***
Nega ba’zilar boshqalardan ko‘ra muvaffaqiyatliroq, boyroq, yaxshi mashina, katta uylari bor? Sizningcha, ular omadlimi? Yo‘q. Ular aniq bir narsani aniq tartibda qilish kerakligini bilishadi. Ularni muvaffaqiyatli qilayotgan aniq odatlar bor. Hamma muvaffaqiyatli odamlardaga o‘xshash odatlar bor. Shulardan biri yuqori darajadagi optimizm. Ularning hammasi optimist. Ya’ni har qanday vaziyatda, hatto boshlariga tushgan katta muammoda ham, yaxshilik ko‘ra oladilar. Endi siz ham o‘zingizga omad chaqirish uchun kerakli odatlardan birini rivojlantirishni boshlaysiz. Demak, endi har kuni istalgan narsaning 10 ta yaxshi tomonini sanab o‘tishni boshlang! Ayniqsa, biron muammo tug‘ilsa, unda katta saboq ko‘ring! Muammoning kamida 5 ta yaxshi tomonini sanang! Har bir muvaffaqiyatli insonda ushbu xislat bor. Bu g‘alabaga erishtiruvchi odat hisoblanadi! Siz ham mazkur odatni o‘zingizda shakllantiring! Keying darsgacha!
Do'stlaringiz bilan baham: |