zichlikka ega bo‘lgan qattiq PVX vinilxloridni 1500–2500 atmosfera bosimda siqilganda, shunda radikal polimerlanish mexanizmi bo‘yicha hosil bo‘lar ekan. (1-rasm). Sanoatda ishlatiladigan PVXning molekulyar massasi 30000-150000 gacha. Kristallik darajasi 10%dan oshmaydi.
Rasm. PVXning zichligininng bosimga bog’likligi.
Ikkinchi va uchinchi usullar vinil xlorid gazini past bosimda maxsus katalizatorlar yordamida polimerlashga uchratiladi.
Bulardan tashqari, to‘rtinchi usul eritma muhitida maxsus katalizatorlar ishtirokida gomo- va sopolimerlarini sintez qilish usuli bo‘lib, bunda olinadigan polimerlar chiziqsimon tuzilishga hamda past, o’rta va yuqori zichlikka ega bo‘ladilar.
Texnologiya jarayonini takomillashtirish natijasida, yuqori va past bosimda -olefinlar bilan sopolimerlash natijasida olingan PVXni zichligi 1350 dan 1460 kg/m3 gacha o‘zgartirilishi mumkin.
Suspenziyada olinadigan PVX jami hozir ishlab chiqariladigan PVXni taxminan 70% dan ortig’ini tashkil etadi. Bu PVX asosan qurulish materiallari va avtomobilsozlikda ishlatiladi. PVX ning bir qancha yaxshi xususiyatlari bor: u tarkibidagi xlor evaziga(taxminan 56%) yuqori haroratga bardoshliva deyarli yonmaydi.130-150 lC da sekin 170 0C da tez destruksiyaga tarkibidagi vodorod xloridni ajratish hisobiga uchraydi.Yuqori tiniqlikka va tozalikka (tarkibida boshqa moddalar - birikmalar yo‘q) ega va hokazo. Bu PVX asosida qurulish materiallari olishdan tashqari qalin devorli elastik buyumlar olish, kabellarni izolyatsiya qilishda keng foydalaniladi. Yana shuni aytib o‘tish kerakki, bu texnologik usul bilan vinil xlorid qutbli monomerlar (vinilasetat, akril birikmalari) bilan sopolimerlash orqali olingan PVX yuqori elastik xossaga egadir.
PVX olish usullarini tanlashda usulni texnik-iqtisodiyot ko‘rsatkichlariga katta axamiyat berish kerak. Bu boradagi yakunlovchi ko‘rsatgich, bu usulga qancha kapital sarf qilinganligi va PVXning tannarxi bilan aniqlanadi.
Usullarni taqqoslashda, yana bir ko‘rsatgich xom ashyoga sarf qilingan mablag‘ va texnologik uskunalarni saqlashga va tahmirlashga sarflanadigan pul bilan o‘lchanadi.
PVX ilk bor 1835-yilda, Reno tomonidan gazsimon moddaning nur ta’sirida kukunsimon moddaga aylanishini aniqlagan. Keyinchalik, 1872-yilda Bauman tomonidan vinilxloridning polimerlanishi o’rganilgan.
Oradan 40yil o’tgach Ostromislenskiy va Klatte polivinilxloridning fotopolimeriatsiyasini sanoat miqyosida ishlab chiqarishni taklif qilgan. Keyinchalik PVXni initsiator yordamida temperatura va erkin radikal yordamida polimerlanishi kashf qilingan.
1930-yilda , ilk bor kukun shaklidagi PVX ni polimerlanishi kashf qilingan, keyingi qadam, PVXni suspensiyada polimerlanishi bo’lgan.
Bu olinish usuli sanoat miqyosida eng ko’p tarqalgan usuldir.
Issiqlik va mexanik ta`sirlar ostida polivinilxloridda degidroxlorlanish, oksidlanish, destrukitsiya, tikilish kabi jarayonlar keta-di. Polimerni o`z xossalarini yo`qotishiga olib keladigan asosiy reaktsiya - HCl ni ajralib chiqishidir. Destruksiyani oldini olish maqsadida polivinilxloridga barqarorlovchi moddalar qo`shiladi. Oksidlanishni oldini oluvchilar sifa-tida fenol va karbamidni turli hosilalari ishlatiladi. Xona qaroratida polivinilxlorid qattiq va mustaqkam polimerdir.
U turli xil plastifikatorlar bilan yaxshi aralashadi. Texnikada polivinil-xlorid antikorrozion material sifatida ko`plab ishlatiladi. Yaxshi elektr-dan izolyatsiyalash xossasi, uni kabellar ishlab chiqarishda ko`plab ishlati-lishiga sab
Do'stlaringiz bilan baham: |