Molekular massa taqsimoti
Polimerga zanjirning uzatilishi reaksiyasi molekular massaning taqsimlanishida asosiy omillardan hisoblanadi.
Molekulalar ichidagi zanjirning uzatilishi polimer zanjirining uzatilishiga olib keladi. Shuning natijasida kam molekula og‘irligiga ega bo‘lgan fraksiya ko‘p miqdorda hosil bo‘ladi.
Moleklalararo zanjirning polimerga uzatilishi bir necha marta makromolekulaning takror o‘sishiga olib keladi. O‘sish yon tarmoqlanishga olib keladi. Bu xollar oqibatida PVX polidesperslik xossaga ega bo‘ladi.
PVXning fizik–mexanik xossalari
Yuqori bosim ostida ishlab chiqarilgan PVXning fizik-mexanik xossalari asosan uning molekular massasiviy, molekular massa taqsimoti, qisqa va uzun zanjirli tarmoqlarni mavjudligi kristalligi, molekular va nadmolekular strukturasi orqali aniqlanadi.
PVXning oquvchanlik chegarasi, egilish moduli (W), qattiqligi qisqa zanjirli tarmoqning kamayishi bilan oshib boradi. Bu xossalar PVXni kristallik darajasiga va zichligiga to‘g‘ri proporsionaldir. Nisbiy cho‘zilish, cho‘zilishdagi mustaxkamligi, mo‘rtlik harorati, zarbga chidamliligi, kuchlanishdagi turg‘unligi asosan molekular massasiga bog‘liqdir.
Elektr xossalari – yuqori bosim ostida sintez qilingan PVX yuqori dielektriklik xossa ega. Buning sababi sintez davrida initsiatordan tashqari xech qanday kimyoviy moddalar qo‘shilmasligidir.
Dielektrik xossalarga quyidagilar kiradi:
nisbiy yuza elektr karshiligi, om 11015
nisbiy hajm elektr karshiligi, om m 11016-11017
dielektrik yo‘qotishning tangens burchagi (2-3)10-4
yelektrik mustaxkamligi 40-50 kv/mm
Optik xossalari –PVXning optik xossalari uning molekular massasiga va nadmolekular strukturasiga, o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liqdir.
Kimyoviy xossalari - PVXmakromolekulasi –CH2- guruxlaridan tashkil topgan bo‘lib, uzun zanjirdan iboratdir. Polimer qisman kristallik tuzilishga ega. Amorf qismi 60-80% ni tashkil etadi. SN3 gruppasi esa 1,5–2,5 1000C to‘g‘ri keladi. –C=C- gruppa esa 0,3-0,5 10000S to‘g‘ri keladi. Tarkibida kislorod bo‘lgan gruppa:-C-O; -O-H; -O-O-H; -C-O-C juda oz miqdorni tashkil etadi (10-3–10-4 %)
Oddiy haroratda, nur ta’sirisiz, suspenzion PVX xavodagi kislorod ta’siriga bardosh bera oladi. Shuningdek kuchli ishqor va kislotalar ta’siriga chidamlidir.
Organik suyuqliklarni ta’siri haroratga bog‘liq. Uy haroratida YuB-PE ga xar qanday organik eritmalar uzoq vaqt ta’sir kilganida xam erimaydi. Bunda eritmani diffuziyasi va PVXni qisman bo‘kishini ko‘rish mumkin. 600S da PVX galogenuglevodorodlarda alifatik va aromatik uglevodorodlarning xossilalarida eriydi.
PVX aniq bir sharoitda ayrim birikmalar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishishi mumkin, buni kimyoviy modifikatsiya nomi bilan yuritiladi. Bu amaliyot uchun axamiyatlidir. Masalan, xlorlangan, sulfaxlorlangan PVXlar shular jumlasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |