National University of Uzbekistan
Volume 3 | NUU Conference 2 | 2022
Google Scholar indexed
Current Issues of Social Sciences and Humanities
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-834-838
Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari
836
April, 2022
https://nuu.uz/ International Scientific Conference
o‘zgalarni butun asrash yo‘lidagi fidoyilik. Andisha - bu yaxshilik dunyosini yo‘qolib
ketishdan saqlaydigan muvozanat. O‘zbekning axloq normalaridagi hamma yaxshi
fazilatlar andishaning bag‘ridadir. Andisha omon joyda baxtning umri uzundir!
[4.28.b] Qizlarda, ayol kishida, birinchi navbatda, aqlu farosat, idroku nazokat
bo‘lishi kerak. Ana shu bori bilan u past-balandni, achchiq-chuchukni, bor-yo‘qni,
oila sharoitini, imkoniyatlarni faxmlay oladi, idrok etadi, aql-xushi bilan ish yurgizib,
kam-ko‘stlarni bartaraf qiladi Zotan ayollarga xos bo‘lgan o‘lmas nazokat
atrofdagilarga xamisha qanot bag‘ishlab kelgan [4.32.b] Hayolilik – o‘zbek ayollarga
xos bo'lib, ehtiyotkorlik, iffat, uyalish, or-nomus, shon-sharafini, qadr-qimmatini
saqlashni bildiradi. Abdulla Avloniy aytganidek: «Hayo dilni ravshan qiladurgan bir
nurdirki, inson har vaqt shu ma'naviy nurning ziyosiga muhtojdir… Iffatning pardasi
vijdonning niqobi hayodir» [3.61.b]
Ayolning nazokati uning nozik fe'l-atvorida,
xulqining latifligida, odob, tarbiya va sadoqatida namoyon bo‘larkan. Bunday
reproduktiv yoshdagi ayollar jamiyatda ham, oilada ham nozik gul misol ardoqlanib,
e'zozlanadilar. [4.33.b]
Uy ishlari, uydagi insonlarga qarash bir hunar bo‗lib, bu
ayolarning vazifasi bo‗lgani uchun yosh qizlarning birinchi galda uni o‗rganishlari
lozimdir.[7.2.b] Milliy urf-odatlarimizga ko‗ra ko‗pgina hollarda qizlarni oila
qurishiga uni qurshab turgan ijtimoiy muhitning ta‘siri katta bo‗ladi. Kuyov
tomonidan sovichilar kelishadi, qarindoshlar o‗rtaga tushishadi qarabsizki to‗y bo‗lib
ketavermaydi, milliy qadriyatlarimizga ko‗ra qiz bolani roziligi ham so‗raladi. Yigit
bilan qiz bola to‗ydan oldin albatta, uchrashtiriladi. Qiz bola kuyovlikka da‘vogar
yigit bilan uchrashganda diqqat-e‘tiborini jamlagan holda zimdan kuzatishi lozim
bo‗ladi. Kuzatishi jarayonida o‗z oldiga quyidagi savollarni qo‗yishi kerak: Men shu
yigit bilan qolgan hayotimni birga o‗tkaza olamanmi? Uning injiqliklariga
chidaymanmi? Bemor bo‘lib qolganida dardiga sherik bo‗lamanmi? Shu yigitning
kiyimlarini yuvamanmi, degan savolarga ―ha‖ deb javob bera olsa yigitga turmushga
chiqishga rozilik berishi mumkin. Turmush qurishga rozilik bergandan so‗ng eng
murakkab jarayon ya‘ni o‗zida ruhan oilaviy hayotga ishonchni shakllantirish
boshlanadi. Mazkur jarayonni amalga oshirishga vaqt qanchalik kam bo‗lishiga
qaramay aniq reja asosida ulgursa bo‗ladi. Rejaga quyidagi qismlarni kiritish
mumkin: – bo‗lajak turmush o‗rtog‗ining xulq-atvorini o‗rganish va unga dastlabki
moslashuvni boshlash. Yigitga qanday muomala yoqadi? Nima yoqadi va nima
yoqmaydi? Kuyovning oila a‘zolarini umumiy xususiyatlari haqida ma‘lumotlar
to‗plash va ular bilan qanday munosabatga kirishiga fikran o‗zini
tayyorlash – yangi oilaga borib moslashishi jarayoni
muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun o‗zi o‗sib ulg‗aygan oila
Do'stlaringiz bilan baham: |