Buyuk matematik bobomiz Muhammad ibn Musa al- Xorazmiy 783 – yili tavallud topgan. Bu yil Bobokalonimizning tavallud topganiga necha yil bo’ldi?
Chelakda 10 litr suv bor. 3 litrli va 5 litrli bankalar yordamida qanday qilib 7 litr suvni o’lchab olish mumkin?
1; 2; 3; 4; 5; 6; 7; 8; 9; 10; 11 va 12 sonlarini bir- biriga moslab shunday qo’shingki natijalar bir xil bo’lsin?
Rasmda nechta to’rtburchak bor?
Ikki ota va ikki o’g’il 3 ta qo’yni bo’lib olishdi. Ularninh har biri bittadan qo’y olgan bo’lishi mumkinmi?
2+ 2 javobi necha bo’ladi?
To’rtta 5 raqami va ishoralar yordamida 100 sonini hosil qiling.
R asmda nechta uchburchak va nechta to’rtburchak bor.
Tovuq ikki oyoqda turganida 2 kilogramm keladi. U bir oyog’ida turganida necha kilogram krladi?
Dilmurod bitta son o’yladi . O’ylangan soniga 5 ni qo’shib yig’indisini 3 ga bo’ldi , so’ngra natijani 4 ga ko’paytirib , ko’paytmadan 6 ni ayirdi. Ayirmani 7 ga bo’lib 2 ni hosil qildi. Dilmurod qanday son o’ylagan?
8 tup olma daraxti bir qatorda joylashgan. Yonma-yon joylashgan daraxtdagi mevalar soni 1 ga farq qiladi. Barcha turdagi mevalar soni 2007 ta bo’lishi mumkinmi?
4 ifodaga qavslar qo’yib 50 sonini hosil qiling?
Bir qurbaqa 30 m quduqdan kunduz 3 m yuqoriga kechasi 2 m pasga harakat etsa , quduqdan necha kunda chiqadi?
Ali 9 ta va Vali 7 ta kanfet oldi. Ali Valiga qaraganda 1500 so’mko’p pul to’ladi. Ali qancha pul to’lagan?
Berilgan shaklda nechta uchburchak bor?
28 ta kubiklarni shunday 4 qatorga joylashtiringki har bir qatorda 8 tadan kubik joylashgan bo’lsin?
Qanday son ikki marta kamaytirilganda eng katta uch xonali son hozil bo’ladi?
Uchta sonning yig’indisi 450 ga teng . Agar birinchi qo’shiluvchi eng katta ikki xonali songa , ikkinchisi eng kichik uch xonali songa teng bo’lsa , uchinchi qo’shiluvchini toping?
5 ta 2 soni va amal ishoralari yordamida 4 sonini hosil qiling.
O’ylangan songa 1911 soni qo’shilib , hosil bo’lgan yig’indidan 402 soni ayrilsa, 2895 soni hosil bo’ladi . Qanday son o’ylanganini toping .
Qanday qilib o’lchov asboblaridan foydalanmasdan , metr atlasdan metr qirqib olish mumkin?
Qopda 64 kg mix bor . Pallali tarozida toshlardan foydalanmasdan 23 kg mixni qanday o’lchash mumkin?
Onaning yoshi o’z qizining yoshidan 4 barobar katta . 20 yildan so’ng ona qizidan 4 baravar katta bo’lib qoladi. Ona qizning yoshini aniqlang.
Bir kuni ikki matematik uchrashib qolibdi . Hol – axvol so’rashgach birinchi matematik do’stidan so’radi: Hozir necha yoshdasiz ?
Ikkinchi matematik javob berdi:- Men tug’ilganimda otam 25 yoshda edilar, hozir otam va mening yoshimizni qo’shsak 89 bo’ladi. Matematik necha yoshda?
Qassob 1000000 so’m bilan bozorga tushdi. U roppa -rosa 100 ta hayvon sotib olishi kerak. Sotuvda sigir , g’oz, va tovuq bor. Sigir 150000 so’m , g’oz 10 000 so’m va tovuq 2500 so’m turadi. U kamida har bir hayvondan bitta olishi va barcha pulni ishlatishi shart. Qassob nimalarni sotib oladi?
Yalmog’iz kampirda 10 ta supirgi bor, u har kuni shaharga supurgida borib piyoda qaytardi.Faqat 6-kundan boshlab u supurgida borib supurgida qaytgan, 10 kundan so’ng yalmog’iz kampirda nechta supurgi qolgan?
O’g’li 4 yoshda otasi 30 yoshda necha yildan keyin ota og’lidan ikki marta katta bo’ladi?
O’rdaklar suv ichishga qator bo’lib kelayotgan edi.O’rdaklardan biri oldinga qarab , 17 ta boshni ko’rdi. Ortiga qarasa 42 ta panja kelayotgan ekan. Jami nechta o’rdak suv ichishga ketmoqda?
3 ta bola baliq ovladi va keyin uxlab qoldi. Birinchi bola turib hamma baliqlarni 3 ga bo’ldi va 1 ta ortib qoldi, uni otib yubordi. 1 qismini olib ketti . Ikkinchi bola ham turib qolgan baliqlarni 3 ga bo’ldi va 1 ta baliq ortib qoldi, u ham tashlab yubordi. Uchinchi bola ham shunday qildi. Oxirida yerda 6 ta baliq qoldi. Uchala bola ham turib baliqlarni 3 ga bo’lib , o’zinikini olib ketdi. Bolalar dastlab nechta baliq tutishgan?
Ota bilan o’g’ilda teng miqdorda yong’oq bor . Ota og’liga 1 ta yong’oq bersa og’lining yong’oqlari otanikidan 2 marotaba ko’p bo’ladi. Ularda nechtadan yong’oq bor?