Praporsiyaga oid masalalar
Olimjon 3,5 soatda 14 km yo’l bosishi mumkin. U shunday tezlik bilan yursa , 8 km masofani necha soatda bosib o’tadi?
Chetki hadlari ko’paytmasi 36 ga teng bo’lgan ikkita proporsiya tuzing.
Yuk avtomobili 480 km masofani soatiga 60 km tezlik bilan bosib o’tdi.Tezligi soatiga 80 km bo’lgan yengil avtamobil shu vaqt ichida qancha km yo’l bosadi?
4, 12 va 20 sonlari uchligi uchun shunday bir to’rtinchi sonni topingki, natijada bu sonlar proporsiyani tashkil qilsin.
Ikkita bo’yoqchi 19 ga teng bo’lgan devorni ma’lum bir vaqtda bo’yadi. Shuncha vaqt ichida 133 li devorni bo’yash uchun necha ishchi kerak bo’ladi?
10 kilogram olma 100000 so’m tursa 2 kilogram olma narxi qancha?
Piyoda 3 soatda 10,5 km yo’l yurdi. Piyoda shunday tezlik bilan yursa 4,5 soatda necha kilometr yo’l bosadi?
Praporsiyaning chetki hadlari 63 va 54 ga teng , o’rta hadlaridan biri esa 24 ga teng. Shu praporsiyaning ikkinchi o’rta hadini toping?
Praporsiyaning o’rta hadlari 12 va 60 ga teng , chetki hadlaridan biri esa 24 ga teng. Shu praporsiyaning ikkinchi chetki hadini toping?
15 ga yerga 2,7 t bug’doy sepildi. 1030 ga yerga sepish uchun qancha bug’doy kerak bo’ladi?
5 ta ot 3 kunda 60 kg yem yeydi. 7 ta shunday ot uchun 8 kunga qancha yem g’amlash kerak?
5 ta nasos 3 soat davomida 27 suvni kanaldan tortib chiqaradi. 4 ta shunday nasos 5 soatda necha kub metr suvni tortib chiqaradi?
100 ta chittak 100 kunda 100 kg dan don yeydi. 10 ta chittak 10 kunda necha kg don yeydi?
Olma quritilganda o’zining 84 % ini yo’qotadi. 16 kg olma qoqi tayyorlash uchun qancha olma kerak bo’ladi?
4 kg gilos 20 000 so’m turadi . Agar shu gilosdan 7 kg olinsa , qancha pul to’lanadi?
15 misning massasi 133,5 g . 22 misning massasi qancha bo’ladi?
80 km/soat tezlik bilan kelayotgan avtomabil Toshkentdan Gulistongacha bo’lgan masofani 1,5 soatda bosib o’tdi . Shu masofani 75 km/soat tezlik bilan qancha vaxtda bosib o’tadi?
Sayyoh 4,5 km /soat tezlik bilan yurib , hamma yo’lga 3,2 soat sarfladi. Shu yo’lni 2,4 soatda o’tish uchun u qanday tezlik bilan yurishi kerak?
C nuqta AB kesmani 3:5 kabi nisbatda ikki bo’lakka bo’ldi. AB kesmaning uzunligi 48 sm . Har bir bo’lakning uzunligi qancha?
C nuqta KM kesmani 5:4 nisbatda bo’ladi. KM kesmaning uzunligi 36 sm .Har bir bo’lakning uzunligi qancha?
Sovg’ani o’rash uchun tasma 4:6 kabi nisbatda ikki bo’lakga bo’lindi . Kichik bo’lakni uzunligi 94 sm . Tasmaning uzunligini toping?
Aka va singil shokolad plitkasini yoshlariga mos nisbatda bo’lib olishdi. Akasi 14 yoshda, singlisi esa 12 yoshda .Shokolad plitkalari jami 40 ta bo’lsin. Aka va singil necha bo’lakdan shokolad olgan?
Arqon 5:7:13 kabi nisbatda uchta qisimga bo’lingan . Agar arqonning eng uzuni enh kaltasidan 2 m 88 sm ga uzun bo’lsa , arqonning har bir bo’lagi uzunligini toping?
6, 18, 12 sonlarining 4, 12, 8 sonlariga proporsional ekanligini tekshiring?
Uchta sonning nisbati 2:3:8 kabi , ularning yig’indisi esa 67,6 ga teng . Shu sonlardan eng kattasi bilan eng kichigining ayirmasini toping.
540 sonini 3, 4 va 6 sonlariga teskari proporsional qilib uchta qisimga ajrating.
Uchta traktor uchun2 kunga 90 l yonilg’I kerak. 2 ta shunday traktor uchun 5 kunga qancha yonilg’I zarur bo’ladi?
6 ta quyon uchun 40 kunga 90 kg yem g’amlanadi. 10 ta quyon uchun 50 kunga qancha yem g’amlash kerak?
800 g eritmada 50 g osh tuzi bor. 240 g eritmada qancha osh tuzi bor?
Tasma 8:3 kabi nisbatda ikki bo’lakka bo’lindi. Katta bo’lakning uzunligi 72 sm . Berilgan tasmaning uzunligi qancha?
Do'stlaringiz bilan baham: |