***
Bu darsimizda sizga o‘tgan safargi mavzuning davomini aytib bermoqchiman. O‘tgan safar sizga hammaga o‘xshamagan ishlarni qilsangiz, muvaffaqiyatga erishasiz degandim. Bugun ham shunga yaqin gap aytmoqchiman! Har doim o‘zingiz uchun noqulay bo‘lgan ishlarni qiling! Masalan, erta turish, yugurish, biznes boshlash, qo‘lga kitob olish noqulay va hokazo. Demak, nima noqulay tuyulsa, shuni qiling! Har doim irodangizni shunday mashq bilan toblang! Bu mashq nimalarga qodirligingizni ko‘rsatibgina qolmay, atrofingizdagilarni g‘alabalaringizdan hayratga soladi! Demak, bugungi darsimizning asosiy mazmuni har doim noqulay bo‘lgan narsalarni qiling, qulay ishlarni esa qilmang! Noqulaylik hududiga sekin-sekin chiqing. Har kuni bir noqulay ishni qilavering, vaqt o‘rishi bilan boshqalardan ancha ilgarilab ketganingizni his etasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |