Granulaga aylantirish
PVXni granulaga aylantirish ekstrudor yordamida oshiriladi. Buning uchun ekstrudordan chiqayotgan oquvchan PVX maxsus moslamadan (filtrdan) o‘tkazilib undan uzunasiga silindr kesimga ega bo‘lgan “arqon” olinadi. Bu uzluksiz “arqon” maxsus pichoqlar yordamida qirqib granulaga aylantiriladi va uni suv bilan aralashtirib sovutiladi. Sovugan granula suv bilan birga maxsus apparatga yuboriladi va unda yuvib quritiladi. qurigan granulaga xar xil qo‘shimchalar (prisadki), aktioksidantlar, quyosh nuridan saqlagichlar va boshqalar qo‘shilib tovar holatiga keltiriladi. qoldiq PVX(uning miqdori 0,1 % ko‘p bo‘lmasligi kerak) maxsus moslama orqali chiqarib yuboriladi.
Siklga qaytariladigan vinil xloridni tozalash va uni sovutish qaytar vinil xlorid o‘zi bilan past molekula og‘irlikka ega bo‘lgan PVXni olib ketadi. PVXni vinil xlorid aniq bir temperatura eruvchanligi uni molekula og‘irligi bilan aniqlanadi. Molekula og‘irligi qancha kam bo‘lsa eruvchanligi shuncha yuqori bo‘ladi. Tozalash jarayoni PVXni sovutish orqali amalga oshiriladi. Chunki haroratning pasayishi bilan PVXning eruvchanligi kamayib boradi va vinil xlorid gazidan ajraladi. Haroratni bosqichma-bosqich pasaytiriladi. Sabab, PVX ajratib olish uchun optimal sharoit yaratish, qaytar etilenni sovutish, maxsus apparatda amalga oshiriladi. Bu apparat bir necha seksiyadan iborat bo‘lib, oldin issiq suv orqali, keyingi seksiyalarda esa qaytar (oborotnaya) suv orqali sovutiladi.
Tozalangan va sovutilgan etilen reaksion bosim beriladigan kompressorga yuboriladi.
Ajratib olingan kuyi molekulali PVX maxsus saqlagichga yuboriladi va kerakli joylarda ishlatiladi yoki yoqib yuboriladi.
2.6 SUSPENZION USULDA OLINGAN PVXNING VINIL XLORID TUZILISHI VA XOSSALARI
Bu usul bilan olingan PVX molekular tuzilishi nuqtai nazaridan keng tarmoqlangan va polidirspers va molekular massasi keng taqsimoti hisoblanadi.
qisqa zanjirli tarmoqlar: etilen, butilen va boshqalar (rasmga karang). Bu sintez qilingan PVX kristallik darajasini kam bo‘lishi, zichligi past bo‘lishi, qattiqligi, qayishqoqlik moduli va yumshash temperaturasi past bosim ostida olingan PVXga nisbatan past ko‘rsatkichga ega bo‘lishiga olib keladi. Empirik yon gruppa SN3, unda 1000 uglerod atomiga 15-20 ga yaqindir.
Shunga o‘xshash vinil xlorid akromolekulasida oz miqdorda –C=C- (qo‘shbog‘ to‘yinmagan birikma) mavjuddir u 0,3-0,5 ni (1000 uglerod atomiga nisbatan) tashkil etadi.
Uzun zanjirli tarmoqlar PVX texnologik sharoiti tufayli polimer makromolekulasida zanjir uzatish (peredachi sepi) reaksiyasiga yaxshi sharoit tug‘diriladi. Shuning uchun uzun zanjirli tarmoq paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |